Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet45/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Mono va polispermiya hodisalari. Tuxum hujayraning urug’lanish uchun bitta spermatozoid kerak bo’ladi. Urug’lanishdan keyin ikkala jinsiy hujayralarning yadrolari qo’shiladi va bitta organzin taraqqiy eta boshlaydi. Bu hodisa monospermiya deb ataladi. Ammo 1890 yilda S. Ryukkart kaptarning bitta tuxum hujayrasiga 15-25 tagacha spermatozoid kirganligini aniqlagan. Bu hodisa polisperniya deyiladi. Agar tuxum hujayraga ortiqcha spermatozoid kirsa, rivojlanish buziladi. Boshqa spermatozoidlarning sentriolasi maydalanish markazini belgilaydi va birdaniga bir necha blastomerlar hosil bo’lib embrion yashovchanligini buzadi. A. S. Ginzburg (1963) ma’lumotiga ko’ra, tuxum bitta spermatozoid bilan urug’langandan keyin "to’siq" hosil bo’ladi va "urug’lanish qobig’i" shakllanadi.
Ammo ba’zi hayvonlarda polispermiya qpnuniyat holatida uchraydi, Masalan, hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, qorinoyoqli mollyuskalar, akulasimonlar, ximerasimon baliqlar, dumli amfibiyalar, repteliyalar, qushlarda bitta tuxum hujayra bir necha spermatozoid bilan urug’lanadi.


Jinsiy hujayralarning o’saro ta’siri

Tuxum hujayradan ajraladigan moddalar spermatozoidga ta’sir etishi va uni o’ziga jalb qilishi ancha oldindan ma’lum. F. R. Lilli (1912-1921) aniqlashicha, dengiz tipratikanining suvga tushgan tuxumi ("tuxumli suv") spermatozoidning harakatuni tezlashtiradi. Bu modda erkak (sames)ning o’ziga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. "Tuxumli suv" dengiz yulduzi, mollyuskalar, to’garak og’izlilar, baliqlar va amribiyalarda ham aniqlangan.


Tuxum hujayradagi urug’lanishga yordam beradigan moddani Lilli (1919) fertilizin deb atadi. Bu modda tuxumnnig ustida, po’stida bo’ladi va gtikoprotein yoki mukopolisaxariddan tuzilgan bo’lib, ular ham har xil hayvonlarda har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, fertilizin ham har xil tuxumda har xil bo’ladi. Uning molekulyar massasi 300.000 ga teng.
Spermatozoid sitoplazmasi ustida antifertilizin nioddasi uchraydi. A. Tayler (1958) fikricha, bu modda fertilizinga antigen-antitelo hisoblanadi va qulfga kalit to’g’ri kelgandek, bir tur hayvonlarda bir-biriga to’g’ri keladi, boshqa turlarning jinsiy hujayralariga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun ham tabiatda har xil tur hayvonlaning jinsiy hujayralari o’saro qo’shilavermaydi. Fertilizin ba’zi hayvonlarning tuxumida bo’lmaydi va ular bemalol urug’lanadi. Bu moddalarni M Gartman (1940) gamonlar yoki gametalar gormoni deb atadi. Tuxum hujayra gormonni ginogamon, spermatozoid gormonim atidrogamon deb atadi. Tuxum hujayradagi ginogamon - 1 spermatozoidni faollashtiradi, ginogamon - 2 yoki fertilizin jinsiy hujayralarni o’saro qolshiltiradi. Spermatozoiddagi androgamon - 1 hujayraning harakatiiu sekinlashtiradi, androgaraon - 2 tuxura polstnii eritadi.
I.I.Sokolovskaya (1947) quyonlar kam (1000 ta) yoki ko’p (100.000 ta) spermatozoid ishlab chiqarsa, urug’lanish sodir bo’lmasligini kuzatgan.
Umuman, urug’lanishda ishtirok etadigan moddalarni 3 guruhga bo’lish mumkin:
1. Gamonlar - spermatozoid harakatchanligini oshiruvchi moddalar; ular har bir turda o’ziga xos bo’ladi.
2, Gtikoproteinlar - jinsiy hujayralar aloqasini o’rnatuvchi moddalar.
3. Lizinlar - tiixum po’stini erituvchi moddalar.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling