Industrial iqtisodiyot


Download 139.5 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1383463
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu docx

Fanni o‘rganish metodikasi va usullari

Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Shu fan bo‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyasini qo‘llashning eng muhim shartidir.
Industrial iqtisodiyot” fani va ilmining barcha muammolarini o‘rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa – bu asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday bosqichlardan o‘tganligi nuqtai nazaridan qarab ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday ro‘y berganligiga e’tibor qaratish zarur.
Industrial iqtisodiyot” fanining eng muhim muammolarini o‘rganishda quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, “aqliy hujum», tajribaviy usullar kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o‘zgardi, ya’ni tuzilmaviy o‘zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlik qilishning iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishning taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning o‘ziga xos, o‘ziga mosligini hisobga olgan holda u yoki bu omillar, shart-sharoitlar ahamiyatini va rolini dinamikada hisobga olish kerak bo‘ladi.

Industrial iqtisodiyot” fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o‘rganish, tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.






    1. Download 139.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling