Industrial iqtisodiyot
Download 139.5 Kb.
|
1-Mavzu docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Industrial iqtisodiyot”
- Industrial iqtisodiyot”
Iqtisodiyot nazariyasi – insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro alohida o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish, ro‘y berish shakllarini va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri “Industrial iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari, hamda qurilish sohasida namoyon bo‘lishini, ro‘y berishini, tuzilmaviy o‘zgarishlarning “falsafasini“, boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va prognozlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoat va qurilishga xos qator muammolarini o‘rganadi.
“Industrial iqtisodiyot” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasiga Ekonomiks, Iqtisodiy nazariya, Makro va Mikroiqtisodiyot, Statistika, ayniqsa Iqtisodiy statistika, Mehnat iqtisodi, Marketing, Menejment, Buxgalteriya hisobi va audit, Moliya-kredit va Bozor iqtisodiyoti va boshqa bir qator fanlar kiradi. Jahon iqtisodiyoti Iqtisodiy statistika Qisloq xo’jaligi iqtisodiyoti Iqtisodiy tarix Mikroiqtisodiyot Statistika Sanoat iqtisodiyoti Makroiqtisodiyot Siyosiy iqtisod Moliya va kredit
Iqtisodiyot nazariyasi Korxona iqtisodiyoti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi Menejment Buxgalteriya hisobi va audit Turizm iqtisodiyoti Qurilish iqtisodiyoti Iqtisodiy ta’limotlar tarixi Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling