2. Induksion datchiklar haqida umumiy ma’lumot
Induksion datchiklarning ish prinsipi elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo‘ladi, ya‘ni magnit oqimi o‘zgartirilayotgan konturda EYUK ҳosil bo‘ladi:
Induksion datchiklar 3 xil ko‘rinishga ega: 1. Cho‘lg‘amli 2. Ferromagnit detali xarakatlanuvchi 3. Тaxogeneratorli Induksion datchiklar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida keng qo‘llaniladi. Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazorat qilish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Uning ishlash prinsipi quyidagicha: Bunkerni (1) donni to‘lishi va uning og‘irligini o‘zgarishi natijasida prujina (2) siqiladi. Magnitlanmagan po‘lat o‘zak (3) ketma-ket ulangan cho‘lg‘amlardan (W1 va W2 ) iborat g‘altak (4) ichida xarakatlana boshlaydi. Bu ikkita cho‘lg‘amlar ko‘prik sxemaning (5) ikki qo‘shni yelkasini tashkil etadi. Sxemadagi ko‘prikning bitta diagonaliga o‘lchov asbobi ulangan, ikkinchisiga esa maxsus ta‘minlash blokidan o‘zgaruvchan kuchlanish uzatiladi.
1-rasm Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazorat qilish sxemasi
Induksion datchiklarning ishlash tamoyillari
Induksion datchiklarning asosiy elementlariga cho’lg’am va yuqori chastotali elektromagnit maydon generatori kiradi. Datchik yaqinida metall ob'ekt mavjud bo'lganda, induktiv cho’g’am o'zgaradi, bu esa yuqori chastotali maydondagi tebranish chastotasining o'zgarishiga olib keladi. Chastotadagi bu o'zgarish aniqlanadi va ob'ektga masofa yoki uning xususiyatlari kabi o'lchanadigan miqdorga aylantiriladi.
Induksion datchiklarning afzalliklari va kamchiliklari
Induksion datchiklar bir nechta afzalliklarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |