Induvidal loyiha


Diagramma 2.1.2 Xitoyning 2007-2017 yillarda online tarzida xarid qilingan tovarlar hajmi (mlrd $)


Download 0.91 Mb.
bet13/24
Sana20.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1104261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi

Diagramma 2.1.2 Xitoyning 2007-2017 yillarda online tarzida xarid qilingan tovarlar hajmi (mlrd $)



*bashorat qilingan ko`rsatkichlar17
Manba: muallif tomonidan Statista statistic agentligi malumotlari asosida tuzilgan
Xitoydagi eng yirik B2C maydonlar. Xitoyda elektron tijorat maydonlari alohida huquqiy maydonda rivojlanmoqda. Xitoy hukumati butun elektron tijorat sohasini nazorat qiladi. U Xitoyda onlayn biznesni yuritishni rejalashtirayotgan xaqaro kompaniyalarni alohida diqqat bilan kuzatadi.
Shuning uchun Xitoy bozoriga chiqishni xohlagan xalqaro chakana savdogarlarga Xitoyning murakkab byurokratik tizimida yo‘nalish olish imkonini beruvchi huquqshunoslar bilan maslahatlashish tavsif etiladi. Keyingi yillarda xorijiy kompaniyalarga Xitoyda elektron chakana biznesni yuritish haddan tashqari qiyish bo‘lgan, chunki ularga internet kontentni ta’minlovchisining litsenziyasini olish o‘ta qiyin bo‘lgan. Bu kabi litsenziyani olish protsedurasining o‘zi o‘ta murakkab, chunki barcha qog‘ozlarni Xitoy tilida to‘ldirish zarur. Bundan mahalliy huquqshunoslarning ko‘magiga ehtiyoj yuzaga keladi, ular bir vaqtning o‘zida onlayn sotuvlar qoidalarini ham ta’rivlab berishga yordam beradilar.
Yaxshiki, rasmiy Xitoyning elektron tijorat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga nisbatan munosabati o‘zgara boshladi.
Ushbu mamlakat hozirda elektron tijoratning haqiqiy rivojini boshdan kechirmoqda, yozadi the Economist. 18 Xitoyda onlayn-savdo qator g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega, ular uni g‘arb mamlakatlarining xuddi shu kabi bozorlaridan farqlaydi. Birinchidan, o‘ta arzon ish kuchi tufayli yetkazib berish bilan bog‘liq muammo hal etiladi. Masalan, shanxayda atigi besh yuan ($0,73) evaziga kurer skuterda tovarni shaharning istalgan rayoniga bir soat ichida yetkazib berishga tayyor. Xitoy internet-do‘konlaridagi narxlar oflayn do‘konlardagi narxlarga qaraganda o‘rtacha 20% past, bu yuqori raqobat bilan bog‘liq. Credit Suisse ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning hech bir mamlakatida bu kabi narxlarda katta farq mavjud emas. Oxirgi muammo — ommaviy elektron to‘lovlar tizimining mavjud emasligi ham — deyarli hal etilgan. Mamlakatdagi eng yirik Alibaba web-portali hozirda o‘zining ikkita yangi loyihasini faol yo‘lga qo‘ymoqda: Taobao elektron savdo platformasini va Alipay to‘lov tizimini. Xitoydagi elektron tijoratning singish darajasi endilikda, masalan, rossiyadagidan ham yuqori. Nielsen tahlil kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi internetdan foydalanuvchilarning qariyb uchdan ikki qismi oxirgi olti oy mobaynida bir marotaba bo‘lsa ham xaridni amalga oshirgan. Tadqiqotlar hozirda Xitoyda barcha bolalar tovarlarining qariy
10% Internet orqali sotilayotganligini ko‘rsatadi.
Xitoy Yaponiyadan o‘zib ketib va 2010 yilda jahondagi ikkinchi eng yirik iqtisodiyotga aylanganligini hisobga olib, brend menejerlar Xitoylik iste’molchilar nimani xohlayotganliklarini mutlaq tushunishlari shart. Xavfsizlik uchun ko‘proq to‘lashga qo‘shimcha ravishda 2010 yilda Xitoylik iste’molchilarga sotish va kompyuter va mobil telefonlaridan xarid qilishlar soni keskin o‘sganligi haqida tegishlicha o‘ylash zarurligidan dalolat beruvchi yana ikkita tendensiya kuzatiladi.
2009 yilning birinchi 9 oyi yakunlariga ko‘ra, 380 million Xitoylik iste’molchilar online xaridlarni amalga oshirishgan ekan, 25 mlrd. dollar sarflaganlar, bu o`tgan yilgiga qaraganda ikki barobar ko‘p. Sotuvlarning keskin o‘sishining sababi nimada? Kredit kartalardan foydalanuvchilarning sonining 2005 yildagi 13,5 milliondan 180 million foydalanuvchilarga oshishi va Alibabaning Alipay tizimidan keng foydalanish xavfsizlik va to‘lovning bog‘liqligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yo‘q bo‘lishining sababiga aylandi. GoDaddy bir necha hafta avval Alipayni xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun qabul qila boshladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling