Industrial iqtisodiyot


Download 139.5 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1383463
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu docx

Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalari

Har qanday fan kabi “Industrial iqtisodiyot” fani ham eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. Uning asosiy vazifasi talabani sanoat va qurilish sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat va qurilish sohalaridagi sir- asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini bilib olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, “Industrial iqtisodiyot” ning bilish, nazariy vazifalari bilan uning amaliy vazifalari ham mavjuddir. Shu tufayli har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlar-ning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunishi, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni bilishi, ular dinamikasidan tegishli xulosa chiqarishi kerak bo‘ladi.
Har qanday bilim ham, hatto jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham o‘z-o‘zidan qimmatli bo‘lmay, balki harakat uchun qo‘llanma bo‘lib, jamiyatni tubdan o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli “Industrial iqtisodiyot” ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat va qurilish sohalarida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Industrial iqtisodiyot” fanining muhim vazifalaridan biri – bu metodologik vazifadir. “Industrial iqtisodiyot” iqtisodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat va qurilish sohalarida amalga oshiriladi. Bilimning turli tarmoqlari chegarasida tutashgan bir qator fanlar, xususan, mikro va makroiqtisodiyot, marketing va menejment, statistika nazariyasi, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va kredit fanlari industrial iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq. Bu fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘lini shakllantirish jarayonida “Industrial iqtisodiyot” fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan yondashadi.
Bu fanning vazifalari Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning obyektiv sharoitlari, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat4:

  • mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi va mohiyatini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo‘g‘inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini to‘la anglash;

  • sanoat ishlab chiqarishining va qurilishning holati va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilashni fikrlash;

  • sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma berish;

  • sanoat va qurilish resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan unumli, samarali foydalanish;

  • fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini tahlil etish, sanoat mahsulotlarining sifati va uning raqobatbar-doshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydaliligini oshirishga yordam beradigan bilim va ko‘nikma berish.

Shu bilan birga ushbu fanning vazifasi sanoat sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyatini, ahamiyati va mazmuni hamda sanoat ishlab chiqarish va qurilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan ham iborat.
Fanning yana bir vazifasi – bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishi, rentabellik, sanoat va qurilishni moliyalash va kreditlash masalalari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalar bilan o‘quvchilarni qurollantirishdir.


Nazorat qilishga oid savollar

  1. “Industrial iqtisodiyot» fani nima uchun o‘qitiladi?

  2. Bu fanning obyekti deganda nimalarni tushunasiz?

  3. Ushbu fan yordami bilan qanday qonunlar va qonuniyatlar o‘rganiladi?

  4. Ushbu kursni o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

  5. “Industrial iqtisodiyot» fani qanday fanlar bilan chambarchas bog‘liq?

Jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ushbu fan oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling