Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Embrional maydon gipotezasi
“Maydon” tushunchasi biologiyada fizikadan kirib kelgan. Fiziklar zarrachaning bo’shliqda tarqalgan joyini maydon deb ataydilar. Biologiyaga bu tushuncha ni 1901 yilda Boveri kiritgan. Embriologiyada bir necha maydon gipotezalar bor. A.G.Gurvich gipotezasi A.G .Gurvich embrional maydon gipotezasini 1913-1944 yillarda ishlab chiqan. Bu gipotezaning dastlabki ko’rinishi (1922-1930 yillar)idealistik yo’nalishda edi. Gurvich ko’zning va piyiozning gistologik rivojlanishini o’rganib, mitoz extimollik qonunlariga bo’ysunadi, deydi. Uning fikricha , morfogenetik jarayonlar yagona omil bilan boshqariladi. Morfogenez –hujayralar harakati va joylashuvining tartibga solinishi ma’lum qonunyat asosida borishini anglatadi. 1944 yilda A.T.Gurvich “biologik maydon”gipotezasini yaratdi. Bu gipotezaga “hujayra maydoni”tushunchasini ham kiritdi. Hujayralar maydoni birlashib, umumiy maydon hosil bo’ladi. Bu umumiy maydon embrion rivojlanishga tasir etadi. Gurvich fikricha, hujayra bo’linganda uning maydoni ham bo’linadi. Blastula davrida hujayra maydoni hujayralarning ma’lum tartib asosida joylashuviga olib keladi. Gurvich “protoplazma “, “bir xil bo’lmagan molekulalar” gipotezalarini yaratib, nazariy biologiyani boyitdi. Gurvich embrionda shakl hosil bo’lishi, tirik sistemalarda definitiv topologiya muammolarini o’rgandi. “Maydon “tushunchasini tadqiqotchilar turlicha tushuntirdilar. Sh. S.Geksli va G.R.de Ber (1934)maydon deganda ma’lum omil bir hil ta’sir etadigan joyni tushunganlar. Ularning fikricha maydonning hamma qismi bir hil bo’lib u yagona sistemadan iborat. Maydon ichidagi kimyoviy moddalarning konsentrasiyasi har xil bo’lishi mumkin. K.Uoddington bo’yicha , “maydon” tushunchasi ma’lum sistemasi ning doimiy bo’lmagan qismi boshqa sistemaning shunga o’xsghash qismini zararlaydi. Ularning bir biriga tengligi maydon effektini bildiradi. Bu magnit maydoning kuchiga o’xshaydi. G.Shpeman ham maydon tushunchasini qo’llagan. Uning “tashkiliy maydon “ tushunchasi Chayldning “dominant maydon”tushunchasiga to’g’ri keladi. Demak, Chayld Shpemanning morfologik qarashlarida fiziologik mazmun kiritgan. Chayld fikricha, tashkiliy maydon embrioning dominandlik qiladigan qismi bo’lib, boshqa qismlarning rivojlanishini belgilaydi, fiziologik faolligi bilan ajralib turadi. Embrion rivojlanishi davrida shaklning o’zgarishi embrionning omillari va qonunlari bilan belgilanadi . Morfogenetik maydon gipotezasining vazifasi shakl hosil bo’lishi qonunyatlarini aniqlashdan iborat. A.G.Gurvich birinchi bo’lib shakl hosil bo’lishining matematik modilini yaratdi. Gurvich modeli embrion hujayralarining distant vektor aloqasiga asoslanadi.ba’zan bu model embrionnnig yangi shaklini oldingi shakliga asoslangan holda keltirib chiqaradi (93-rasm). Masalan, embrion bosh miyasining bir va uch pufaklik davridan kelib chiqishini aniqlab beradi. Gurvich bu jarayonni 3 ta vektor chiziq bilan ifodalayhdi. Ammo hozirgacha ko’plab rivojlanayotgan organizmlarda hujayralarning distant aloqasihaqidagi ma’lumotlar yo’q.Gurvich gipotezasining muhim xulosasi shuki, embrionda shakl hosil bo’lishi uning diterminasiyasi va boshqarilishi tufayli oldingi shakl keyingi shaklni belgilaydi. Gurvichning morfogenetik maydon gipotezasi molekulyar darajada ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling