Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o’zgarishlari


Download 2.45 Mb.
bet28/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o’zgarishlari. Graaf pufakchasi yorilgandan so’ng uning donador qavati va biriktiruvchi to’qimadan iborat qobig’i, saqlanib qoladi. Bular sariq tana beziga aylanadi. Urug’lanishi bo’lishi, yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, sariq tana bezi taraqqiyotida quyidagi to’rt bocqich farqlanadi:
1. Proliferasiya va vaskulyarizasiya bosqichi. Bu bocqichda odingi sariq tana donador epiteliy qavati hujayralarining ko’payishi va unnig oralariga kapiliyar qon tomirlarining tez o’sib kirishi kuzatiladi.

  1. Bezli metamorfoz bosqichida donador qavatning follikulyar hujayralari kattalashadi va ularning sitoplazmasidan lipoxrom guruhiga kiradigan sariq pigment-lyutein yig’adi. Bu hujayralar lylitein hujayralari deb nomlanadi. Lyuteni hujayralarning gipertrofiyasi va giperplaziyasitufayli, sariq tananing hajmi oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada kapillyarlar shu darajada ko’pki, har bir lyutein hujayrasini ko’plab kapillyarlar qamrab oladi.

3. Ravnaq topish bosqichida sariq tana, progesteron ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatinnig zigotani qabul qilishga, implantasiyaga va sut bezlarini lakiasiyaga tayyorlaydi, Sariq tananing ravnaq topish bosqichi ikki xil bo’ladi. Agar urug’lanish sodir bo’lmasa, bu bocqich 12-14 kun davom etadi va bunday tana hayz sariq tanasi deb ataladi. Agar urug’lanish sodir bo’rsa, sariq tananing ravnaq topish bosqichi homiladorlikning birinchi yarmigacha davom etadi. Bunday sariq tana homiladorlik sariq tanasi deb ataladi. Bu sariq tanalar tuzilishi va vazifalariga ko’ra bir-biriga o’xshaydi. Ularning farqi, o’lchami va faoliyat ko’rsatish muddati har xil bo’ladi. Hayz sariq tanasninig diametri 1,5-2,0 sm bo’lsa, homiladorlik sariq tanasining diametri 5 sm bo’ladi.
4. Aks ravnaq bosqichida faoliyati tugagandan keyin ham homiladorlik, ham hayz sariq tanasi inqirozga, ya’ni involyusiyaga uchraydi. Bunda bez hujayralari lyutein pigmentini yo’qotib, atrofiyaga uchraydi va so’rilib ketadi. lekin markazda joylashgan biriktimvchi to’qimadan iborat bo’lgan chandiq, saqlanib qoladi va sariq tana o’rnida oq tana hosil bo’ladi. Oq tana tuxumdonda bir necha oy saqlanib, keyin so’rilib ketadi. Ba’zan unda shakllanish sodir bo’lib, uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling