Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet101/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Reyting savollari

  1. Hujayra differensiasiyasi nima?

  2. Hujayra differensiasiyasining genetik –molekulyar mexanizmini aytib bering.

  3. Rivojlanish jarayoni uchun yadroning ahamyatini aniqlashga oid tajribani ayting.

  4. Hujayra differensiasiyasi va gen muammosi nimalardan iborat?

  5. Hujayra kloni va differensiasiya o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntring

  6. Ximer hayvonlar yaratishgaoid tajribalar mohiyatini ayting.

  7. Hujayra differensiasiyasining doimiyligi vadedifferensiasiya deganda nimani tushunasiz?

  8. Malignizasiya nima?

  9. Hujayralar o’rtasidagi aloqani ayting.

  10. Hujayralar o’rtasidagi kontakt aloqa va uning turlarini ayting.

  11. Direktiv va bajaruvchi induksiya deganda nimani tushunasiz?

  12. Hujayralar o’rtasidagi distant aloqani tushuntiring.

  13. Gormonlar va ularning turlarini ayting.

  14. Gormonlar ta’sirining molekulyar mehanizmini tushuntiring.

  15. Indivudial rivojlanishning gormonal boshqarilishini ayting.

  16. Gametogenez jzarayonlarining gormonal boshqarilishini ayting.

  17. Metamorfoz jarayoning gormonal boshqarilishi qanday amalga oshadi?

  18. O’sishning gormonal boshqarilishi qanday sodir bo’ladi?

  19. Orgonogenez va gistogenez jarayonlarining gormonal boshqarilishini tushuntiring.

  20. To’qima differensiasiyasining bosqichlarini aytib bering.

  21. To’qima va hujayra differensiasiyasi genetik jihatdan qanday nazorat qilinadi?

X- BOB. EMBRIONAL MAYDON GIPOTEZASI. FIZIOLOGIK GRADIENT NAZARIYASI.
ORGANIZM RIVOJLANISHI UNING BIR BUTUNLIGINING O’ZGARISHI
Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi dastlab embrional rivojlanish davrida namoyon bo’ladi . Organizm rivojlanish davrida o’zgarib ,yangi bir butun holatga o’tadi. Embrion hujayralari inteegrasiya mexanizmining “qamog’ida”bo’lib, uning rivojlanishi chegaralangan bo’ladi. Hujayralarning biokimyoviy tarkibi, yangi moddalar paydo bo’lishi yoki yo’qolishi, shakli va katta kichikligining o’zgarishi, bo’linsh tezligi va boshqa xususyatlari ana shular bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holat hamma organizmga hos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Rivojlanayotgan organizm rivojlanayotgan belgilaryig’indisi yoki oqsillar yig’indisi bo’llmay, balki diskret birliklar o’zoro bog’lanishi qayta qurilishining dinamikasi bo’lib, bu organizm bir butunligi deyiladi.
Shakl hosil bo’lishini ayrim hujayralar misolida tushuntirib bo’lmaydi. O.Gertvig (1898) hujayra holati va hujayralarning biologik birlashuvi tushunchalarini farqlash lozimligini aytgan edi. Embrionni tashkil etadigan hujayralar turli hil bo’ladi. Shuning uchun embrion geterogen sistema bo’lib, uning har xil qismidagi hujayralar tarkbi, metabolizm intensivligi, bo’linish tezligi va differensiallashganligi bilan farq qiladi. Embrional rivojlanishning keyingi bosqichida va jinsiy voyaga etgan organizmda hujayralarning birikib to’qima va organlar hosil qilishi integrasiya deyiladi. Integrasiya tushunchasi ma’lum organni yoki organlar sistemasini butun organizm bilan yoki yarim avtonob holatda ishlay olishini ifodalaydi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling