Induktivlik
Download 142.55 Kb.
|
INDUKTIVLIK. KONDENSATOR. INDUKTIV QARSHILIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induktivlikdagi rangli halqali (rangli nuqtali) belgilar
INDUKTIVLIKG‘altaklar va drossellarInduktivlik genri (H) hisobida o‘lchanadi. O‘tkazgichda tok 1 daqiqa ichida 1 amperga tekis o‘zgarganda unda 1 volt o‘zinduksiya elektr yurutuvchi kuch hosil bo‘lsa, bunday o‘tkazgichning induktivligi 1 H bo‘ladi. Induktivlik maydaroq o‘lchov birligi milligenri (mH) deb ataladi: 1 H = 1000 mH. Induktivlikning genridan million marta kichik bo‘lgan o‘lchov birligi ham bor. Bu birlik mikrogenri (mkH) deb ataladi. 1 H = 1000000 mk H = 106 mkH: 1 mk H = 1000 mk H. Induktiv g‘altaklar L harfi bilan, drossel Dr harfi bilan belgilanadi. Turli sim g‘altaklarning induktivligi va g‘altaklardagi o‘zaklar turlicha bo‘ladi. Po‘lat, temir, aluminiy, ferritlardan foydalaniladi. G‘altakdan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tganda, g‘altak atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi, o‘zgaruvchan magnit maydoni g‘altakning o‘ramlarini kesib o‘tib, unda o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchni (EYK) hosil qiladi. G‘altakning induktivligi uning ko‘ndalang kesimiga va uzunligiga bog‘liq, o‘ramlar sonini o‘zgartirmasdan g‘altak uzaytirilsa, induktivlik kamayadi. Dr Metall o‘zakli drossel Dr Ferrit o‘zakli drossel 3 Ikki chulg‘amli ferrit o‘zakli drossel 4 Induktivlikdagi rangli halqali (rangli nuqtali) belgilarRangli shartli belgilar induktivlik va ruxsat etilgan xatolik miqdorini bildiradi, asosan, 4 yoki 3 ta rangli halqalar bilan yoki rangli nuqtalar bilan belgilanadi. Boshidagi ikki tarangli nuqta induktivlik kattaligini mikrogenrida (mkH, µN), uchinchi rangli nuqta ko‘paytma, to‘rtinchi nuqta ruxsat etilgan xatolik miqdorini bildiradi, uchta rangli halqali induktivlik 20% xatolik miqdoriga ega. Rangli halqaning birinchisi qolganlariga nisbatan qalinroq qilib belgilanadi. Download 142.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling