Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi


Download 2.45 Mb.
bet46/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi. Tuxum hujayraning ustki qismi po’st bilan qoplangan. Tuxum hujayraga spermatozoid qanday kiradi? Spermatozoid ko’pchilik tuxumlarning ichiga mikropile teshikchasi orqali kiradi. Bu teshik orqali tuxum yetilishi davrida oziq moddalar kiradi. Ammo spermatozoid ana shu "to’siq" orqali ichkariga kirishi lozim.
Elektron mikroskop orqali ko’pchilik hayvonlar spermatozoidida akrosoma reaksiyasi sodir bo’lishi aniqlangan. Bungacha spermatozoid boshi yordamida mexanik ravishda tuxum teshib ichiga kiradi, deb hisoblanardi. Ammo bu hodisa mexanizmi ancha murakkabdir. Akrosomaning po’sti, xaltasi, apikal xaltasi farqlanadi (41-rasm). Akrosoma hosil bo’lishida go’lji apparati muhim ahamiyatga ega. Spermatozoid tuxum bilan duch kelganda akrosoma po’sti yoriladi va ingichka akrosoma ipini otadi.Uning uzunligi dengiz tipratikanida 1 mkm, dengiz yulduzlarida 25, osyotr balig’ida 5-S mkm. Tuxumning yaqinlashishi bilan akrosoma tuxum po’stini va uning yaqinligini sezadi. Bu sezuvchi apparat granulali qalin qavatdir. Akrosoma ipi tuxum po’stida sariqlik qobig’i orqali ichkariga kiradi. Natijada urug’lanish konusi hosil bo’ladi. Spermatozoid boshi mikropile teshigi gallanishi bilan akrosoma ipi yo’qoladi. Spermatozoidning dumi uzulib, tashqarida qoladi. O’zi ichkariga kirib, tuxum hujayra bilan qo’shiladi. Qo’shilish oldidan tuxum ikki xil faollashadi: 1. Impulsli faollashuv. Burida spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sezib faollashadi. 2. Kortikal faollashuv.
Bunda tuxum po’stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikfopile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan bo’ladi (42-rasm). Akrosomaning graluronidaza fermenti uni eritib, spermatozoidga yo’l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi, zigota hosil bo’ladi. Urug’lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urug’lanishdan keyin jinsiy hujayralar yadrosining qo’shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig aniqlagan.
E. Batayon nazariyasiga ko’ra, urug’lanmagan tuxumnnig o’ziga xos xususiyati shundaki, uning nafas olishi pasayganligi uchun murakkab holatda bo’ladi. Urug’lanish qobig’ining qalinlashishi urug’lanish yoki tuxum hujayralarni sun’iy faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda toksin moddalar ham tuxum po’stidan chiqib ketadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, xaqiqatdan ham urug’lanmagan tuxum murakkab holatda bo’ladi. Ammo urug’lanishdan keyin qanday qilib tuxum bunday holatdan chiqishi hozircha noma’lum.
J. Lyob nina tanlilarning tuxumini turli xil organik moddalar bilan faollashlirdi. Natijada tuxumning po’sti erib ketib, tuxumning o’zi nobud bo’ldi. Baqa ikrasining po’stiga igna bilan ta’sir etganda rivojlariib, jinsiy voyaga yetgan baqa hosil bo’lgan. Ana shularga asoslanib, lyob urug’lanishni quyidagicha tushuntiradi: dastlab tuxum po’stining ma’lum joyi oksidlanish tufayli yemiriladi (undan spermatazoid tuxumning ichiga kiradi), keyin qandaydir omillar tuxum po’stining hammasni yemirilishdan saqlaydi va normial nafas olishni tiklaydi.
XX asrnirig 50-yillarida amerikalik embriolog Geylbrun urug’lanishda kalsiy katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Keyinchalik boshqa amerikalik tadqiqotchi Runstryom tuxum ustida fermentlaming faolligini pasaytinivchi modda borligini aytdi. Bulardan tashqari, urug’lanishda lizosoma, mitoxondriya ham ishtirok etadi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling