Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.N Seversovning filembriogenez nazariyasi.
Rekapitulyasiya. E. Gekkel tomonidan dastlabki qadimgi gipotetik hayvonlar-blasteya va mareya (blastula va marulaga to’g’ri keladigan) haqida tasavvurlar hosil qilindi. Blasteya hozirgi kolonial (volvox) formalarga taqqoslab o’rganiladi. Gastreya davrini kovakichlilarga taqqoslab, unda ektoderma va entoderma qavatlar borligini aniqladi. Biogenetik qonunga ko’ra bu hayvonlar ontogenezi davrida voyaga yetgan ajdodlarining belgilarini rekapitulyasiya qiladi.
Rekapitulyasiya lotincha recapitulasio-aytilganning qisqa takrorlanishi degan ma’noni bildiradi. Morfologlar XIX asrda ko’plab rekapitulyasiyalarni aniqladilar. 1.Hamma ko’p hujayralilar urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi. 2.Ko’pchilik hayvonlarning embrional rivojlanishi davrida embrion varaqlari hosil bo’ladi. 3.Hamma umurtqalilarda xorda hosil bo’ladi. 4.Qushlar, sut emizuvchilar va odam embrionining rivojlanishi davrida jabra yoriqlari hosil bo’ladi, yuragi baliqlar yuragiga o’xshaydi, ayiruv organlari pronefros tipida bo’ladi. Embrionning keyingi rivojlanishi davrida bu organlar o’zgarib, mazkur sinfga xos belgilar paydo bo’ladi. 5.Palma o’g’risining rivojlanishi biogenetiк qonunning isboti hisoblanadi. Uni qaroqchi krab yoki kokos krabi ham deyiladi. Bu hayvon quruqlikda yashab, kokos yong’og’i bilan oziqlanadi. O’pka bilan nafas oladi, agar 4-5 soat suvga solib qo’yilsa, o’ladi. Tuxumini bir-biriga tizib qo’yadi, tuxumdan chiqqan plankton lichinkasi zoea deyiladi. Jabra yoriqlari yo’qolmaydi, ammo nafas olishda qatnashmaydi. Biogenetik qonun tarafdorlari palma o’g’risini ontogenezda filoginez takrorlanishiga yaqqol misol, deb qaraydilar. 6.Amfibiyalar individual rivojlanishi ham rekapitulyasiya hisoblanadi. Baqa lichinkasining dumi, jabra yoriqlari baliqlardan meros bo’lib qolgan. 7.Rivojlanish davrida to’qima va organlarda ajdod belgilari paydo bo’lishi mumkin. Bu gistogenetik rekapitulyasiya deb ataladi. A.N Seversovning filembriogenez nazariyasi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida biogenetiк qonun juda ko’p tanqidlarga uchradi. Bu qonunni rivojlantirishda A.N.Seversov ulkan hissa qo’shdi. U organlarning ajdodlarida jinsiy voyaga etgan organizmlarda rivojlanish yo’llarini o’rgandi. Ana shu o’rganish jarayonida Seversov embrional rivojlanishi davrida ajdod belgilariga nisbatan o’zgargan yoki yangi belgilar paydo bo’lishining yo’nalishlarini aniqladi va bularni filembriogenez qonuni deb atadi. Bu qonunga ko’ra ontogenezda filogenez aynan takrorlanmasdan balki ba’zi o’zgarishlar yo’li bilan takrorlanadi. Seversov filembrionogenezning quyidagi yo’llarini aniqladi: 1 Ba’zi hayvonlarda yangi belgilar embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida paydo bo’ladi. Filembrionegenezning bu tipi arxallaksis deyiladi.2 Yangi belgilar individual rivojlanishning o’rta bosqichida paydo bo’lsa, uni deviasiya deyiladi. 3. Agar o’zgarishlar taraqqiyotning oxirgi bosqichida paydo bo’lsa, bu hodisa anaboliya deyiladi. Shunday qilib, Seversov bo’yicha, ontogenezda har xil organlar har xil davrda paydo bo’ladi. Seversov ko’p hujayralilar ontogenezining kelib chiqishi va evolyusiyasi haqida nazariya yaratdi. Bunda rekapitulyasiyaga asoslangan anaboliyaga katta ahamiyat berdi. Seversov ko’p hujayralilar bir hujayralilarning koloniya bo’lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan, degan gipoteza tarafdori edi. Jumldan, volvoks koloniyasi 20000 hujayragacha yetishi munkin, shundan keyin gistologik differensiasiya boshlandi. Seversov bo’yicha gidra rivojlanishi davrida ebmrionning maydalanish davriga o’xshash davr sodir bo’ldi. Shunday qilib, gidra ontogenezi yangi davrlar tufayli uzaygan ( 115- rasm). Seversov bilaterial simmetriyali hayvonlar ontogenezi evolyusiyasini murakkab va ko’p bosqichli, deb tasavvur etadi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling