Ayiruv organlari rivojlanishi. Bulutlar va kovakchilarda ayruv organlari yo’q. ularning hujayralari keraksiz maxsulotlardan hujayraning hujayraning qisqarish tufayli ozod bo’ladi.
Tuban chuvalchanglarda protonefrediya tipdagi ayruv organi bo’lib, ular juda ko’p tarmoqlangan bo’ladi. Tarmoqlangan uchi yopiq bo’lib, ichki qismi kiprikli epiteliy hujayralaridan iborat. Bu kipriklarning tebranishi tufayli suyuqlikning harakati yuzaga keladi (88- rasm).
Halqali chuvalchanglar metanefrediya tipdagi ayruv organi bo’lib, voronkasimon ko’rinishga ega. Uning keng uchi tana bo’shlig’ga, tor uch gavdaning tashqi yuzasiga ochiladi. Kipriklar bunda ham ayruv maxsulotlarini gavadaning tashqi yuzasiga chiqarishga xizmat qiladi.
Umurtqali hayvonlarda buyrak ayrish sisremasi bo’lib, ular qon aylanish sistemasi bilan uzviy bo’g’liq. Tuban umurtqalilarning ( baliqlar, amfibiyalar) embrion rivojlanishi davrida sodda tuzilgan buyrak bo’ladi, keyin u haqiqiy buyrakka aylanadi. Miksina va ba’zi tuban baliqlarda sodda tuzilgan buyrak voyaga yetganda ham saqlanib qoladi. Yuksak umurtqalilar( repteliyalar, qushlar sut emizuvchilarda)da dastlab pronefros yoki gavda buyragi bo’lib, keyin uning orqa qismidan haqiyqiy buyrak hosil bo’ladi.
Umurtqalilarning ajdodalri primitiv buyrak bo’lgan. U butun tana bo’shlig’da joylashgan, Evolyusiya . jarayonida metobo’lilik jaroyonlarning o’zgarishi tufayli ayruv kanalining o’rta va orqa qismlari o’zgarib, nefrotomlardan buyrak hosil bo’lgan.
Birlamchi siyduk yo’li umurtqalilarda pronefrosdan rivojlanadi. Uning hujayralari pastga qarab harakatlanadi va kanal shaklida joylashadi.
Mezonefroz hosil bo’lishi bilan buyrak va qon aylanish sistemalari o’rtasida bog’lanish paydo bo’ladi. Kanalning oxiri qatlamlanib, malpigi va tanachasi hosil bo’ladi. Birlamchi buyrakning boshqa ayiruv sistemalardan farqi shundaki, u qondan ayiruv mahsulotlarini ajratib oladi. Tuban umurtqalilarda ayiruv kanallari nefrootomdan hosil bo’lsa, yuksak umurtqalilarda nefrotom nefrogen mezenximaga aylanib, ayiruv kanallarini hosil qiladi.
Metanefros- shakllangan buyrak qushlar va sut emizuvchilarda bo’ladi. Haqiqiy buyrak nefrotom va siydik yo’lining epiteliy hujayr alaridan hosil bo’ladi. Siydik haltasi siydik yo’lining oxirgi kengaygan joyida paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |