Yashirin Infilatsiya - Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq infilatsiya - Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
Deflyasiya - Deflyasiya (iqtisodiyotda), dezinflyasiya — inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.). Statistik jixatdan D. muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, D.ni davlatlar pul islohoti arafasida oʻtkazadi. Mas, Buyuk Britaniyada 1925-yil pul islohotidan 2 yil oldin — 1923-yilda muomaladagi pullar 541 mln. funt sterlingdan 378 mln. funt sterlinggacha kamaytirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koʻpgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, tovar narxining oʻsishini susaytirish va b. tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda yangi soʻm muomalaga kiritilgunga qadar (1994-yil 1 iyul) D. tadbirlari amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |