Mavzu: Pul,Infilatsiya. Reja


Download 259.06 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi259.06 Kb.
#1556057
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul,Infilatsiya


Mavzu: Pul,Infilatsiya.
Reja:
Kirish
1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.
2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.
3. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik. Fillips egri chizig‘i.
4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish:
Inflatsiya - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.30 Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.

Ammo

inflatsiya

davrida barcha

tovarlarning baholari ham

oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa










tushishi mumkin.










“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada

1861-1865







yillardagi Fuqarolar urushi davrida

qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi







muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan










haddan

ziyod ko‘payib ketishi holatini

izohlangan.

. Ammo

inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1)valuta kururslarining o‘zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;
3)kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.

Inflatsiya

baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi




yordamida aniqlanadi.







Baholar

o‘rtacha (umumiy) darajasining

nisbiy o‘zgarishi


Download 259.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling