Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet53/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Gertvigning birinchi qoidasi. Sariqligi bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan tuxumlarda yadro protoplazmaning o’rtasida joylashadi. Alesital va izolesital tuxumlarda yadro markazga yaqin, telolesital tuxumlarda yadro animal qutbda joylashadi.
Gertvigning ikkinchi qoidasi. Bo’linish dukchasi protoplazmaning sof qismida, ya’ni sariqligi kam bo’lgan qismida uzunroq bo’lib joylashadi.
Bu qoidalarning to’g’riligini amfibiyalarning telolesital tuxumining maydalanishida ko’rish mumkin. Ularning yadrosi animal qutbda, sof protoplazmada, bo’linish dukchasi esa ekvatorda joylashgan. Kariokinez jarayoni hujayraning har xil organoidlarining harakati, xromosoma, kortikal qavat bilan bog’liq.
Amfibiyalar tuxumining birinchi maydalanishida yadroning bo’linish dukchasi ekvatorga parallel joylashadi. Shuning uchun maydalanish meridianlarning birida joylashadi. Ikkinchi maydalanishda ham bo’linish dukchasi ekvatorga parallel, birinchi maydalanish burchagining tagidan o’tadi. Buning sababi shundaki, sof protoplazma uzunligi birinchi maydalanish bo’shlig’ida va ekvatorda parallel joylashadi. Shuning uchun yana meridional maydalanish sodir bo’ladi. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi maydalanish to’liq va tekis o’tadi. Uchinchi maydalanish egatchasi blastomerlarni bir-biriga teng bo’lmagan bo’laklarga bo’ladi, ya’ni yuqori (animal) qutb kichik, vegetativ qutb katta bo’ladi. Keyin meridional va ekvatorial chiziqlar navbatlashib blastomerlar hosil bo’laveradi. Keyinchalik sinxron maydalanish buziladi, ya’ni embrionning bir tomonida maydalanish kuchayadi, boshqa tomonida sekinlashadi, Bu asinxron maydalanish deb ataladi.
Ba’zi olimlar Gertvig qoidasi telolesital tuxumlar maydalanishida ham amal qiladi, deb hisoblaydilar. Ba’zi holatlarda Gertvig qoidalarini tadbiq etib bo’lmaydi. Masalan, tekis maydalanish sariqligi sitoplazmada tekis tarqalgan tuxumlarga xos, ammo ba’zi sut emizuvchilarning izolesital tuxumlari notekis maydalanadi. Bunda blastomerlarning o’saro ta’sviri, bir-biriga tegib turishi, protoplazma o’simtalari, amyobasimon harakatlar ta’sir etishi mumkin, deb hisoblanmoqda (4-jadval).
Maydalanish usullari har xil bo’lsa ham, embrionning rivojlanishi jarayonda mitoz bo’linish sodir bo’ladi.
Shunday qilib, maydalanish: 1) Gertvig-Saks qoidasiga ko’ra, yadro va bo’linish dukchasinnig joylashuvi; 2) spiral maydalanishda blastomerlarning joylashuvi; 3) blastomerlarning interfazada harakati bilan belgilanadi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling