O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti mustaqil ish mavzu: Jinsiy ko’payish. Bajardi
Download 377 Kb.
|
Jinsiy kopayish Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guliston – 2023 Reja: 1. Jinsiy ko’payish xillari. 2. Hujayraning meyoz b о ‘linish
- 1.Konyugatsiy.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti MUSTAQIL ISH Mavzu: Jinsiy ko’payish. Bajardi: ____________________ Qabul qildi: ________________ Guliston – 2023 Reja: 1. Jinsiy ko’payish xillari. 2. Hujayraning meyoz bо‘linish Jinsiy kо‘payish natijasida genetik informatsiyaning almashinuvi, hosila individda yangi genetik tо‘plamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda о‘zgacha biologik xususiyatga ega bо‘lgan ya’ni ota-ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi. Mana shunga kо‘ra ham jinsiy kо‘payish biologik jihatdan afzal va mukammallashgan organizmlarning kо‘payish xili hisoblanadi. Jinsiy kо‘payish odatda ikki jinsiy hujayra-gametalarning qо‘shilishi bilan rо‘y beradi. Jinsiy kо‘payishning bunday gametalarning kо‘shilishi bilan sodir bо‘lishi ham evolyusion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy kо‘payishninsh eng qadimiy-ibtidoiy kо‘rinishi plazmogamiya hodisasida namayon bо‘ladi. Plazmogamiyada (ayrim amyobalarda) ikki hujayra qо‘shilib ikki yadroli tuzilma hosil bо‘ladi. qisqa muddatdan sо‘ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bо‘linadi har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bо‘ladi. Har bir amyobaning sitoplazma tarkibi aralashgan, ya’ni ikkita qо‘shilgan amyoba sitoplazmasidan iborat bо‘ladi. Mana shu sitoplazma mahsulotining aralashishi bilan hosil bо‘lgan individ-amyoba о‘zgacha xususiyatga ega bо‘ladi. Jinsiy kо‘payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1.Konyugatsiy. Bakteriya, infuzoriylarga xos bо‘lgan kо‘payish usulidir. Odatda, kiprikli sodda hayvonlar oddiy bо‘linish bilan kо‘payadi. Bunday kо‘payishlardan keyin jinsiy kо‘payish-konyugatsiya sodir bо‘ladi. Ma’lumki, infuzoriylarda makro va mikronukleolalar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda ikki hujayra о‘ta yaqinlashadi-hujayralararo tutashtiruvchi tortma hosil bо‘ladi. Yadrolarda murakkab jarayonlar Ya’ni makronukleusning yо‘qotilishi, mikronukleusning bо‘linishi hamda oxirida undan ikkita yadroning shakllanishi rо‘y beradi. Mana shu yadrolarning biri harakatchan, ikkinchisi turg‘undir. Haraktchan yadrolar hujayralararo almashadi. Turg‘un yadro bilan haraktchan yadro qо‘shiladi-sinkarion rо‘y beradi va boshqacha sifatga ega bо‘lgan yangilangan yadro hosil bо‘ladi. Ushbu yadrodagi о‘zgarishlar nihoyasida har bir hujayrada yana makro va mikronukleus shakllanadi. Infuzoriylar bir-biridan ajraladi. Konyugatsiya jarayoni bakteriyalar uchun ham xosdir. Jipslashgan ikki bakteriyaning sitoplazmatik tutashtiruvchi tortmasi orqali asosiy genetik materiali nukleotidga yopishib jdylashgan DNK bir hujayradan ikkinchisiga о‘tadi va uning xususiyatini shu DNKga xos ravishda о‘zgartiradi. Jinsiy kо‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiga mansub, gaploid xromasoma tо‘plamiga ega bо‘lgan hujayralar о‘zaro qо‘shiladi. Bunday kо‘payish-gametogamiya evolyusiya taraqqiyoti davomida murakkablashib borgan. Gametogamiyaning ikki shaklli tafovut etiladi: kopulyatsiyali va kopulyatsiyasiz gametogamiY. Jinsiy kо‘payishning kopulyatsiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning hosil bо‘ling‘shi va ularning qо‘shilib, yangi sifatli hujayra-zigotaning hosil bо‘lishi bilan rо‘y beradi. Evolyusiya taraqqiyoti jarayonija urg‘ochi va erkak jinsiga mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi. О‘z navbatida kopulyatsiya bilan rо‘y beruvchi gametagamiyaning 3 xili: izogamiya, gererogamiya va oogamiya tafovut qilinadi. Download 377 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling