Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Taraqiyoti uchun ahamiyati
Fiziologik faollik darajasida miqdoriy farqlar oositda tashqi muxit omillari ta’sirida paydo bo’ladi. Bunday farqlar keyinchalik sifat jihatdan farqlarga olib keladi. Gradient nazaryasi bir ko’rinishida Shpemanning induksiya nazaryasining fiziologik tasdig’I fifatida qabul qilindi. Shpeman qarashlaridagi blastopor lablari tashkiliy markaz bo’lsa, Chayld qarashlarida dominant soha hisoblanadi. Ammo embrion ma’lum qismining fiziologik faolligi induktor ishtyirokisiz paydo bo’ladi. Gradient sistema embrion rivojlanish davrida o’zgarib, yangi yangi gradient sistemalar paydo bo’ladi. Chayld nazaryasini indivudial rivojlanishda qo’llash embriologiyaning morfologik yo’nalishlari uchun progres bo’ldi. Chayld nazaryasini embriologiyada qo’llash bo’yicha olib borilgan urunishlar shuni ko’rsatmoqdaki , embrion rivojlanish davrida fiziologik gradient sistema o’zgarib boradi. Bundan gradient nazaryasini rivojlantirish kerak emas va bu nazarya indivudial rivojlanishning yagona nazaryasi bo’ladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu nazaryaningb hali ko’plab munozarali va hal etilmagan tomonlari bor. Chayldning asosiy mulaxazalaridan biri shuki, har xil omillarning zararlovchi ta’siriniixtisoslashmagan gradient tushunchasi kelajakda ma’lum o’zgartirishlar kiritishi lozim. O’lim bilan tugaydigan morfologik o’zgarishlar zararlovchi agent tabiatiga bog’liq. Bunday ta’sirlarga, ayniqsa, biologik faol moddalar (fitonsidlar, antibiotiklar) kiradi. Ayrim tajribalarning natijalari Chayld nazaryasiga mos kelmaydi. Jumladan ko’pchilik embrionda fiziologik gradientni organizm integrasiyasi boshlangandan keyin topish mumkin yoki embrionning qismlari farqlanishi sifat darajasiga yetgandan keyin fiziologik gradient paydo bo’ladi. I.I.Verjbiskaya (1958) tajribalarida dengiz tipratikani embrionida 8 ta blastomer hosil bo’lguncha gradient paydo bo’lmagan. Chayld nazaryasi, ayrim kamchiliklarga qaramay, ko’plab fiziologik tajribalarga asoslangan umumbiologik ahamiyatga ega bo’lgan nazariya hisoblanadi. Chayldning dominant soha nazaryasi va Shpemanning tashkiliy markaz nazaryasi bir –birini to’ldiradi. Ammo Chayld bunday taqqoslashga rozi bo’lmasdi. Tashkiliy markaz haqidagi qarashlarni Chayld noto’g’ri deb tushunadi va uning tasirini embrion murakkablashuvining bir bosqichi, deb biladi. Chayld induksiya davrida induksion effekt ta’surotni qabul qilyotgan sistemaning holatiga bog’liq, degan xulosa tarafdoridir. Normal rivojlanishda determinasiya tashkiliy markaziga bog’liq emas. Shunday qilib, Chayld nazaryasi embriologiya uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ammo bu nazaryaning genetika bilan bog;liqligi hozirgacha o’rganilmagan .biokimyoviy usullar yordamida gradientni o’rganishga oid o’tkazilayotgan tajribalarning kamchiliklari kelajakda bartaraf etilishi lozim. Organizm integrasiyasining har xil tomonlarini ifodalaydigan bir necha maydon nazaryalarini yaratish mumkin va zarur. Jumladan, elektr potensiali maydoni, hujayra ishlab chiqaradigan nur energiyasi maydoni, oqsil denaturasiyasi maydoni, membrana tarkibi maydoni nazaryalari va boshqalar. Bu maydon nazaryalari rivojlanayotgan organizm bir butunligini chuqurroq tushunishga yordam beradi .har xil yo’nalishlar bo’yicha ishlayotgan embriologlar hujayra mayqdoniga oid bir qancha fikrlar aytishgan . Ch.Chayldning fiziologik gradient nazaryasini maydon nazaryasi deb atasa ham bo’ladi. Organizmning egallab turgan joyi maydon , gavda o’qi esa gradient hisoblanadi(P.G.Svetov) .maydon va gradient qiyosiy tushunchalar bo’lib, har ikkalasi ham organizm bir butunligi va uning integrasiyasi bilan bog’liq (I.A.Arshavskiy). Chaylqdning maydon nazaryasini rivojlana yotgan organizmning bir butunliogining dinamikasi nazaryasi, deb atash ham mumkin. P.G.Svetlov embriologiyada qo’zg’alish ,tormozlanish kabi fiziologik tushunchalarni kiritish zarurligini isbotlangan yagona embriolog hisoblanadi. Uning fikricha ,rivojlanayotgan organizm qismlari o’rtasida kimyoviy bog’liqlik bor. Hujayra sekreti boshqa hujayralarga ta’sir etishi mumkin. Gormonlar shunday xususyatga ega. Svetlov fikricha, embrionning bir qismining moddalari boshqa qismiga qitiqlagich sifatida ta’sir etishi mumkin. Bunday ma’lumotlar embriologiyada ko’plab uchraydi. Jumladan, G.A.Buznikov va T.Gustafsonlarning embrionning dastlabki davrida mediatorlarning ta’sirida oid ma’lumotlari bunga misopl bo’ladi. Nerv sistemasi bo’lmagan organizmlarda ta’sirot hujayradan hujayraga o’tadi. Svetlov maydoni hujayra hayoti va uning o’zaro ta’siri bilan aniqlanadigan omil hisoblanadi. Uning fikricha, taraqqiyotga oid har qanday nazariya 3 ta asosiy prisipga: har qanday bosqichdagi organizmning bir butunligi; taraqiyotning tezligi; har qanday morfogenetik jarayonning davrligiga asoslanishi lozim. K.Uoddington (1974) fikricha ,”….biologlar morfogenetik maydon borligini bundan boshqacha tushuntira olmadilar. Chunki maydon hosil bo’ladigan tuzilmaning qiyofasini belgilaydi.maydon so’zi mavhum bo’lib ko’rinadi. Chunki unda qandaydir ichki kuch bor. Biologik hodisalarda bu qanday kuch ekanligini aniqlash lozim”. Embriologiyada maydon, gradient gipotezalarining paydo bo’lishi embriologik hodisalarni faqat tahlil qilish orqali tushuntirib bo’lmasligidan dalolat beradi. Rivojlanayotgan embrion bir butunligini bilish uchun maxsus usul va taxlil zarur bo’ladi. Ayni paytda embriologiyada paydo bo’lgan yaqin va uzoq masofadan boshqarish mexanizmi (T.Yamada), pozitsion axborot (L.Volpert), organ maydoning ikki o’lchamli modeli (P.French, B.Brayent) shular jumlasidandir. L.Volpert gipotezasi rivojlanayotgan organizmda qandaydir morfogen gradient modda bo’lib, u rivojlanish jarayoniga ta’sir etishiga asoslanadi. Bu jarayonda hujayra maxsus axborotlarga asoslanib ish ko’radi. French va brayent gipotezasi hasharotlar va amfibiyalarda imaginal diskning regulyasion jarayonlar tahliliga asoslanadi. Keyingi yillarda morfogenezga ta’sir etadigan vektor maydoni gipotezasi yaratilmoqda. Bu gipotezaning asosini matematiklarning doimiy va doimiy bo’lmagan tarkibiy qismlariga oid nazaryalari tashkil etadi. Morfogenetik jarayonlarning organizmga tarqalishiga oid matematik A.Tyuring modeli abstrakt moddalarning fiziko kimyoviy jarayonlarga o’zaro ta’siriga asoslanadi. Uning taklif etgan modelidan mezodermal somitlar, umurtqalar, gavda yuzasi hosil bo’lishida foydalanish mumkin. K.Xakenning (1980)sinergetikaga oid gipotwezasi rivojlanishni matematik usul bilan tushuntiradi. Shunday qilib, har xil dinamik sistemalar topologiyasi, boshqari.lishi sohasida matematikaning taraqqiyoti bir qancha embriologik hodisalarni bir q1ancha embriologik hodisalarni bir butun holda o’rganish imkonini bermoqda. Har xil maydon nazaryalari tahlili ularning birortasini indivudial rivojlanish uchun qabul qilishga bizni ishontira olmadi. Ammo shu narsaga ishonish mumkinki, maydon tushunchasi tasodifan qabul qilinmagan .embrion haqidagi har qanday tushuncha uning hamma bosqichlarida ma’lum darajada integrallashgan va bir butunligiga asoslanadi. Demak, organizmning bir butunligi, haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari rivojlanishning ma’lum tomonlarini ifodalaydi, xolos. Shuning uchun kelajakda bu sohadagi to’liq va har tomonlama ilmiy jihatdan asoslangan yagona nazariya yaratilishi lozim. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling