Induvidal loyiha


Download 1.59 Mb.
bet6/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1116228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O

Virtual valyuta nima?
Virtual valyuta - bu faqat raqamli formatda mavjud bo‘lgan tartibga solinmagan raqamli valyuta. Pul qiymatining ushbu elektron ko‘rinishi to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin va uni amalga oshirish uchun sizga hamyon, mobil yoki veb-ilova kerak. Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs virtual valyutani elektron shaklda o‘tkazishi, saqlashi va savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, virtual valyutalar qiymat yig‘indisi, hisob birligi yoki almashinuvni hisoblash uchun ishlatiladigan qiymat sifatida ishlatilmaydi. Virtual valyutaning rolini tushunish muhimdir. Ushbu turdagi valyutani belgilangan valyutaga almashtirib bo‘lmaydi va markaziy yoki boshqa bank organi tomonidan chiqarilmaydi. Bu shuni anglatadiki, bugungi kunda virtual valyuta tartibga solinmagan valyutadir, ammo bu vaqt masalasidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar virtual valyutalarning yangi, tartibga solinadigan va rasman chiqarilgan turlarini (masalan, kriptovalyutalar) yaratish ustida faol ishlamoqda.
Kriptovalyuta nima?
Keling, xulosa qilaylik. Kriptovalyuta tartibga solinmagan virtual valyuta bo‘lib, kriptografik usullar bilan shifrlash orqali qalbakilashtirish va buzishdan himoyalangan. Kriptovalyuta kursi faqat bozordagi talab va taklifga bog‘liq. Kriptovalyuta ham raqamli valyutaning bir turi, ammo u elektron pul turi emas, chunki u hech qanday bank yoki elektron pul moliya instituti (EMI) tomonidan tartibga solinmagan yoki ishlab chiqarilmagan.


ELEKTRON PULLAR: CHIQARISH, FOYDALANISH, QOPLASH


05.11.2019
Rus tilida oʻqish
Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi (1.11.2019 yildagi OʻRQ-578-son Qonunga qarang).
Respublika ichidagi toʻlovlar arхitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda. Bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.
Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaхslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoхud agenti orqali oladilar.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruхsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruхsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy ta’minoti ishidagi yoхud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi хatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.
Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha хizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potensial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator ma’lumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va e’tirozlarni berish usullari toʻgʻrisida aхborot taqdim etishlari shart.
Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaхsan hozirligida va oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoхud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi. Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaхslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (e’lon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaхslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.
Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanilayotgan elektron pullarga teng “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):

  • agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;

  • jismoniy shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.

Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018 yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018 yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.
! Yana bitta nozik jihati. Hujjatda toʻlov хizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanksiyalar belgilangan:

  • toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.

  • toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u хato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/elektron_pullar_chiqarish_foydalanish_qoplash




Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling