Mavzu: Pul,Infilatsiya. Reja
Download 259.06 Kb.
|
Pul,Infilatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan inflatsiya
Taklif inflatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo‘ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‘i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko‘payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, taklif inflatsiyasi o‘zo‘zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo‘shimcha o‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o‘sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‘ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o‘sishi aholi qo‘lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o‘tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga ko‘paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo‘lsa, unda aholining real 58 daromadlari 20% ga kamaygan bo‘ladi. Chunki, narxlarning o‘sishi aholi pul daromadlarining o‘sishidan yuqori bo‘lgan (30% - 50%q- 20%). Inflatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog‘liq. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida daromad oluvchi inflatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini ko‘radi. Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin: i = r + πkut
Inflatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi: Download 259.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling