Induvidal loyiha


O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi


Download 1.59 Mb.
bet7/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1116228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi

Markaziy bank tomonidan «ExMoney», «AIST» hamda «PAYNET WALLET» elektron pullar tizimlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu orqali O‘zbekistondagi elektron pul tizimlari soni 15 taga yetdi.


Кириллчада7 sentabr 2022, 12:20 Iqtisodiyot
«ExMoney» elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tizimining elektron pullarini emitent sifatida «Trastbank» XAB ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Tizim operatori «O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi» hisoblanadi.
Bundan tashqari, «AIST» hamda «PAYNET WALLET» kabi tizimlar ham reyestrga qo‘shilganligi ma’lum bo‘ldi.
Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritish va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berish «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 3231) asosan amalga oshiriladi.
Hozirga kelib, O‘zbekistondagi elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi.

Elektron pullar tizimlari reyestri

t/r

Elektron pullar tizimi nomi

Operator nomi

Emitent nomi

Elektron pullar chiqarish bo‘yicha
faoliyati boshlangan sana

1.

«OSON»

"BRIO GROUP" MCHJ

«Turkiston» XATB

16.06.2020 y.

2.

«E-CARD»

"INSPIRED" MCHJ

ATB «Universal bank»

21.08.2020 y.

3.

«CLICK»

"CLICK" MCHJ

«Agrobank» ATB

21.08.2020 y.

4.

«WOOPPAY»

"WOOPPAY UZ" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

02.11.2020 y.

5.

«alif.mobi»

"ALIF TECH" MCHJ

AT «Aloqabank»

02.11.2020 y.

6.

«Interpay»

"Interpay sys" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

28.07.2021 y.

7.

«A-pay»

"CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

01.07.2022 y.

8.

«QIWI Uzbekistan»

«Payment Aggregation Systems» MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

11.08.2022 y.

9.

«1HLSW»

"Genesis Innovation" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.

10.

«GlobalPay»

"Global Solutions" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.

11.

«Payway»

"Payway" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.

12.

«Apelsin»

"Bank Apelsin" AJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.

13.

«ExMoney»

"O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ

«Trastbank» XAB

30.08.2022 y.

14.

«AIST»

"Ozinterpay" MCHJ

ATB «Universal bank»

30.08.2022 y.

15.

«PAYNET WALLET»

«INSTANT PAYMENT SOLUTIONS» MCHJ

AT Xalq banki

30.08.2022 y.


Elektron pul – zamonaviy qulayliklar.


27 Yanvar, 2022

To‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘lgan va nogohon fenomen voqelikka aylangan pullar. Yevropa Ittifoqi Markaziy banki tomonidan o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, elektron pullar rasmiy darajada tan olindi.
Elektron pul – naqdsiz mablag‘ emas, u naqd pulga asoslangan va to‘laqonli to‘lov vositasi hisoblanadi. 
To‘liq xavfsizlik elektron pullarning asosiy afzalligidir. Ular sizning cho‘ntagingizdan yoki qo‘lingizdan tushib qolmaydi, ular kasalliklarning tashuvchisiga aylanmaydi, ular yordamida to‘lovni tezda va osonlik bilan amalga oshirish mumkin.
Elektron to‘lovlar plastik karta, NFC’ni qo‘llab-quvvatlaydigan telefon yoki maxsus to‘lov chipiga ega bo‘lgan boshqa vositalar yordamida amalga oshiriladi. 

A-Pay nafaqat onlayn va oflayn do‘konlarda xizmatlar va xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, balki O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan elektron formatda pul o‘tkazish imkonini ham beradi.
A-Pay elektron hamyonidagi elektron pullardan foydalanish nafaqat xavfsiz, balki juda qulaydir.
A-Pay elektron pullari bilan quyidagilarni to‘lash mumkin:

  • taksi xizmati;

  • do‘konlardagi tovarlar;

  • poyezd yoki samolyot chiptalari, ham onlayn, ham joyida;

  • restorandagi hisob;

  • kommunal to‘lovlar

va 10 000 dan ziyod oflayn va onlayn do‘konlardagi boshqa tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar.
Bir elektron APS (A-Pay Sum) bir so‘mga teng. Boshqa jihatlarga qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, elektron pullar A-pay elektron hamyonida firibgarlik harakatlaridan ishonchli himoya ostida va xavfsizlikda saqlanadi.
Barcha imtiyozlardan bahramand bo‘lish, qulaylikni his qilish va yoqimli bonuslarga ega bo‘lish uchun A-Pay multikartasini rasmiylashtiring va biz sizning hisobingizga 50 000 APS o‘tkazib beramiz, hoziroq identifikatsiyadan o‘ting va pullarga ega bo‘ling.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling