Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Nima blastosista bachadon devoriga implantatsiyalanadi?


Download 2.45 Mb.
bet64/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Nima blastosista bachadon devoriga implantatsiyalanadi? Ko’pchilik tadqiqotchilar .implantatsiya jarayoni blastosista va bachadon to’qimalarning o’zoro ta’siri, deb tushinadilar. Ovulyasiya boshlanishi bilan bachadon tuxumdon va gipofiz bezi garmonlarning ta’sirida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tuxum yo’lida urug’langan tuxum maydalana boshlaydi va blasdodermik pufakchaga aylanib,bachadon bo’shlig’ga tushadi. Shu vaqtda garmonlar ta’siri tufayli bachadonda o’zgarishlar bo’lishidan tashqari, bachadon bilan blastosistaning o’zaro aloqasi tufayli local o’zgarishlar ham sodir bo’ladi. Bachadoning embrionga yaqinlashgan joyida birikturuvchi to’qimalari hujayralari desdual hujayraga aylanadi. Ular hajmining kattaligi ko’p yadrolligi bilan farq qiladi. Ularda ko’plab mitoz jarayonlari sodir bo’ladi. Keyin desidual hujayralar qon kapilyari o’sib kiradi va kengayadi, leykositlar kelishi ko’payadi. Blastosista bachadon bo’chlig’ida ma’lum vaqt erkin harakatlanib yuradi. Bu davr har xil sutemuzuvchilarda bir necha soatdan bir necha oygacha davom etadi. Masalan olmoxonlarda bir necha soat, odamda2-3 kun, suvsar, ayiq , zirihlilara bir necha oy davom etadi. Bu davr blastisista taraqqiyotidagi pauza davri deyiladi. Keyin blastsista bashadon shilliq qavatiga yopishdi va implatsiya sodir bo’ladi. Implatsiya mchanizimi haqida embriologiyada yagona fikir yo’q. Implatsiya va yo’ldosh hosil bo’lishi immunologik reaksiyalar asosioy vazifani bajaradi.
B.P.Tokin va A.G. Filatova (1953) larning fikricha, rivojlanayotgan urug’langan tuxum hujayra implatsiyagacha antibiolik moddalarga ega bo’ladi. O’z yo’lidagi bakteriyani o’ldiradi. Bu moddalar immunologik ahamyatga ega bo’lib, ular bachadonda garmonlar ajralishida, lizis jarayonlarida, desdual reaksiyalar sodir bo’lishida qatnashadi.
E.V.Zibina 1957yil sichqonlarda embrion implantatsiyasining boshlang’ich bosqichlarini o’rgandi, Homiladorlikning 4-5 kunlarida embrion bachadon shoxi bo’shlig’da joylashadi. Bachadon shoxining ichki qismi bir qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Embrion bu davrda xaltasimon ko’rinishga ega bo’lib, ichki qismi bo’shliqdan iborat. 5kunda ham embrion bachadon devorining epiteliy hujayralariga yopishmaydi, ammo ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ladi..
6- kunda bachadon epiteliy hujayralari bilan aloqada bo’ladi. Mitoz bo’linish tufayli troboblastlar soni ortadi. Blastisistaning bachadonga yopishgan joyida stoma hosil bo’ladi. Va embrion o’rnashib oladi. Trofoblast yirik bo’lib , sinsitiy(yirik hujayralar) hosil qiladi va bir- biri bilan birlashib turadi. Bu vaqtda fagositar reaksiyalar sodir bo’ladi.Trofoblastlar yemirilgan epiteliy hujayralari hisobidan oziqlantiriladi, keyinchalik eritrositlar va leykositlar bilan oziqlantiradi.
E.V Zibinaning bu tadqiqotlarning natijalari. Implantasiya davrida fagasitoz jarayonini sodir bo’lishidan dalolat beradi.
I.G.Mixaylova (1964) sichqonlar va quyonlarning homiladorlik davrida birlamchi trofoblastlar ikklamchi trofoblastlar bilan almashinishini va ikklamchi trofoblastlar bilan almashinishini va ikklamchi trofoblastlar passiv bo’lishini aniqladi. Uning fikricha, embrional taraqqiyot davrida yo’ldosh hosil bo’lganidan keyin fagositoz reaksiyasining faolligi pasayib boradi . aks holda , imunologik reaksiyalar embrion to’qimasining nobud bo’lishiga olib keladi.
B.P.Tokin 1955 yilda aniqlashicha, implantasiya va ko’plab fizologik jarayonlarda shamollash. . zarur va qonuniy hodisa hisoblanadi.Bu ,ayniqsa sut emuzuvchilarning ayruv organlari rivojlanishida, mezonefros va metanefros paydo bo’lishida muhum ahamyatga ega.
Immunologik reaksiyalar urug’don va tuxumdoning normal faoliyat ko’rsatishida ham muxum ahamyatga ega, Jumladan, N.A.Paxomova (1975) krablarda tuxumdoning holatini lichinka hosil bo’lguncha va hosil bo’lgandan keyin o’rgandi. Lichinka hosil bo’lgandan keyin oositlar ovuliasiyaga uchramagan oositlar yemirishinin aniqladi. Follikula va amyobasimon hujayralar nekroz strukturalarini fagasitoz yo’l bilan nobud qiladi. 14-21-kunlarida tuxumdonda yallig’lanish , lizis fagositoz ,oogoniylarning ko’payishi va rivojlanishi, mitoz sonining ortishi sodir bo’ladi .. Shu paytda tuxumdon amyobasitlar deposi vazifasini bajaradi. Oositlarda shakl hosil bo’lishi intensivlashadi. Yallig’lanish va liklallanish tuxumdonda 35kunda tamom bo’ladi. Xudddi shunday jarayonlar hamma hayvonlarning spermatogenezida ham kuzatiladi.
D.P.Filatov (1916, 1927) amfibiyalarda eshitish organlari rivojlanishini o’rganish jarayonida eshitish xaltasi atrofiagi mexanizmida yallig’lanishga o’xshash jarayoni sodir bo’lishini aniqladi. Agar bu jarayon sodir bo’lmasa, normal eshitish kapsulasi hosil bo’lmaydi. Agar unda ekspermantal shamollash hosil qilinsa, bunday holatda ham normal eshitish kapsulasi hosil bo’ladi. Shunday qilib,evolyusiya jarayonida yallig’lanish jarayonida yallig’lanish hodisasi rivojlanishning normal o’tishiga olib kelgan.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling