Mavzu: Pul,Infilatsiya. Reja


Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari


Download 259.06 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi259.06 Kb.
#1556057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul,Infilatsiya

4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Inflatsiyani butunlay yo‘qotish imkoniyati yo‘q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‘liq yo‘qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‘qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
62
-yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‘nalish tarafdorlari bo‘lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko‘tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo‘shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug‘diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan %34
Metodologiyadagi o‘zgarishlar: Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16-18 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir hil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo‘lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo‘llanila boshlandi.





Xulosa:


Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir.

Download 259.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling