Inflatsiya mazmun mohiyati va o`lchanish usullari


Inflatsiyani targetlash siyosati, hamda uni jahon siyosatida namoyon bo`lishi


Download 0.64 Mb.
bet7/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#227491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
inflatsiyani targetlash siyosati (2)

Inflatsiyani targetlash siyosati, hamda uni jahon siyosatida namoyon bo`lishi

Jahon amaliyoti mamlakatda olib borilayotgan pul – kredit siyosatining koʼp qirrali boʼlmasligi bir qancha kutilmagan salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi. Koʼplab rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham yoʼl qoʼyilgan xatoliklardan biri sifatida ularning pul–kredit siyosatlarini koʼp hollarda faqatgina inflyatsiya surʼatlarini tushirishga qaratilganligida koʼrishimiz mumkin.

Darhaqiqat, ushbu tarzda olib borilgan siyosat oʼz samarasini berishi oʼlaro, mamlakatda deflyatsiya olatini yuzaga keltira boshladi. 2003 yil may oyida “Yaponiya moliyachilar vaiqtisodchilar jamiyati”da soʼzga chiqgan АQSh Federal Zaxira Tizimi raisi B.Bernanke oʼz nutqida deflyatsiyaning oʼtkir fazasini boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun pul – kredit siyosatining miqdoriy yoʼnalishlarini (inflyatsiyani targetrlash yoki narxlarni miqdoriy aniqlash) qanchalar muhimligini taʼkidlab oʼtgan edi. 1990 yillar boshlariga kelib inflyatsiyani barqarorlashtirishning anʼanaviy metodlari, shu qatori pul agregatlarini targetlash metodi ham globallashuv sharoitida, shuningdek moliya sohasida ham oʼzining kam samaraliligini koʼrsatdi.

Mamlakatlar sekin-asta inflyatsiyani targetlash siyosatiga oʼta boshladilar. 1990 yil Yangi Zelandiya Zaxira Banki(YaZZB) ilk bor inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllashni boshlaganini rasman eʼlon qildi. Inflyatsiyani targetrlash siyosatiga oʼtishning belgisisifatida hukumatni yoki Markaziy bankning kelajakda inflyatsiyani yoki narxlarning oʼsishini bir maromda ushlab turilishini eʼlon qilishini kuzatish mumkin. Shuningdek, inflyatsiyani targetlashda narxlarni “qotirib qoʼyish” emas, balki ularni bir maromda oʼsishini taʼminlash nazarda tutiladi. Аgar inflyatsiyani targetlash siyosatini narxlarni “qotirib qoʼyuvchi” yoki uning “temir qolipi” sifatida qabul qilsak, bu avvalo, mamlakatda zarur boʼlmagan hollarda ham qattiq pul – kredit siyosatini olib borishga majbur qiladi. Bu esa oʼz oʼzidan iqtisodiyotning barcha sektoriga zanjirsimon salbiy taʼsirini koʼrsatishi mumkin.

Glenn Rudebush va Karl Uolsh bergan taʼrifga koʼra, inflyatsiyani targetlash – bu ommaga eʼlon qilingan inflyatsiya maqsadli koʼrsatkichlariga erishish borasida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul – kredit siyosati doirasida qaror qabul qilish uchun lozim boʼlgan modeldir. Bu Markaziy bank tomonidan inflyatsiya maqsadli koʼrsatkichlariga erishish uchun qabul qilinadigan, pul – kredit organlari uni nazorat qilishga masʼul boʼlgan operastsion instrumentdir.

Inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllagan mamlakatlarning maqsadi bir boʼlishiga qaramasdan amaliyotda ularni qoʼllashga majbur qilgan sabablar birbiridan keskin farq qilishini koʼrishimiz mumkin. Masalan, Germaniyada inflyatsiyani targetlash siyosatiga oʼtishning sababi boʼlib, qatʼiy belgilangan valyuta kursidan voz kechish siyosati hizmat qilgan boʼlsa, Kanada uchun esa ushbu holat pul massasini targetlash siyosatini qoʼllashdagi omadsizliklar tufayli inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllash joriy qilingan.

Buyuk Britaniyaning inflyatsiyani targetlash siyosatiga oʼtishiga turtki boʼlgan asosiy sabablardanbiri bu pul massasini targetlashdagi omadsizliklar, hamda “evro zonasi”dagiishtiroki majbur qilgan. Inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllaganda, inflyatsiya darajasining eng maqbul darajasi sifatida 3% va undan kam boʼlgan surʼatlar koʼrsatiladi. Lekin, shunday boʼlsada bu koʼrsatkich nol darajaga tushmasligi kerak. Chunki, inflyatsiyani nol darajada ushlab turilishi mamlakatda deflyatsiya olatini keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan xavfni kuchaytiradi.



1-jadval.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling