O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti mustaqil ish mavzu: Jinsiy ko’payish. Bajardi
Download 377 Kb.
|
Jinsiy kopayish Mustaqil ish
MEYOZ BО‘LINISH
Ma’lum differensirlangan birlamchi jinsiy hujayra meyoz bо‘linishga kirishadi. Meyozda ketma-ket 2 marta bо‘linish sodir bо‘ladi. Birinchi bо‘linish reduksion bо‘linish bо‘lib, xromasoma soni ikki karra kamaygan 2 qiz hujayra hosil bо‘ladi. Ikkinchi ekvatsion bо‘linish bо‘lib, reduksion yо‘l bilan bо‘lingan, xromasomasi gaploid tо‘plamga ega bо‘lgan har bir hujayradan ikkitadan hujayra hosil bо‘ladi. Ekvatsion bо‘linish jarayoni xuddi hujayraning mitoz bо‘linishi kabi rо‘y beradi. Meyoz jarayoni mitoz bо‘linishdan keskin farq qiladi. Meyoz bо‘linish ketma-ket rо‘y beradigan, murakkab bosqichlardan iborat jarayondir. Bunda hujayra xromasomasi ma’lum tarzda qonuniy о‘zgarishga uchraydi. Meyozda interfazadan sо‘ng, irinchi bо‘linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bо‘ladi va sо‘ng hujayra qayta interfazaga kirmaydi. Bunday hosila hujayrada interfazaga xos bо‘lgan DNK replikatsiyasi sodir bо‘lmaydi, hujayra yana tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ikkinchi bо‘linishga kirib ketadi. Shuning uchun ham bu oraliq interfaza emas, interkinez deyiladi. Interkinez о‘ta qisqa vaqtni egallaydi. Sо‘ng, ikkinchi bо‘linish boshlanib ketadi va unda ham profaza II, anafaza II, metafaza II, telofaza II bosqichlari mavjuddir. Natijada meyozga kirishgan har bir hujayradan 4 ta gaploid xromasoma tо‘plamiga ega bо‘lgan jinsiy hujayra yetiladi. Erkak va urg‘ochi jinsiy hujayraning hosil bо‘lishida meyoz jarayoni deyarli bir xil kechadi. Tuxum hujayrasi hosil bо‘lishida, spermatotsit rivojida kuzatilmaydigan diktioten bosqichda kо‘p vaqt (organizm bolag‘atga yetgunga qadar va shu hujayra yetilishga kirishguncha) saqlanib, diakinezga о‘tmaydi. Meyoz jarayoni muhim biologik ahamiyatga ega. Meyoz natijasida hosil bо‘lgan hujayra gaploid tо‘plam xromasomaga ega bо‘lib, urug‘lanish oqibatida hujayra diploidligini tiklaydi. Shu boisdan organizm har bir individga mos xromasoma soniga egaligini doimo saqlab qoladi. Adabiyotlar 1.G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil. 2.Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991 3.To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil 4.Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001 Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god. Download 377 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling