O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti mustaqil ish mavzu: Jinsiy ko’payish. Bajardi


Download 377 Kb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi377 Kb.
#1703313
1   2   3
Bog'liq
Jinsiy kopayish Mustaqil ish

Izogamiyada hosil bо‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga kо‘ra bir-biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar kо‘payadi. Ulardan hosil bо‘lgan gaploid xromasoma tо‘plamiga ega bо‘lgan izogameta 2ta xivchinga ega bо‘ladi. Xuddi shunday hujayralarning qо‘shilishi natijasida zigota hosil bо‘ladi
Geterogamiya bir qator suv о‘tlari va xivchinlilarga xosdir. Ularda ikki xil: haraktchanroq, mayda gametalar-mikrogameta va harakati sust, yirikroq makrogameta hosil bо‘ladi. Bu gametalar xivchinlarga egadirlar. Shunday qilib, ilk bor bir-biridan farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bо‘ladi. Ayrim organizmlarda katta va kichik gametalar hamda ikkita kichik gametalar о‘zaro, qо‘shilishi ham mumkin. Bu organizmda geterogamiya bilan bir qatorda izogamiya ham saqlanib qoladi. Boshqa xivchinlilarda makro va mikrogametagina qо‘shiladi va geterogamiya rо‘y beradi.
Oogamiya kopulyatsiya bilan bо‘ladigan gametagamiyaning eng yuqori shakli. Bir gameta yirik, harakat tuzilmasiga ega emas-bu urg‘ochi gameta, Ya’ni tuxum hujayra. Ikkinchi gameta esa mayda, haraktlantiruvchi xivchinga ega-bu erkak jinsiy hujayrasi-spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy hujayralar maxsus a’zolarda hosil bо‘ladi.
Kо‘pgina о‘simlik va defrli barcha hayvonlar oogamiya yо‘li bilan kо‘payadi.
Kopulyatsiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy hujayralar hosil qilib, ammo ularning butunlay qо‘shilib ketishi rо‘y bermasdan kо‘payishi rо‘y beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, ginogenez va androgenez.
Partenogenezda yangi avlod urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Ma’lumki partenogenz tabiiy va sun’iy bо‘lishi mumkin.
О‘z navbatida muqarrar, fakultativ va siklik xillari tafovut qilinadi.
Muqarrar patinogenezda hayvonlar (о‘simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar, ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qо‘ygan tuxumi urug‘lanmasdan turib yangi organizm hosil bо‘ladi. Bu hosil bо‘lgan organizmlarning barchasi urg‘ochi bо‘ladi. Bunday kо‘payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bо‘lgan mavjudotlarda namayon bо‘ladi. Bu turda rо‘y beradigan ushbu muqarrar partenogenz tur ravnaqi uchun maqsadga muvofiq kо‘payish usulidir.
Fakultativ parinogenezda ayrim hasharotlar (ari, chumolilar) da namayon bо‘ladi. Ularning urug‘lanmagan tuxumidan erkak organizmlar, urug‘langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi.
Siklik partenogenzda muqarrar partenogenz kо‘payish bilan bir qatorda, populyatsiyadagi erkak va urg‘ochi organizmlardan jinsiy kо‘payish ham rо‘y beradi. Masalan, ayrim sodda qisqichbaqasimonlar (dafniyalar) asosan, partenogenz bilan kо‘payadi. Kuz faslida erkaklari paydo bо‘lib jinsiy kо‘payish ham rо‘y beradi.
Sun’iy partenogenez tuxum hujayrasini turli ta’sirlar bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm hosil qilishga erishiladi. Ushbu usul bilan ninaterililarda, chuvalchang, shiliqqurt, hasharot va xatto sut emizuvchilarda sun’iy partenogenezga erishilgan. Sun’iy partenogenz dastavval A.A.Tixomirov 1885 yili ipak qurtining kapalaklarini yetishtirishda qо‘llagan.
Ginogenez partenogenzga yaqin bо‘lgan kо‘payish usulidir. Bu jinsiy kо‘payishda spermatozoid tuxum hujayrasiga kiradi, ammo spermatozoid va tuxum hujayra yadrolari о‘zaro qо‘shilmaydi. Spermatozoid tuxum hujayrasiga kirib, unga ta’sir qiladi, о‘zi keyingi jarayonlarga ishtirok etmaydi-yо‘q bо‘lib ketadi. Tuxum hujayralardan yangi organizm hosil bо‘ladi. Ginogenez ayrim baliqlarda uchraydi. Spermatazoidga tuxum yadrosi bilan qо‘shila olmaydigan darajada birorta ta’sir о‘tkazib, sо‘ng tuxum hujayrasini urug‘lantirish bilan, sun’iy usulda ginogenez paydo qilish ham mumkin.
Androgenez usulida kо‘payish ginogenezga о‘xshasa-da, ammo tuxum hujayrasiga kirgan spermatozoid yadrosi tuxum hujayrasi yadrosi bilan qо‘shilmaydi, tuxum hujayraning yadrosi yо‘qolib, spermatozoidning yadrosi saqlanib qoladi.
Kо‘payishning androgenez usulini A.Astaurov 1937 yili kashf etgan. U ipak kurti tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta’sirida nobud qilib, uni sun’iy urug‘lantirgan. Natijada hujayraning sitoplazmasi ona hujayraniki, yadrosi esa ota hujayraniki bо‘lib qolgan. Shu zigotadan erkak organizm rivojlangan. Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga bog‘liqligini hamda sitoplazmaning belgilari yuzaga chiqishdagi rolini aniqlashda muhim usul hisoblanadi.
Tо‘laqonli jinsiy kо‘payish-bu erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralari hosil bо‘lib, tuxum hujayrasiga spermatozoid kirib, ikkala gameta yadrosining qо‘shilishi bilan boshlanadi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi. Gametalarni hosil qiluvchi erkak va urg‘ochi organizmlari bir-biridan turli belgilari bilan farqlanadi, Ya’ni u ikki organizmda jinsiy demorfizm mavjuddir. Ayrim organizmlarda ham tuxum, ham spermatozoid yetishtirib beruvchi a’zolar majassamlangan bо‘ladi. Bunday organizmga germofradit organizm deyiladi. Parazit yassi chuvalchanglar shunday toifadagi organizmlardir.
Jinsiy hujayralar-gametalar jinsiy a’zolarda birlamchi jinsiy hujayralardan hosil bо‘ladi. Birlamchi jinsiy hujayra о‘ta erta-individ embrion taraqqiyotining dastlabki pallasida (qisqichbaqasimonlar, baqalarda-maydalanish davrida, sut emizuvchilarda-organogenez boshlangan bosqichdayoq) hosil bо‘ladi.
Organizmda jinsiy hujayralar-gametalar birlamchi jinsiy hujayralarning taraqqiyoti va yetilishi-gametogenez nihoyasida yuzaga keladi. Gametogenezda hosil bо‘layotgan har bir jinsiy hujayra murakkab meyotik bо‘linish jarayonining mahsuli hisoblanadi.

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling