Gormonlarning ta’sir etish mexanizmi. Gormonlarning spesifik xususyati shundaki, har bir gormon ma’lum hujayraga ta’sir etadi. Ayni paytda shu narsa aniqki, gormonlarning ta’sir etish mehanizmi reseptor –oqsil kompleksi orqali amalga oshadi. Gormon molekulasi bilan reseptor molekulasi qulfga kalit mos kelgandek bir biriga mos keladi. Ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir hujayralarning distant ta’siriga misol bo’ladi. Bu munosabat gormonni ishlab chiqaradigan hujayralar (bezlar)tomonidan boshqariladi. Bez hujayralari boshqa gormonlar yoki nerv sistemasi orqali boshqariladi. Ayni paytda gormonlar ta’sirining ko’plab tomonlari o’rganilgan. Dastlab peptitd yoki steroid gormonlar reseptorga burlashadi va gormon –reseptor kompleksi xosil bo’ladi. Peptid gormonlar hujayraning ustki qismida birlashadi.ichki tomondan adenilatsiklaza birlashadi va siklik adenozinmonofasfat kislota (s- AMF) hosil bo’lishini tezlashtiradi. Bu kislota miqdori ortadi va u ferment bilan hujayra o’rtasidagi aloqani o’rnatadi. Steroid gormonlar reseptori sitoplazmada joylashgan.Ular lipidlarda eriydi va membradan sitoplazmaga o’tadi hamda reseptor – gormon kompleksini hosil qiladi.
Shunday qilib, gormonlar hujayraga, genetik aparatga, genga ta’sir ko’rsatadi, ularni faollashtiradi.
Indivudial rivojlanishning gormonal boshqarilishi. Gormonlar va boshqa biologik faol moddalar o’sish va rivojlanish, energetic jarayonlarni, nuklein kislotalar biosintezini boshqaradi. Indivudial rivojlanishga ta’sir etadigan gormonlar 2 guruhga bo’linadi:
1. ona organizmida sintezlanadigan , reproduktiv jarayonlarni boshqaradigan gormonlar. Ular gametogenez , ovulyasiya , embriogenez jarayonlarni boshqaradi. Sut emizuvchilarda ular yo’ldosh orqali embrionga o’tib, gametogenez va embrional rivojlanishni boshqaradi.
2. rivojlanayotgan organizmning endokrin bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar. Ular o’sish va hujayra differensiasiyasiga ta’sir etadi.
Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining gormonal boshqarilishi. Jinsiy hujayra yetilishi siklik yoki mavsumiy xususyatga ega. Bu jarayonlar ham jinsiy bezlarda ishlab chiqilgan gormonlar yordamida boshqariladi. Bu gormonlarning ishlab chiqalishi gipofiz gormonlari orqali boshqariladi. Urug’lanish ana shu jarayonlarning koordinatasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |