Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Maydalanish turlariBo’linish yoki maydalanish ikki xilda bo’ladi: 1. To’la maydalanish. 2. To’la bo’lmagan maydalanish. To’la maydalanish ham ikki xilda sodir bo’ladi: A. To’la, teng maydalanish. Agar tuxumning sariqligi oz va u hamma qismiga bir xil tarqalgan bo’lsa, maydalanish egan butun tuxum bo’ylab o’tadi va hosil bo’lgan blastomerlar bir-biriga teng bo’ladi. lansetnikniug gomolesital tipda tuzilgan tuxumlari shunday maydalanadi (48-49-rasmlar). V. To’la, Iekin notekis maydalanish. Agar sariqlik moddasi tuxumda notekis (bir qutbda oz, ikknichisida ko’p) tarqalgan bo’lsa, maydalanish natijada o’saro teng bo’lmagan blastomerlar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan kichik blastomer mikromer, kattasi esa makromer deb ataladi. Bunday maydalanish sariqligi o’rtacha miqdorda bo’lgan telolesital tipdagi amfibiyalarning tuxumida kuzatiladi. Masalan, baqalar tuxumining vegetativ qutbida sariqlik ko’p, animal qutbida esa kam bo’ladi. Shuning uchun ham hosil bo’layotgan blastomerlarning biri katta, ikkinchisi kichik bo’ladi- Bu farq borgan sari ortib boraveradi. 2. To’la bo’lmagan maydalanish. Tuxumning faqat sariqlikdan tashqari qismi maydalanadi, sariqlik bilan to’lgan qismi maydalanmaydi. Bu yo’l bilan telolesital, sentrolesital tipdagi tuxumlar maydalanadi (50-rasm). Bu maydalanish ham o’z navbatida ikki xilda sodir bo’ladi: A. Diskodial maydalanish. Suyakli baliqlar, qushlar va repteliyalarning tuxumi sariqlikka boy bo’lgani uchun ham katta bo’ladi. Sariqligi bo’lmagan sitoplazmaning yuqori qismi embrion diski deb ataladi. Diskodial so’zi ham shundan olingan. Embrion diski juda yupqa bo’lib, u sariqlik ustida joylashadi (51-rasm). B. Yuzaki maydalanish. Bu maydalanish markazida ko’p miqdorda sariqligi bo’lgan sentrolesital tuxumlarda kuzatiladi. Maydalanish yadrodan va uning atrofidagi sitoplazmaning ajralishiidan boshqariladi. Yadrolar sitoplazma bilan o’ralib, asta-sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. Yadrolar tuxumning tashqi qatlamiga kelishi bilan sirtqi qatlam ham ularning soniga qarab blastomerlarga ajraladi. Yuzaki maydalanish bo’g’imoyoqlilar tuxumida sodir bo’ladi. Maydalanish xarakteriga tuxumning sariqlik miqdori va uning tarqalishidan tashqari blastomerlarning o’saro joylashishi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu belgisiga qarab maydalanish quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Radial maydalanish.Bunday maydalanishda har bir yuqoridagi va pastdagi blastomerlar bir birining aynan ustida joylashadi.Blastomerlarning bunday joylanishi maydalanish chizig’ining gorizontal va vertikal yo’nalishi doimo navbatlashib turishi sabab bo’ladi.Bunday maydalanish kovakichlilarda,ninatanlilarda,ba’zi xordalilarda kuzatiladi.Eng xarakterli tomoni blastomerlar deyarli bir biriga teng bo’ladi.(52-rasm). 2.Spiral maydalanish.Ko’pchilik chuvalchanglarda va mollyuskalarda uchraydi.Ularning tuxumlarida animal qismidagi blastomerlar sitoplazmasi har bir maydalanish oldidan bir chetga surilib o’tadi.Shunga muvofiq,bo’linish urchig’i qiya, taxminan 450 S burchak ostida bo’lib qoladi.Ajralayotgan blastomerlar radial maydalanishdagi kabi emas,balki bir birining oralig’ida joylashadi.Agar maydalanish chizig’i faraz qilib davom ettirilsa,u spiral shaklidagi bo’lib chiqadi(53-rasm) 3.Bilaterial yoki ikki tomonlama simmetriyali maydalanish.Zigataning maydalanishi tufayli bir biriga mos keladigan blastomerlar hosil bo’ladi. Masalan, yumaloq chuvalchanglar va assidiyalarning tuxumlari shunday bo’linadi. Agar tuxumning sariqlik moddasi,ya’ni oziq moddasi kam bo’lsa,bu modda tuxum ichiga teng tarqalgan bo’ladi va bunday tuxumlar kichik bo’lib,teng bo’linadi.Agar tuxumda sariqlik moddasi ko’p bo’lsa yoki tuxumning bir qutbida joylashgan bo’lsa,bunday tuxumlar tartibsiz va qisman bo’linadi.Masalan,baqaning tuxumida sariqlik moddasi vegetitatib ,ya’ni pastki qutbda joylashgan.Bu modda og’ir bo’lganligi uchun tuxumni qanday aylantirilsa ham sariqlik moddasi pastki tomondan joylashgan bo’ladi.Tuxumning animal tomonida esa sitoplazma joylashgan.Uning birinchi va ikkinchi maydalanish chiziqlari animal tomondan boshlanib, vegetatib tomonga o’tadi va tuxumni teng 4ta blastomerga bo’ladi.Uchunchi va to’rtinchi chiziq tuxumni ko’ndalang bo’lib, sariqlik va sitoplazma qismlariga ajratadi.Bu maydalanishda 8 ta kichik blastomer animal qutbga va 8 ta katta blastomer vegetitatib qutbda hosil bo’ladi.Ba’zi mollyuskalar va halqali chuvalchanglar tuxumida maydalanishgacha vegetativ qutbida ooplazma bo’rtib chiqadi va u polyar plazma deyiladi. Zigotaning uchunchi maydalanishdan keyin polyar plazma vegetativ qutbdan hosil bo’lgan blastomerga o’tadi.Bu blastomer 1Dbelgisi bilan ifodalanadi. Keyin polyar plazma animal qutbga joylashgan 2D va vegetativ qutbga joylashgan 4d blastomerlarga taqsimlanadi.Ulardan hosil bo’lgan blastomerlar lichinkasining ko’p qismini hosil qiladi..2 d dan hasil bo’lgan blastomerlar ustki tomondan qolib ektoderma,4 d dan selomik mezoderma hosil bo’ladi.Agar polyar plazma birinchi yoki ikkinchi maydalanishdan keyin olib tashlansa, mezoderma va ektoderma rivojlanmaydi.Polyar plazmaning vazifalari hozircha to’liq aniqlanmagan. Ba’zi baliqlar va qushlarning tuxumida sariqlik moddasi ko’p bo’lib, maydalanish faqat animal qutbga bo’ladi.Sariq modda ustida blastodisk hosil bo’ladi.Tuxumdagi sariqlik moddasining miqdori va joylashishidan tashqari, maydalanishda muxum o’rin egallaydigan boshqa omillar ham bor.Suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar har xil guruxlarga kirsa xam,ularda maydalanish o’xshash bo’ladi.Mollyuskalar va halqali chuvalchanglar tuxumida sariqlik moddasi kam bo’lib ,maydalanish tez o’tishi, hosil bo’lgan blastomerlar esa tezda kerakli tomonga tarqalishi lozim.Shunday qilib, kam vaqt ichida mistaqil yashay oladigan lichinka paydo bo’ladi(54-rasm). Har hil hayvonlar tuxumining maydalanishi bir biridan farq qilsa ham, bu jarayon umumiy o’xshashliklari bor.Har qanday bo’linishda DNK miqdori ikki barobat ko’payadi,chunki yangi paydo bo’lgan hujayralarda xromosomalar diplaid to’plamda bo’ladi.DNK miqdorining oshib borishi bilan bir qatorda hujayralar soni ham tez ortib boradi va shu bilan hujayra qobig’ining umumiy yuzasi kengayadi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling