1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi
Download 28.08 Kb.
|
NISBIY MIQDORLARNING TURLARI VA ULARNI HISOBLASH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari
MAVZU: NISBIY MIQDORLARNING TURLARI VA ULARNI HISOBLASH TARTIBI REJA 1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari 2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi 3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi 1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari Tabiiy va ijtimoiy hodisalar, jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda, ma’lumotlarda berilib, xujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi. Miqdorlarda ifodalangan iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy vazifasidir. Hodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar qo‘shish, ayirish, o‘lchash kabi amallarni bajarish bilan aniqlanadi. Aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, korxonalarda xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni - “bir”, ”ikki”, “uch” kabi sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming kishi, ming dona kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Qurilgan yo‘llar uzunligi, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l - metr, kilometr kabi uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz hajm o‘lchov birligi bo‘lgan kub metrda , to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonniy metrlarda ifodalanadi. Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq miqdorlarga bo‘linadi. YAkka hodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi - 42600 so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bug‘doy noni, familiyasi, ismi aniq bo‘lgan, imtixonni “a’lo” bahoga topshirgan talaba va shu kabilar. O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini tavsi flovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi umumiy mutloq miqdorlardir. SHuning uchun ham umumiy mutloq miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin: t=n A um. = a1 + a2 + a3 + a4 +… ap = Σ ai t=1 Bu erda: A um. - umum mutloq miqdor; a1 … ap - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq miqdorlar; - to‘plam birliklarining yig‘indisi. Masalan: 1) Xo‘jalik brigadasida 15 ta terimchi tergan paxtasining yig‘indisi (60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64) - 1354 kg. 2) Kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan mehnat haqlari quyidagicha:
Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu so‘mmalarning yig‘indisi - 404000 so‘mdan iborat. Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, qiymat (pul) va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Ob’ektning xususiyatiga qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni - gektarlarda ifodalanishi mumkin. Natura o‘lchov ayrim hodisa, jarayonlarning xususiyatini to‘liq ifodalamaydi. SHuning uchun ham shartli natura o‘lchov birligi qo‘llanadi. Konserva ishlab chiqaruvchi korxona tayyor mahsulotlarini turli shisha bankalarda tayyorlashi mumkin. Bu shisha bankalar turli hajmda (0,5, 1,0 li, 2 li, 3 li, 10 litr xokazo) bo‘lganligi sababli, ularning yakka miqdorlarini qo‘shib umumiy to‘plamni aniqlash noto‘g‘ri bo‘ladi. SHuning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1,0 litrlik shartli bankaga qayta hisoblab chiqiladi. Sovun ishlab chiqaruvchi korxona 60 % , 40 % lik kir sovunlari, atir sovun va poroshok ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ularning ham og‘irliklarini bir shartli o‘lchovga keltirish lozim. Masalan, korxona ushbu yilda 80 ming tonna 60% lik,120,0 ming 40% sovun ishlab chiqargan. Ularni shartli bir birlikka keltirishda 40% sovun koeffitsienti 1,0 ga, 60% sov 40% sovunga aylantirish shartli koeffitsienti - 1,5 bo‘lsa, unda korxona jami 200,0 m tonna (80,0+120,0) emas, balki (80,0 x 1,5) + (120,0 x 1,0)= 120,0 + 120,0 = 240,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqargan bo‘ladi. YOqilg‘i sifatida ishlatiladigan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, gaz, slanets kabilar issiqlik koeffitsienti asosida qayta hisoblanib, kaloriyasi aniqlanadi. Murakkab hodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Bunday hodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk - tonna/ kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda, xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi / soatda. Lekin natura o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan hodisa va jarayonlar umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. SHuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi ishlatiladi. Barcha hodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida ya’ni yagona o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin. Download 28.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling