Sinf: 2 Fan: Atrofimizdagi olam Mavzu


Download 187.01 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi187.01 Kb.
#197708
Bog'liq
aTROFIMIZDAGI-OLAM-OCHIQ-DARS-1-SINF (1)


Sinf: 2

Fan: Atrofimizdagi olam

Mavzu: Uy va yovvoyi hayvonlarning qishdagi hayoti
Darsning maqsadi: O’quvchilarni uy hayvonlarini boqishda maqsad va boqish shartlari, ularni parvarish qilish, xo’jalikda ulardan foydalanish yo’llari bilan tanishtirish. Kuzatish va tushuntirish kompetensiyalarni shakllantirish;

Darsning turi: Aralash, savol-javob, yangi bilim beruvchi;

Dars jihozlari: Uy va yovvoyi hayvonlar tulumi, rangli rasmlar, “O’zbekiston tabiati” diafilmi, qush va hayvonlar ovozi yozilgan ovoz tasmalari.
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi o’quvchi orqali davomat olinadi. Darsga tayyorgarlik ko’rish;




  1. Uyga vazifalarni tekshirish:

O’zbek xalq maqollari, topishmoqlarini yod olgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.


  1. Yangi mavzu bayoni:

Dars muammoli savollar berishdan boshlanadi.

  • Qanday uy hayvonlarini bilasiz?

  • O’lkamizda uchraydigan qanday hayvonlarni bilasiz?

  • Nima uchun uy hayvonlari deyiladi?

  • Siz qanday uy hayvonlarini bilasiz?

Qish faslida bevosita tabiatda hayvonlarni kuzatish imkoniyati kam bo’ladi, shuning uchun asosan maktab jonli burchagida ish olib boorish mumkin. Tadbirkor fermerlarning chorva va parrandachilik fermasiga boorish ham o’qituvchining darsni qay tarzda tashkil etishiga bog’liq.

Fermalarda qoramollar, qo’ylar, turli parrandalarning qanday parvarish qilishi, qanday oziqlanishi kuzatiladi. Uy hayvonlari odamlarga qanday foyda keltirishi haqida ma’lumot olinadi.



  1. Darslik bilan ishlash:

Darslikda berilgan matn ustida ishlash.


  1. Mustahkamlsh: O’quvchilar yoshlariga mo’ljallab tuzilgan boshqotirma beriladi.

Savollar:

  1. Yong’oq bilan oziqlanadigan hayvon;

  2. Tog’da ochiladigan gul

  3. “Bo’g’irsoq” ertagida bo’g’irsoqni qaysi hayvon yeb qo’yadi?

  4. Tuxum ichidan nima chiqadi?

  5. Kuzda pishadigan mevalardan biri?

  6. Hartumi uzun hayvon nomi?

  7. Yo’l – yo’l hayvon nomi?










  1. Quvnoq daqiqa o’tkazish:

O’quvchilar bilan harakatli “Ko’rganmiz, ko’rmagansiz” o’yini olib boriladi.
Panjaraning ortida shu on,

Uxlar ulkan begemot polvon.

(Ko’rganmisiz, deya qo’llar ko’tariladi)


Ana, filcha uxlaydi,

Qari fil qo’riqlaydi.

(Ko’rganmisiz, deya qo’llar ko’tariladi)
Poni jajji, kichik ot,

Sen buncha ham alomat

(Ko’rganmisiz, deya qo’llar ko’tariladi)
Daladagi ko’k timsoq,

Gerbariy yura shu choq.

(Ko’rganmisiz, deya qo’llar ko’tariladi)
Dala-yu o’tloq kezib,

Yurar tovuqoy suzib

(Ko’rganmisiz, deya qo’llar ko’tariladi)


  1. Darsni yakunlash:

  1. O’quvchilarning dars davomida ishtirokiga qarab baholanadi va rag’bat kartochkalari topshiriladi.

  2. Uyga vazifa qilib, yovvoyi hayvonlar haqida hikoya tuzib kelish





Download 187.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling