Industrial iqtisodiyot


chizma. Iqtisodiy fanlar tizimi


Download 139.5 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1383463
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu docx

chizma. Iqtisodiy fanlar tizimi.3


Marketing



3 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.11.
7
Industrial iqtisodiyot” kursi “Korxona iqtisodi“ fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra, makroiqtisod va mikroiqtisodni farqlaydilar.
«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, hukumat budjet siyosatining iqtisodiy o‘sishiga, inflyatsiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo‘jaligi kabi alohida subyektlar va tuzilmalarning fe’l–atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish hajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
Industrial iqtisodiyot” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin.
«Menejment» fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ta’sirchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda iqtisodiyotda texnika va texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir.
Shunday qilib “Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning obyektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlab beradigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.




    1. Download 139.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling