Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
REVTING SAVOllARI1.Hujayralar klassifikasiyasini aytib bering. 2.Jinsiy organlar taraqqiyotini tushuntiring. 3.Birlamchi jinsiy hujayralarning paydo bo’lishini ayting. 4.Erkaklik jinsiy organlarining tuzilishini ayting. 5.Urug’donning tuzilishini aytib bering. 6.Urug’chilik jinsiy organlarining tuzilishini ayting. 7.Tuxumdonning tuzilishini aytib bernig. 8.Ovulyasiya va menstruasiya jarayonlarini tushuntiring. 9. Urug’chilik jinsiy jarayonning gormonal boshqarilishi qanday amalga oshadi? 10. Erkaklik jinsiy jarayonning gormonal boshqarilishi qanday amalga oshadi? 11. Spermatozoidning tuzilishini ayting. 12. Tuxum hujayraning tuzilishini ayting. 13. Spermatogenez va uning bocqichlarini aytib bering. 14. Ovogenez va uning boshqalarini aytib bering. 15. Tuxum qobig’ining himoya vazifasini aytib bering. III-BOB. URUG’LANISH YOKI OTALANISH Yuksak darajada tuzilgan barcha hayvon va o’simliklar jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinsiy ko’payishda tuxum va urug’ hujayralar ishtirok etadi. Bu esa o’z navbatida unig’lanish yoki otalanishdan boshlanadi. Urug’lanishdan oldin urchish jarayoni sodir bo’ladi. Urchish ikkita jinsning, ya’ni erkak va urg’ochi individlarning o’saro qo’shilishi hisoblanadi. Ikki xil jinsiy hujayralarning -spermatozoid va tuxum hujayralarning o’saro qo’shilishi urug’lanish yoki otalanish deb ataladi (40-rasm). Ba’zan urchishdan unag’lanishgacha ancha vaqt o’tishi mumkin. Masalan, ko’rshapalaklarda urchish kuzda sodir boladi. Spermatozoidlar urg’ochi individning tuxum yo’llarida saqlanib, bahorda qulay sharoit kelishi bilan urug’lanish sodir bo’ladi. L. Almatov qishda g’oyalardan urchigan bir necha ko’rshapalaklarni olib kelgan. Issiq va qulay sharoitda saqlanganda ularda qishda ham urug’lanish sodir bo’lganligini kuzatgan. Urug’lanish natijada zigota hosil bo’ladi. Zigota grekcha zigotos -qo’shilgan degan ma’noni bildiradi. Zigota ham bitta hujayradan iborat, ammo u somatik va jinsiy hujayralardan sifat jihatdan farq qilib, unda ota-ona belgilari bo’ladi. Erkak individlar spermatozoid ishlab chiqarishi, ya’ni spermatozoid va u bilan birgalikda suyuqlik ishlanib chiqarish jarayoni eyvakulyasiya deyiladi. Bu hodisa ham juda murakkab jarayon hisoblanadi. Jinsiy hujayralar yetilgandan keyin otalanish jarayoni sodir bo’lmasa, ular tezda halok bo’ladi. Shuning uchun urug’lanish mumkin qadar tezroq sodir bo’lishi kerak. Urug’lanish qaerda sodir bo’lishiga qarab ikki xilda bo’ladi: 1. Tashqi urug’lanish. Bunda jinsiy hujayralar tashqi muhitda - suvda, tuproq oralarida va boshqa joylarda o’saro qo’shiladi, ya’ni urg’ochi (samka) tuxum qo’yadi, erkak (sames) esa uni urug’lantiradi. Bu hodisa erkak va urg’ochi individlar o’saro yaqin masofaga kelganda sodir bo’ladi, ya’ni ular jinsiy hujayrani suvga yoki boshqa joyga chiqarishini bir-biriga hid yoki boshqa kimyoviy moddalar orqali xabar beradi. Bu jarayonga xulq-atvorlar ham ta’sir etadi. Bunday urug’lanish suvda yashaydigan hayvonlarda, baliqlarda, amfibiyalarda uchraydi. 2. Ichki urug’lanish. Bunda jinsiy hujayralar Na organizmmnig jinsiy organlarida o’saro qo’shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo’yishi mumkin. Urg’ochilari esa uni o’zining jinsiy teshiklariga kiritib oladi. Masalan, hasharotlarning ba’zilarida shu holatni uchratish mumkin. Bu tashqi-uchki otalanish deb ataladi. Ba’zilarida erkaklari spermani urg’ochi jinsiy organlariga bevosita kiritib qo’yadi. Masalan, sut emizuvchilarda shunday bo’ladi. Bu uchki otalanish deb ataladi. Ba’zilarida uchki otalanish bo’lsa ham, embrion tashqi muhitda rivojlanadi. Masalan, qushlarda, repteliyalarda shunday holat kuzatiladi. Zuluklarning urchish jarayoni boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ular germafrodit bo’lib, urug’lanish uchki bo’ladi. Jag’li zuluklar kopulyativ organ orqali spermatozoidlarining ochiq jinsiy organlariga o’tkazadi. Baliq zulugida esa spermatozoidlarni spermatofora holida urg’ochi zuluk terisining ustiga qo’yadi. Spermatofora qo’yilgan joydagi teri yumshaydi va teri orqali spermatozoid tuxum yo’llariga o’tadi. Zuluklarda bunday urchishni A. O. Kovalevskiy aniqlagan va uni teri orqali urchish deb atagan. Spermatozoidlarning maxsus parda bilan o’ralgan kapsula holati spennatoforalar deb ataladi. Spermatoforalar orqali urchish ham har xil bo’ladi. Ba’zi hayvonlarda spermatoforalar urg’ochi jinsiy yo’liga kirgizib qo’yiladi. Keyin spermatofora pardasi yorilib, spermatozoidlar tuxum yo’liga o’tadi. Urug’lanish jarayonining normal o’tishi uchun spermatozoidlar jinsiy yo’llarda ancha masofani harakatlanib bosib o’tishi lozim. Jinsiy hujayralarning yetilib chiqishi bir yilda mavsumiy, bir, ikki marta, har oyli, shuningdek, tartibsiz bo’ladi. Spermatozoid shakllangandan keyin jinsiy yo’llardagi sekretlar bilan aralashib, spermani hosil qiladi. Bir marta ajraladigan spermaning hajmi ko’rshapalaklarda 5 ml, qo’chqorlarda 2 ml, yovvoyi cho’chqalarda 500 ml bo’ladi. 1 ml sperma tarkibidagi spermatozoidning soni ko’rshapalakda 2 mln, qo’chqorda 2-5 mln, yovvoyi cho’chqada 100.000 tagacha bo’ladi. Erkaklarning bir marta ajraladigan spermasining hajmi 3 ml, 1 ml sperma tarkibida 40-50 mln spermatozoid bo’ladi. Odam butun hayoti davomida 340.000.000.000.000 ta spermatozoid ishlab chiqaradi. Odam tuxum hujayrasining diametri 130 mm, eng katta tuxum akulalaning bir turida bo’lib, uning diametri 22 sm, tuyaqushda esa 10 sm ni tashkil etadi Naslsizlik ustida ish olib borgan olimlarning aniqlashicha, unig’lanish normal o’tishi uchun jinsiy hujayralar to’liq yetilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, spermatozoidlarning soni yuqorida ko’rsatilgan sonda bo’lishi kerak. Chunki ana shunday ko’p sondagi spermatozoidlarning juda oz qismi urug’lanadigan joygacha, ya’ni tnxum yo’ligacha yetib boradi. Masalan, quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo’rlarigacha yetib boradi. Ichki urug’lanadigan hayvonlarga nisbalan tashqi urug’lanish sodir bo’ladigan hayvonlarda spermatozoid ko’proq yetishib chiqadi. Bu esa jinsiy hujayralarning o’saro uchrashish imkomyatini oshiradi. Urug’lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bocqichdan iborat: 1) gametalarning yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya. Tuban organizmlarda erkaklik va urug’chilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda bo’ladi va ular izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitoplazma tuzilishi jihatdan bir xil bo’ladi. Bunday gametalar qo’shilishi urug’lanish emas, balki kopulyasiya deyiladi. Kopulyasiya lotincha kopulyasio - qo’shilish degan ma’noni bildiradi, Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling