To‘plamning ayrim guruh miqdori (bir qismi) x 100
Tnm = -----------------------------------------------------------------------------
To‘plamning umumiy miqdori
Misol: Qandolatchilik korxonasi parvarda, novvot va holva ishlab chiqaradi. Ushbu yilda bu korxona 2360 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan, shu jumladan parvarda 950 ming so‘mlik, navvot - 650 ming so‘mlik va holva - 760 ming so‘mlik. Bu korxona ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot turi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot so‘mmasining qanchalik hissasi (tarkibi)ni bilish uchun, ular har bir turi miqdorini umumiy miqdorga bo‘lish lozim.
950,0 x 100
Parvarda = ------------------- = 40,3 %
2360
650 x 100
Navvot = ------------------- = 27,5 %
2360
760 x 100
Holva = ------------------ = 32,2 %
2360
Agarda ushbu misolni jadval shakliga keltirsak:
Mahsulot turlari
|
Mahsulot miqdori (ming so‘m)
|
Tarkibi
|
Parvarda
|
950,0
|
40,7
|
Navvot
|
650,0
|
27,5
|
Holva
|
760,0
|
32,2
|
Jami
|
2360,0
|
100,0
|
Itensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ikki miqdor bir-biri bilan taqqoslanadi.
To‘plamning bir ob’ektiga doir miqdor
Inm = -------------------------------------------------------------
To‘plamning ikkinchi ob’ektiga doir miqdor
Misol: 1) O‘zbekiston Respublikasida 1997 y. 23443,7 ming aholi bo‘lib, 614,0 ming kishi tug‘ilgan. Demak har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan bo‘lsak = 614000 : 23443.7 = 26 kishi bo‘ladi.
2) O‘zbekiston hududi 447,4 kv.km. bo‘lib, uning aholisi 1997 y. 23443,7 ming kishini tashkil etgan. Xududning har bir kv.km ga qancha aholi to‘g‘ri kelishini topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga zichligini aniqlaymiz:
23443,7 ming k
Aholi zichligi = ----------------------------- = 52 ming kishi
447,4 kv. km
Demak intensiv nisbiy miqdorlar natijalarida ikki ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan yana bir farqi shundaki, ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi.
Intensiv nisbiy miqdorlar aholining xududlardagi zichligi, har 100 aholiga tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad, har bir gektar erga solingan o‘g‘it saomog‘i kabilarni aniqlashda foydalaniladi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari (Knm) to‘plamning bir-biriga bog‘liq ikki guruhlarining bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi. Bunday nisbiy miqdorlarni aniqlash to‘plam guruhlarining bir-biri o‘rtasidagi nisbiy koordinatsiyani aniqlashda foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |