Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Erkaklik reproduktiv faoliyatining gonnonal boshqarilishi


Download 2.45 Mb.
bet36/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Erkaklik reproduktiv faoliyatining gonnonal boshqarilishi. Urug’donning generativ va endokrin funksiyalarini xuddi tuxumdondagidek gipofizning follitropin valyutropin gormonlari boshqaradi.Bu gormonlarni gipotalamusning gonadoliberin gormoni boshqaradi. Ana shu gormonlar ta’svirida unig’donning interstisial hujayralari (Leydig hujayralari), testosteron gormonini ishlab chiqaradi. Bu hujayralar urug’ kanallari hujayralarining oralarida to’p-to’p bo’lib joylashadi.
Testosteron jinsiy organlarning faolligini oshiradi, spermatogenezni tezlashtiradi, qonga quyilib, testosteron digidrotestosteronga aylanadi va muskullarga, boshqa organlar faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Umuman, testosteronning ko’p bo’lishi follitropnin va lylitropin gormonlarinnig kamayishiga, testosteronning kam bo’lishi, bu gormonlarni ko’proq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bundan tashqari, follitropinni urug’ kanallaridagi sertoli hujayralari ko’plab hazm qiladi. Bu hodisaning ahamiyati hozircha aniq emas.
Urug kanallarninig epiteliy hujayralari nigibin gonnonni ishlab chiqaradi. Bu gormon erkak embriondagi paramezonefros kanalning regressiyasini, voyaga yetgan erkakda esa gipofizning follikulani stimullovchi gormonlar ishlanib chiqarish funksiyasini susaytiradi. Ammo lyutropinga ta’sir etmaydi.


Jinsiy hujayralarning tuzilishi

Jinsiy hujayralar gametaiar deb ataladi. Gameta grekcha gamete - xotin, ya’ni ug’ochilik jinsiy hujayrasi yoki tuxum hujayra, gametis - erkak, ya’ni erkaklik jinsiy hujayrasi, yoki spermatozoid, degan ma’noni bildiradi. Shunga ko’ra, jinsiy hujayralarning ikki turi: (tuxum va urug’ hujayralari farqlanadi. Gametalarning muhim xususiyati – ular tashqaridan ozuqa qabul qilmaydi va yetilgan jinsiy hujayralar ko’paymaydi.


Spermatozoidning tuzillshi. Spermatozoid grekcha"sperma" -urug’, zoon - hayvon, eidos - tur, degan ma’noni bildiradi. 1677 yilda Gamm va A. levenguk sut emizuvchilarning erkaklik jinsiy hujayrasini mikroskopda ko’rdilar. 1827 yilda K. M. Ber spermatozoid terminini birinchi marta fanga kiritdi.
Spermatozoidning shakli turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, sut emizuvchilarda qamchisimon, yumaloq chuvalchanglarda, qisqichbaqasimonlarda va boshqa hayvonlarda pufaksimon bo’ladi. Ba’zi hayvonlarda spermatozoid yana boshqa shakllarda ham bo’lishi mumkin (31 -rasm). Spermatozoid baicha hujayralar kabi membrana, sitoplazma, yadro va boshqa hujayra organoidlaridan iborat. Uning shakli turlicha bo’lsa ham, barcha hayvonlarda bir xil tuzilgan bo’lib, bosh, bo’yin, o’rta va dum qismlardan iborat (32-rasm). Bosh qismi spermatozoidning oldingi qismi bo’lib, boshqa qismlardan yo’g’on bo’ladi. Bu qism yadro va uni o’rab turgan sitoplazmadan iborat.
Boshning oldingi tomonida akrosoma (grekcha aeron - ustki, soma -tana) joylashgan. Akrosoma golji apparatining o’zgarishidan kelib chiqqan bo’lib, pufak shaklida bo’ladi va unda urug’lanish davrida tuxum hujayraning mikropile teshigidagi oqsilli tiqinni eritib yuboradigan graluronidaza fermentini saqlaydi.
Bo’yin qismida, yadroning orqa qutbida proksimal sentriola joylashgan. Urug’lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraning ichiga kiradi va unig’langan tuxum hujayraning, yoki zigotaning bo’linishida ishtirok etadi. Yadrodan bir muncha uzoqda joylashgan distal sentriola ikki bo’lakdan iborat bo’lib, uning tayoqchasimon ko’rinishga ega bo’lgan birinchi bo’lagi bo’yin chegarasini hosil qiladi va undan spermatozoidning o’rta yoki tana qismi orqa dumiga o’tuvchi o’q ip boshlanadi. Ana shu sentriolalar spermatozoid yadrosining boshiga surilib, boshqa qismlariga nisbatan katta bo’lishiga sababchi bo’ladi.
O’rta yoki tana qismi distal sentriolaning tayoqchasimon va halqasimon bo’laklarining o’rtasida joylashgan. Bundagi o’q, ip atrofida spiral holatda ko’plab mitoxondriyalar joylashgan bo’lib, unda gtikogen, fosfatlar, ko’p miqdorda ATF saqlanadi.
Bu esa tana qism spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan dalolat beradi.
Dum qismi asosiy va oxirgi bo’laklardan iborat. Dumning asosiy qismi faqatgina o’q iplardan va ularni o’rab turgan adenozintrifosfat azafermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyadagi ATF ni parchalaydi va shu yo’l bilan energiya ajralishini ta’minIaydi.O’q iplar 10 juft mikronaychalardan iborat bo’lib, 9 jufti periferiyada, 1 jufti markazda joylashgan.
Dumning oxirgi bo’limi juda inguchka o’q ip-xivchindan iborat bo’lib, tashqi tomondan plazmolemma bilan o’ralgan. Dumning asosiy vazifasi spermatozoidning harakatini ta’minlashdir.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling