Mezodermada hosil bo’lgan organlar
Mezodermadan skelet muskulari, ichki organlar muskulari, qon tomirlar, suyaklar, tog’aylar, qon hosil qiluvchi a’zolar, jinsiy sistema to’qimalari, ichki organlarning bir qismi paydo bo’ladi (7- jadval).
Mezoderma differensiasiyasining dastlabki bosqichi. Xordalilarda gasruruliyasiya jarayoni natijasida mezoderma yirik hujayralardan iborat bo’lgan qavat sifatida xordaning o’ng va chap tomoni paydo bo’ladi. Bunday morfogenelik jarayonlar mezodermada segmentasiya sodir bo’lishiga olib keladi ( 87- rasm). Xorda va nerv nayiga yaqin joylashgan mezoderma hujayralari kattalashadi va differensialllashib, metemer joylasgan segmantlarga- somitlarga aylanadi. Somitlar hosil bo’lishi dastlab bosh tomonda, keyin dum tomonda sodir bo’ladi.5 haftalik odam embrionida 43-44 juft somit hosil bo’ladi. Ba’zi hayvonlarda(jumladan, lanselikda) somit hosil qiladigan mezodermal hujayralarning o’rtasida qalin devorli bo’shliq hosil bo’ladi. Somitlarda gistologik o’zgarishlar sodir bo’lib,markazidan yon tomonlarga qarab joylashadi. Mezodema somitlarining davomi tolali hujayradan iborat bo’lib, somitlarga bo’linmaydi. Bu chetki qismlari splanznotom, chetki plastinka yoki lateral mezoderma plastinkasi deb ataladi.
Uning ichida tana bo’shligi hosil bo’ladi. Shunday qilb , chetki mezodema hujayalari ikki qavatga: tashqi- parietal yoki somatoplevra, ichki- visceral yoki splanxnoplevraga bo’linadi. Sommatoplevra grekcha soma- tana, pleura- chet, chetki devor, splanoplevra- splanchom- ichki degan ma’nonin anglatadi.
Selom epiteliysi har ikkala qavatda hosil bo’ladi. Somitlarning hujayralari har xil organlar va organlar sistemasining hosil bo’lishida qatnashadi. Somitning teri ektodemasiga yopishib turgan tashqi qismidan terining birukturuvchi to’qimasi hosil bo’ladi va dermatom deb ataladi, o’rta qismidan gavdaning ko’ndalang yo’li muskullari, ichki somitlardan esa sklerotom (grekcha scleros- qattiq, skelet, tomos bo’lak). Ya’ni to’gay va suyaklar hosil bo’ladi. Splanxnotomning bir qismidan nefrotomalar somitlarni mezodermaning lateral qavati bilan bog’laydi.
Ichaklarning silliq muskuli mezodermaning viseral qavatidan, qon tomirlari muskul visseral va parietal qavatidan, yurak muskuli visceral qavatidan, skelet muskullari miotomdan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |