Induvidal loyiha


Xitoyda aholi tomonidan eng mashhur onlayn to'lov vositalaridan foydalanish darajasi


Download 0.91 Mb.
bet13/23
Sana26.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1129000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Elektron tijoratdan foydalanishda xorijiy tajriba

Xitoyda aholi tomonidan eng mashhur onlayn to'lov vositalaridan foydalanish darajasi


Jadval 2.1.1

To`lov vositasi

Foydalanish darajasi, %

Alipay

47%

Tenpay

21%

Online Bank Transfer

11%

99Bill

6%

China PnR

6%

YeePay

4%

Boshqalar

5%

Manba: muallif tomonidan Go-Globe marketing agentligi malumotlar asosida tuzilgan
Shuningdek, davlat pochta xizmatlariga qo‘shimcha tarzda xususiy tashuvchilar tomonidan tashkil qilingan milliy yetkazib berish xizmati yordamida tovarlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Ilgari elektron tijorat faqat mayda narsalarni xarid qiluvchi Xitoylik yoshlari orasida keng tarqalgan bo‘lgan.
Yaqinda 3 va 4 darajali shahar iste’molchilari Xitoyning daromadlar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi dasturi yordamida internet yordmida ular o‘zlarining uylarining oldidagi do‘konlardan topa olmagan buyumlarni sotib ola boshladilar. Ko‘plab holatlarda do‘konlarni ochish o‘ta xarajatli va byurokratik hisoblanadi. Natijada ko‘plab kompaniyalar maxsus Xitoy iste’mochilari uchun mo‘ljallangan internet do‘konlarni ochish ustida bosh qotiradilar. Bu holda ular mamlakatning
iste’molchilari ko‘proq optimistik ruhga ega bo‘lgan hududiy birliklariga chiqishlari va o‘zlarining doimiy xarajatlarini oshirmasliklari mumkin. Ushbu tendensiyani his qilgan kompaniya — L’oreal o‘zining Lancome liniyasi bilan. O‘zining onlayn sotuvlarini yo‘lga qo‘yib, Lancome Xitoylik ayollarga bo‘lgan o‘zining sotuvlari hajmini qariyb 3 barobar oshirdi. O‘zining yangi nom bilan namlovchi Hydra Zen kremini yo‘lga qo‘yib, kompaniya 1 milliondan ortiq internetda ro‘yxatdan o‘tgan iste’molchilarga va 6 million onlayn ovoz berganlarga ega bo‘ldi. Lancome Lyuks kosmetika sohasida ham Apple va Louis vuitton kabi brendlar bilan bir qatorda ustunlik qiladi, Xitoylik iste’molchilarning eng yuqori sodiqlik darajasiga ega.
Uchinchi tendensiya iste’molchilar ijtimoiy tarmoqlar ta’siriga tushganliklaridan dalolat beradi.
Brend menejerlar Tencent kabi ijtimoiy tarmoqlarni yanada rivojlantirish niyati bilan marketing byudjetlarini hisoblab chiqishlari lozim. Xitoydagi ko‘plab transmilliy korporatsiyalar raqamli loyihalarga o‘zlarining marketing byudjetlaridan atigi 2-3% sarflaydilar, AQShda bu ko‘rsatkich odatda 8-12%. Bu maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki Xitoylik amerikalik bilan taqqoslaganda televizor yoki printerning yonida o‘tkazilganga nisbatan internetda ko‘proq vaqtini o‘tkazadi. Shuning uchun ham brend menejerlarning onlayn sotuvlarga ko‘proq xarajat qilishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Nima uchun ular buni haligacha amalga oshirmadilar? Aybning bir qismi ularning maslahatchilarida. Ko‘plab maslahat beruvchi agentliklar raqamli marketingning imkoniyatlarini tegishlicha baholay olmadilar va o‘zlarining internet kampaniyalarini faqat o‘smirlarga yo‘naltirdilar. Bundan tashqari, Xitoydagi tarmoqli xaridorlar o‘zlarining pullarini ularga foydali bo‘lgan joyda, yoki ularga boshqalardagiga nisbatan imtiyozli munosabatlar mavjud bo‘lgan joylarda sarflashni xohlaydilar. Brend menejerlarning vazifasi tarmoqli xaridorlarni tarmoqli resurslardan maksimal foydalanishga rag‘batlantirishdan iborat. Shuningdek, ular mamlakat ichida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan marketing agentliklari bilan ishlashlari zarur.
Xitoylik xaridorlar ko‘proq xarid qilishni boshlamoqdalar va shu bilan birga tajribasi ortmoqda hamda har safar yanada zo‘rroq narsalarni xohlashmoqda. Kompaniyalar iste’molchilarning muammolari va istaklari bilan bir xil qadam tashlamoqlari zarur. Transmilliy kompaniyalar o‘zlarining xalqaro berndlarida iste’molchilarning ishonchini asoslashlari va to‘g‘ri topilgan o‘tkazish kanallari orqali sotuv hajmlarini oshirishning yo‘llarini izlashlari, shuningdek o‘zlarining iste’molchilariga to‘g‘ri tuzilgan marketing rejalari orqali chiqishlari zarur. Mana shu elektron tijorat uchun platformani tashkil qilishni, ijtimoiy tarmoqlarni va raqamli marketingni o‘zlarining iste’molchilariga chiqish uchun ham birlamchi, ham ikkilamchi yo‘llarini qamrab olishni anglatadi. Xitoyda iste’molchilik xarajatlari oshmoqda, biroq ularning rivojlanayotganlgi juda muhim. Har bir Xitoy kompaniyasining mahsuloti ham rivojlantirishga ehtiyoj sezadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling