Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaning o’zaro aloqalari
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaning o’zaro aloqalari.
Yangi organizmlar qanday vujudga keladi? Asrlar osha olimlar irsiy belgilarning nasldan -naslga o’tishining sabablarini bilishga qiziqib kelganlar. Bu kabi savollar embrion varaqlari aniqlangandan keyin olimlarni yanada ko’proq qiziqtira boshladi. Ba’zi olimlarning fikricha, irsiy belgilarning nasldan- naslga o’tishida qon oqimi ishtirok etadi va asosiy vazifani qon plazmasi bajaradi. Ikkinchi guruh olimlar o’simlik va hayvon hujayralarining sitoplazmasini to’rsimon, tolasimon va ko’priksimon tuzilgan deb tasavvur qilganlar. Ular protoplazma granulalar va donachalardan tuzilganligini ko’rganlar. XIX asrda protoplazmaning bu elementlarini mikrosomalar deb ataganlar. Shpenser irsiy belgilarning nasldan -naslga o’tishining paydo bo’lishini molekulalarning fizik-kimyoviy xossalarga bog’lagan. R.Altman oqsil granulalariga bioblastlar deb nom bergan va ularni hayot belgilari deb atagan. Uning fikricha, organizm bioblastning koloniyasi bo’lmay, balki hujayralar ham bioblastning koloniyasi hisoblanadi. Hozirgi zamon nazariyalari asosida esa ikkita prinsipial vaziyat yotadi: birinchidan, genlar molekulalarning o’ziga xos tabiati, turi, tuzilishi va shaklini belgilaydi. Ikkinchidan, tuxum hujayra sitoplazmasining har xil qismlarida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, har bir blastomer aniq bir genetik va morfologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Rivojlanishning boshlang’ich bosqichlarida hamma hujayralarning yadrolari teng xususiyatlarga ega bo’ladi. Bunday tenglik rivojlanishning gastrulyasiya davrining boshlanishigacha davom etadi. Hujayraning bo’linishida yadroning bo’linishi shartligi Shpeman urug’langan triton tuxumida o’tkazilgan tajribalarda isbotladi. U zigotani soch bilan ikkita bo’lganda blasomerlarning biri yadroli, ikkinchisi esa yadrosiz bo’lgan. Bo’lingan blasomerlar orasida uncha katta bo’lmagan protoplazmatik ko’prik qoldiradi. Yadroli blastomer normal bo’linadi, yadrosiz blastomer esa bo’linmaydi. Bo’lingan qismda 16 blastomerlik davrida yadro ingichka yorug’likdan o’tayotganda, ikkinchi qism ham bo’linishga kirishib, normal rivojlanish sodir bo’ladi. Demak, embrion 16 hujayrali davrida yadro zigota yadrosi vazifasini ham bajaradi. Tuxumning vegetativ va animal qutblari tuzilish bilan farqlanadi. Buni dengiz tipratikani tuxumining bo’linishida ko’rish mumkin. Agar, ikkita tuxum qo’shilsa, hosil bo’lgan lichinka yirik bo’ladi, rivojlanish ham normal bo’ladi. Agar tuxum meridian bo’yicha maydalansa, undan ikkita lichinka paydo bo’ladi. Agar tuxum ekvator bo’yicha maydalansa, bunda animal qutbdan kiprikchalar bilan qoplangan sharsimon organizm paydo bo’ladi. Bu tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, animal va vegetativ qutblar bir -biridan farq qiladi.Aammo ularning o’zaro ta’siri tufayli embrionda normal rivojlanish sodir bo’ladi. Rivojlanishda yadro singari sitoplazma ham muhim ahamiyatga ega. Agar tuxumdan yadro olib tashlansa, bunday tuxum rivojlanmaydi. Agar amyobadan yadro olib tashlansa va yadro 2-3 kundan keyin sitoplazmaga yana qayta kiritilsa, uning normal faolligi tiklanadi. 6- kundan keyin yadro amyobaga qayta kiritilganda ko’payish qobilyati tiklanmaydi. L.Gamelton bir hujayrali asetobulyariya suv o’tining yadrosiz oyoqchalari bir necha oy yashashi va bu oyoqchalar ko’paya olmasligini kuzatgan. Boverining kuzatishlariga ko’ra, ayrim xromosomalari bo’lmagan dengiz tipratikanining tuxumi normal rivojlanmagan. Drozofilada o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, uning normal rivojlanishi uchun 8 ta xromosomaning hammasi kerak. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling