Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet110/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Tuxumlar evolyusiyasi
Har qanday organism rivojlanishning turli bosqichlarida u yoki bu darajada tashqi muhit bilan bog’liq bo’ladi. Organism ma’lum vaqt tashqaridan oziqa qabul qilmasdan yashashi mumkin, bu davrda organism tashqi muhit bilan dissimlyatsiya jarayoni orqali bog’lanadi.
Hozirgi yashab turgan organizmlarning hammasi tashqi muhitning mahsuli hisoblanadi. Organizmlar evolyasiyasi ularning o’zaro va anorganik muhit bilan alodasining yig’indisidir. Organizmlarning o’zgaruvchanligi va tabiiy tanlanish organizmlarning tashqi muhitga bog’liqligining natijasi hisoblanadi. V.I.Verdaqdiskiy (1926) fikricha, hayot yashqi muhit omillari mahsulidir. Atmoseradagi gazlar tarkibi biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Okeanlar, gidrosfera, litosfera, tyuzlar konsentrasiyasi, rN va boshqalar ham hayot bilan bog’liq. Organism, uning embrioni va tashqi muxit metabolizim asosida bir- biri bilan bog’langan. Bir hil elementlardan tabiatda har xil organizmlar tashkil topadi.
Evolyusiya jarayonida organizmlarning tashqi muhitdan emansipasiyasi sodir bo’lgan. Protoplazmaning har xil reaksiyalari paydo bo’lib, tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanishning moslanish, jumladan, embrional moslanish shakli paydo bo’lib, embrionning tashqi muhit bilan bevosita aloqasi uzilgan. Hayvonlarningtuxum po’sti shunday yo’l bilan paydo bo’lgan.
Emansipasiyaga ko’plab parazit chuvalchanglarning embrional rivojlanishi yaqqol misol bo’ladi. Ot, cho’chqa va odam askaridasi tashqi muxitning ko’plab omillarga chidamli bo’ladi. M.M.Zavadovskiy (1914) aniqlashicha, ot askaridasi 3 kun davomida formalinda, 14-20 kun glisirinda, 14-80 kun ksilolda, 9 kun benzolda, 1 kun HClda, 5 kun HNO3 da yashay oladi. Konsentrlangan H2SO4 tuxumni tezda eritib yuboradi. HgCl2, CuSO4, HCl va KOH askarida tuxumining rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki bu moddalar tuxum uchun zarur bo’lgan kislorod bilan nafas oladigan mikroorganizmlarni qabul qiladi. Tuxum po’stidan ichkariga yoki ichkaridan tashqariga N2O, SO2 va O2 erkin kirib, chiqib turadi. Askarida tuxumidan lichinka chiqishigacha tashqaridan faqat suv va kislorod kirishi zarur. Bu parazit hayvonlar uchun xosdir. Askaridalar tuxumining urug’lanishi xo’jayinning ichak sistemasida amalga oshadi. Ichaklarda kislorod bo’lmaydi, shuning u7chun rivojlanish ham davom etmaydi. Tuxum tashqi muhitga ko’plab keraksiz moddalar bilan birgalikda chiqadi. Evolyusiya jarayonida tuxumdan zararlovchi moddalardan himoya qiluvchi modda ham paydo bo’lgan. Bu modda tuxumning qobig’idir. Shuning uchun odam askaridasining tuxumi noqulay sharoitlarda 16 yilgacha tiriklik xususyatini yo’qotmaydi.
Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda, urug’lanishdan keyin askarida tuxumida ko’p qavatli qobiq hosil bo’ladi. Dastlab vitellenli qavat, keyin xitinli va nihoyat ichki lipidli qavat hosil bo’ladi. Ularning hammasi fibrilli tuzilishga ega. Tuxum qobigining hammasi suvga nisbatan o’ziga xos tuzilgan. Qobiq tuxumni mexanik shikastlanishdan himoya qiladi. Ular suv karbonat angidrid va kislorodni ikki tomonlama o’tkazadi, zararli va keraksiz moddalarni o’tkazmaydi (100-rasm). Dengiz umurtqasiz hayvonlarining tuxumi ota onasidan embrion rivojlanishi uchun zarur moddalarni oladi (oqsil yog’ ,uglerod va boshqalar). Suv , kislorod va tuzlarni tashqi muhitdan oladi. Shuning uchun umurtqsiz hayvonlar chuchuk suvlarga nisbatan sho’r suvlarda ko’proq uchraydi. Jumladan ,ninatanlilar, boshoyoqli mollyuskalar, asdsidiyalar kovakichlilar va ba’zi chuvalchanglar chuchuk suvlarda yashaydi, ammo tuxumi bunday suvlarda yashay olmagani uchun ko’paymaydi.
Baliqlarning tuxum hujayrasi organic va anorganik moddalar bilan normal ta’minlangan, ammo suv va kislorodni tashqi muhitdan qabul qiladi. Amfibiyalar tuxumida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Yuksak umurtqasizlar va deyarli hamma Anamniyalar embrioni organic moddalar va tuzlar bilan ta’minlangan .tuxumlarning tashqi muhitda emansipasiyasining yangi bosqichi evolyusiya jarayonida reptiliyalar paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ularning tuxumi embrion rivojlanishi uchun zarur bo’lgan organic moddalar va tuzlar bilan ta’minlangan.
Ba’zi amfibiyalarda metamorgfoz tuxumning ichida sodir bo’ladi va tuxumdan chiqqan bola ota ona formalaridan farq qilmaydi. Qushlar tuxumida keraklicha organic moddalar ,tuzlar va suv bo’ladi. Suvda yashaydigan qushlar tuxumida rivojlanish uchun zarur miqdorda suv bo’ladi.
Shunday qilib, evolyusiya jarayonida tuxum va tashqi muhit o’rtasida paydo bo’lgan munosabat emansipasiya deb ataladi.
Tuxum yo’lida harakatlanayotgantuxumda embrional rivojlanish to’xtab qolishi mumkin. Rivojlanish davom etishi uchun nima qilish kerak? Ma’lum harorat , kislorod va namlik zarur. Bunday sharoit deyarli hamma hayvonlar tuxumining rivojlanishi uchun zarur.
Sut emizuvchilar tuxum hujayralarida embrional rivojlanish uchun zarur bo’lgan organic moddalar, tuzlar, suv, kislorod bo’lmaydi. Tuxumning rivojlanishi ona organizmi bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. Ona organizmidan tuxumga zarur moddalarning kelishi embrional rivojlanishning birinchi davridan boshlanadi. Blastosistaning bachadon devoriga implantasiyalanishigacha maydalanayotgan tuxum uchun tashqi muhit jinsiy yo’llar hisoblanadi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling