Individual ta`lim texnologiyasi


Download 62.17 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi62.17 Kb.
#1626506
Bog'liq
Individual ta`lim texnologiyasi

Individual ta`lim texnologiyasi

Ismoilova Durdona

Reja 

  •  O`qitishni individuallashtirish texnologiyasi
  • Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.

O`qitishni individuallashtirish:

  • • pedagog faqat birgina talaba bilan o'zaro munosabatda bo‘ladi;
  • • bir talaba faqat o'qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan o'zaro aloqada bo`ladi.
  • Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.

Shaxsiy yondoshish deganda:

  • • pedagogikaning tamoyili bo'lib, unga ko'ra pedagog o'quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo'yicha o'zaro munosabatda bo'lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
  • • o'quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
  • • barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik—pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.

O`qitishni individuallashtirish

  • • o'quv jarayonini tashkil etish bo`lib, unda o'qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog`lanadi;
  • • individual yondashuvni ta ’minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik pedagogic va tashkiliy-ma ’muriy tadbirlardir. Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra o'qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
  • O`qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:

O`qitishni individuallashtirish

  • • Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
  • • A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnologiyasi;
  • • V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o`qitish texnalogiyasi.

Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasi

  • Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hoziigi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilaming maktabdagi quydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
  • Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o ‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.

A.S.Graniskaya

  • A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi.
  • AS.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:
  • • Birinchi qism — barchani oiqitish;
  • • Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: oluvchilarning mustaqil ishlari va oiqituvchining ayrim oiquvchilar bilan individual ishlashi, ya ’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchijuft o`qituvchi bo`lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazjfalar va boshqalar.

V.D.Shadrikov gipotezasi

  • V.D.Shadrikov gipotezasigako‘ra agar bolagamurakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklifetilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik daiajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi va ba'zan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki sinfdagi o‘quvchilaming tenglashish, qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi. Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.

Tramp rejasi

  • Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg'ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.
  • Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat kata guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, professorlar leksiya o‘qiydilar. 10- 15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlaiga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlaiga esa 40% ajratiladi. Odatdagisinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas.

Download 62.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling