Inersiya momenti


Download 53.75 Kb.
bet3/18
Sana07.02.2023
Hajmi53.75 Kb.
#1174796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fizika

11.kapillyarlik hodisalari.
Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Masalan, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bogʻliq.
K.h.ni birinchi boʻlib Leonardo da Vinchi (16-asr), soʻngra B. Paskal (17-asr) va J. Jyuren (18-asr) kapillyar naychalar bilan tajribalar oʻtkazayetganda kashf etishgan. K. h. nazariyasini T. Yung (1805), P.Laplas (1806), J. U. Gibbs (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar.
12.Modda tuzulishi Molekulalarning massasi va o’lchami,modda miqdori.
Moddalar qattiq, cuyuq va gaz xolatda bo’ladi. Moddaning agrеgat xolati tеmpеratura va bosimga boqliq. Past tеmpеraturada modda qattiq xolatda bo’ladi, moddaning kristall zarrachalari orasidagi masofa zarrachalarning kattaligiga tеngdir. Zarrachalarning o’rtacha potеntsial enеrgiyasi, ularning o’rtacha kinеtik enеrgiyasidan katta. Zarrachalar xarakatda juda xam chеklangan. Zarrachalar o’rtasida xarakatlanayotgan kuchlar, ularni to’qri chiziq xolat yaqinida ushlab turadi. Shuning uchun zarrachalar bu joylarda maksimal darajada ushlanib qoladi. Bundan buyon modda molekulasi haqida so‘z yuritilganda to‘g‘ridan to‘g‘ri atomlardan tashkil topgan moddalarning atomlari ham ko‘zda tutiladi. Odatda kimyo fanida molekula quyidagicha ta’riflanadi: Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qoluvchi shu moddaning eng kichik zarrasi. Aniq o‘lchashlarga ko‘ra, molekulalarning o‘lchami 10-10 m − 10−8 m tartibda bo‘ladi. Masalan, suv molekulasining o‘lchami: d ≈ 3⋅10−10 m. Molekulalar shunday kichikki, ularni eng kuchli optik mikroskopda ham ilg‘ab bo‘lmaydi. m0 = 3,7⋅1028 m−3 1000 kg⋅m−3 ≈ 2,7⋅10−26 kg Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanad. havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanad

Download 53.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling