Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ch. Chayld nazaryasining embriologiya
Embrion gradient sistemasining
buzilishi nimalarga olib keladi? Ch.Chayld va uning izsdoshlari gradient shakl hosil bo’lish jarayonining boshqarilishini tajribalar yo’li bilan isbotlashga harakat qildilar. Gradientlar sistemasining buzilishi shakl hosil bo’lishi jarayoning buzilishiga olib keladi. Gidromeduzalar embrion rivojlanishiga zaharli moddalarning ta’siri o’rganildi. Normal rivojlanishda uni polyar immigrasiya kuzatiladi. Zaharli moddalar ta’sirida multipolyar immigrasiya sodir bo’ladi. Bunda immigrasiyalanayotgan hujayralar soni ortib ,bir qavatli endoderma o’rnida hujayralarning zich qoplami hosil bo’ladi. Hosil bo’layotgan lichinka bo’yiga o’smasdan, substratga yopishadi va bitta emas, bir nechta poyacha xosil qiladi. Fiziologik gradient rivojlanish davrida asosiy vazifani bajarishini ifbotlash maqsadida ko’plab tajribalar o’tkazilgan. F.G.Jilkrist (1929, 1933) amfibiyalar tuxumida dastlabki gradientni kuchaytirish yoki pasaytirish bo’yichalar tajribalar o’tkazdi. Harorat rivojlanishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi bilgan holda uni o’zgartirgan rivojlanishning dastlabki davrida harorat oshirilsa , hosil bo’layotgan blastomerlar yirik bo’lishini aniqladi. Natijada gastrulyasiya davrida anomaliya sodir bo’lib, bosh qismi o’zgaradi .Jilkrist triton embrionini blastula davrida alyuminiy plastinkalar o’rtasiga qo’ydi. Bu plastinkaning biri qizdirilgan, ikkinchisi sovitilgan edi. Embrion ana shunday holatda ikki kun qoldirilib, keyin normal sharoitda saqlangan harorat gradienti shunday hosil qilindiki, qizdirilgan plastinkaga embionning o’ng yoki chap tomoni , sovuq plastinkaga ikkinchi tomoni joylashtirildi. Natijada normal rivojlanish buzildi. Bunday holatlarda ba’zan qo’shimcha nerv plastinka ham hosil bo’ladi. Bu qo’shimcha nerv plastinkaning gistologik tuzilishi normal nerv sistemadan farq qilmaydi. Qizdirilgan tomondan hosil bo’lgan bosh va orqa tomonima’lum darajada kamroq bo’ladi. Demak, harorat gradienti qo’shimcha tuzilma xosil bo’lishiga olib keladi, bu esa fiziologik faollik gradientining o’zgarishiga olib keladi. Bir butun embrionda haroratning farq qilishi bu hodisaga sabab bo’ladi. Agar embrionda bir bir xil haroratni yuqori yoki past darajada o'zgartirilsa, butun rivojlanish o’zgarishi mumkin edi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, neyrulyasiyaning buzilishi, ya’ni shu davrda hujayralar taqsimlanishida buzilish sodir bo’lishi, qo’shimcha organ paydo bo’lishiga olib keladi. Boshqa tadqiqotchilar hosil qilingan harorat gradienti differensiasiya jarayonining o’zgarishiga olib keladi, degan mulahazalarni aytmoqdalar. Prinsipial jihatdan shunga o’xshash natijalarni V.Fogt ham olgan. Uning tajribasida maxsus kamera kumush plastinka bilan iki qismga ajratilgan. Plastinkadagi aylana teshikka amfibiya embrioni joylashtirilgan .kameraning bir bo’lagiga 2+50 C li suv, ikkinchi bo’lagiga 19+22 Cli suv bosib turadi. Ana shunday suniy xosil qilingan past haroratli gradientga rivojlanish sekinlashadi. 3-4 kundan keyin nerv nayi hosil bo’lgan, rivojlanishi sekinlashgan embrion normal shoroitga qo’yiladi. Natijada embrionning bir tomonida nerv plastinkasi hosil bo’lgan, ikkinchi tomonida esa hali neyrulyasiya boshlanmagan bo’ladi. Fogt tajribasining Jilkrist tajribasidan farqi shundaki, embrionning qizdirilgan va sovuq qismlarining chegarasi katta bo’ladi. Vital bo’yoq yordamida aniqlanishicha gastrulyasiya jarayoni qizdirilgan tomonda normal o’tadi, sovuq tomonda esa hujayra materiali kam sarflanadi. Fiziologik gradient nazaryasi tarafdorlarining fikricha, V.Fogt tajribasida ham fiziologik jarayonlar faolligi o’zgargan, agar embrionning hamma qismi bir hil qizdirilganda yoki sovitilganda, differensiasiya jarayoni ham bir xil sodir bo’lardi. Chayld nazaryasining to’g’riligini isbotlash uchun boshqa ma’lumotlardan ham foydallanish lozim. Jumladan jikst taj ribasida sharoitni shunday o’zgartirdiki, harorat animal –vegitativ qutblardan farq qiladigan bio’ldi. Agar animal qutbda yuqori harorat, vegitativ qutbda past harorat hosil qilinsa, boshi yirik embrion rivojlanadi. Agar tajribada vegetativ qutbqizdirilib, animal qutb sovitilsa, kichik boshli embrion rivojlanadi. Shuningdek embrionga kimyoviy moddalar tasiri ham sinab ko’rilgan. Bunday tajribalar baliqlar va amfibiyalar em brioqnida gastrulyasiyagacha o’tkazilgan. Tajriba uchun magniyxloridning shunday konsentrasiyasi tanlanganki ,unda embrionning biror qismi zararlanmaydi, organlar zararlanishi mumkin emas, chunki bu bosqichda hali organlar hosil bo’lmaydi. Bunday holatda faqat fiziologik faollik pasayadi. Bunday tajribalar natijasida boshning oldingi qismi yaxshi rivojlanmaydi, ko’zlar bir- biriga yaqin joylashishi yoki qo’shilib bi0tta ko’z hosil bo’lishi mumkin(siklopiya) (98-rasm). Hayvonning og’zi rivojlanmasligi mumkin. Bunday holatlar tabiiy mihit omilllarining buzilishi tufayli ham sodir bo’lishi mumkin. Ch. Chayld nazaryasining embriologiya Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling