Reja: Kirish


Download 188.5 Kb.
bet1/4
Sana01.12.2021
Hajmi188.5 Kb.
#178621
  1   2   3   4
Bog'liq
Indekslar va ularning tadbiqlari

Indekslar va ularning tadbiqlari

Reja:

Kirish


1 Indeks so`zining lug`aviy ma`nosi va qo`llanishi

2. Indekslarning turlari va tasnifi

3. Yakka indekslar

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Lotincha indeks (index) so`zi aynan tarjima qilinganda alomat, belgi degan ma`noni bildiradi. Bu so`zni ko`pincha “ko`rsatkich” mazmunida ham sharhlaydilar.

Statistikada indekslar deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda muhim qurol hisoblanadi. Statistik indekslar iqtisodiy hodisalarning rivojlanish darajasini ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan

hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi.

Indekslar odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalanadi. Shunga asoslanib, indekslarni nisbiy miqdorlar deb ta`riflash darsliklar va ilmiy asarlarda keng tarqalgan. Ammo bunday ta`rif indekslar mohiyatini haddan tashqari soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas.

Indekslarning nisbiy miqdorlarda ifodalanishi, ularning mohiyatini namoyon bo`lish shakllaridan biridir, xolos. Indekslar nafaqat nisbiy ko`rsatkich, balki shu bilan birga o`rtacha ko`rsatkichdir, chunki ular o`rtacha o`zgarishlarni ta`riflaydi. Bundan tashqari, mutlaq o`zgarishni ham ta`riflashi mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini topadi.
Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko`rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi.

Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansa-da, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Nisbiy miqdorlarda asosiy urg`u va e`tibor taqqoslanayotgan ko`rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati, predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so`z u yoki bu jarayonda kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi.

Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi.

Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi.

Bu ta`rifda “hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli ko`rsatkichlari” degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki undan ortiq holatlar orasida ma`lum jarayon kechadi, indekslar esa o`sha jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan (rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak, indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi.

Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi. Hodisalar to`plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan tarkib topadi, ularning o`zgarishlari har xil me`yorlarda kechadi. Indeks usuli ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o`rtacha o`zgarish me`yori sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funksiyasini bajaradi.

Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o`zgarishida boshqa omil-hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak, indekslar analitik funksiyani ham bajaradi.


Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling