Industrial iqtisodiyot


Download 139.5 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1383463
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu docx


1-MAVZU. “INDUSTRIAL IQTISODIYOT” FANIGA KIRISH


Reja:

    1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi

    2. Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

    3. Fanning o‘rganish metodikasi va usullari

    4. Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalari



Tayanch atamalar va iboralar: industrial iqtisodiyot, sanoat, iqtisodiy fanlar tizimi, tarmoq iqtisodiy fanlari, umumiqtisodiy fanlar, makroiqtisodiyot, metodologiya.



    1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi

Har bir fan o‘zining o‘rganish obyektiga ega bo‘ladi. Shunday obyektning bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. “Industrial iqtisodiyot” fani ham o‘z obyektiga ega. Uning obyekti sanoat va qurilish sohalari hisoblanadi. Shu bois fanni mazmunan va tarkiban ikki qismga ajratib o‘rganamiz: birinchisi – sanoat iqtisodiyoti; ikkinchisi – qurilish iqtisodiyoti.
Industrial jamiyat – bu jamiyatning shunday turi bo‘lib, unda ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotda tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash, hamda sanoat katta qiymat ulushiga egadir1. Industrial jamiyat sanoat inqilobi natijasida yuzaga keladi.
Industrial taraqqiyot ko‘proq zavod va fabrikalarni ochish va ishga tushurishga harakat qilish bilan tavsiflanadi. Mamlakatda “fabrika ishlab chiqarishi”ni kengayib borishi uchun davlat ekologik standartlarga amal qilinishiga e’tiborsiz bo‘ladi. Sanoat korxonalari – asosan energiya sig‘imi yuqori va o‘z faoliyati uchun katta moddiy xarajatlarni talab etadi. Buning natijasida atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishi va suv havzalarini ifloslanishi yuzaga keladi. Yomon ekologik holat – industrial iqtisodiy modelning asosiy hosilasi hisoblanadi.
Industrial sivilizatsiyani vujudga kelishi sanoatda va boshqa tarmoqlarda yirik mashina ishlab chiqarilishini yaratilishi bilan bog‘liq murakkab jarayondir2. Bunda jami ishlab chiqarish hajminining asosiy ulushi sanoatga to‘g‘ri keladi. Shahar aholisining ulushi ortib boradi. Mamlakat eksportida sanoat mahsulotlarining salmog‘i ko‘p bo‘lsa, importda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xom ashyo ulushi ko‘p bo‘ladi. Industrial iqtisodiyotning o‘ziga xos belgilari - mehnat unumdorligining yuqoriligi va ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini yuqoriligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1-sxema).
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi – Umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi – Xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona (firma) iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo “Iqtisodiy nazariya“ fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling