Inflatsiya mazmun mohiyati va o`lchanish usullari


Manba: Mualliflar tomonidan Walsh. Journal asosida tuzilgan


Download 0.64 Mb.
bet10/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#227491
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
inflatsiyani targetlash siyosati (2)

Manba: Mualliflar tomonidan Walsh. Journal asosida tuzilgan.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga aʼzo mamlakatlarda inflyatsiyaning oʼrtacha surʼatlari

Yuqoridagi maʼlumotlarga koʼra, shuni aytish mumkinki, inflyatsiyani targetlash rejimini qoʼllaydigan iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda inflyatsiyani oʼrtacha yillik surʼatlari 9.21 % ni tashkil qilgan boʼlsa, inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllay boshlaganlaridan soʼng ushbu koʼrsatkich sezilarli darajada kamayganligini, yaʼni 3.22% ni tashkil qilayotganini koʼrishimiz mumkin boʼladi. Bu esa, oʼz navbatida amaliyotga joriy qilingan rejimni naqadar samarali ekanligini koʼrsatadi. Shuningdek, tahlil natijasida inflyatsiyani targetlash rejimini qoʼllamaydigan davlatlarda ham inflyatsiya yillik surʼatlari kamayib borish tendentsiyasiga ega boʼlgan. Bu koʼrsatkich 1990 yillarda 7.72% ni tashkil qilgan boʼlsa, bugungi kunda ushbu koʼrsatkich darajasi 5.22% gacha tushgan. Lekin, kamayish darajasidagi farq inflyatsiyani targetlash rejimni qoʼllayotgan davlatlar inflyatsiya surʼatlaridagi kabi katta emas.

Inflyatsiyani targetlash oʼz ichiga uch bosqichni oladi:

 Maqsadni tanlash va uni aniqlab olish;

 Maqsadga erishish uchun barcha kuch va eʼtiborni olib borilayotgan siyosatga safarbar etish;

 Natijani nazorat qilish va unga masʼul boʼlish.

 Ushbu instrumentni amaliyotga qoʼllash natijasida targetlash monetary siyosatning uchta asosiy aspektiga oʼz taʼsirini oʼtkazadi:

 Chegaraviylik;

 Maqsadlik;

 Ishontiruvchanlik.

Аmaliyotda inflyatsion targetlash ikki asosiy xarakterga yega. Аynan mana shu ikki asosiy xarakter inflyatsiyani targetlashni bosha pul – kredit siyosati rejimlaridan ajratib turadi.

1. Markaziy bank narxlar barqarorligiga erishish borasida qaror qabul qiladi va unga amal qilishi majburiydir. Narxlar barqarorligi inflyatsiya boʼyicha koʼrsatilgan miqdoriy koʼrsatkichlarga yerishish borasidagi zaruriyatga aylanib qoladi. Belgilangan yoʼnalish aniq bir daraja (nuqtaviy ahamiyat) boʼlishi bilan birga yillik inflyatsiya uchun maʼlum bir oraliq ham boʼlishi mumkin. Inflyatsiya boʼyicha nuqtaviy maqsadli koʼrsatkichlarni belgilab olish pul – kredit siyosatining eng birinchi va asosiy maqsadi narxlar barqarorligi eekanligini koʼrsatadi.

2. Pul – kredit siyosatining asosiy maqsadlari boʼlib, maʼlum vaqt oraligʼida inflyatsiyani bashorat qilish hizmat qiladi. Ushbu sababga koʼra inflyatsiyani targetlashni bazan “Inflyatsiya bashoratlarini targetlash” deb ham yuritiladi. Qisqa muddatli davrda inflyatsiya narxlar va ish haqi boʼyicha tuzilgan shartnomalarga koʼra belgilanganligi sababli pul – kredit siyosati kutilayotgan kelajakdagi inflyatsiyaga taʼsir koʼrsatishi mumkin.

Yuqorida koʼrsatilgan inflyatsiyaning ikki asosiy xarakteristikasiga koʼra nima sababdan АQSh Federal Zaxira Tizimi ham, Yevropa Markaziy Banki ham inflyatsiyani targetlash rejimini toʼlaqonli oʼz amaliyotida qoʼllamasligi aniq boʼladi. Birinchi holatda, АShQ Federal Zaxira Tizimi inflyatsiya boʼyicha miqdoriy aniqlangan maqsadlarni belgilab oladi xolos. Yevropa Markaziy banki esa asosiy eʼtiborini M3 pul agregatining oʼsishini nazorat qilishga qaratar edi. Lekin, soʼngi yillardagi iqtisodiyotda boʼlib oʼtayotgan oʼzgarishlarni hisobga olgan holda koʼprqo eʼtibor inflyatsiyani targntirlash rejimiga aratilmoda. IT rejimini oʼllashda uni masʼuliyat jihatdan va ushbu rejimning yegiluvchanligi jiatidan bir necha gurularga ajratish mumkin.

“Qatʼiy targetlash” (strict targeting) deganda inflyatsiyani maqsadli koʼrsatkichlarini ani, yaʼni qatʼiy belgilab olish tushuniladi. Bunda pul – kredit siyosatining eng asosiy va aniq maqsadi mana shu belgilangan miqdoriy koʼrsatkichlarga erishish hhisoblanadi.

“Egiluvchan targetlash” (Flexible targeting) da esa miqdoriy yoʼnalish maʼlum chegaralar oraligʼida harakatlanadi. Bu oʼz oʼrnida qancha yumshoq majburiyat hisoblanadi.

Inflyatsion targetlash rejimini klassifikastiya qilish borasida XVF iqtisodchilari Аlina Karar va Mark Stounlarning bergan taʼriflari inflyatsiyani targetlash rejimiga yanada aniqlik kiritadi. Ularning klassifikastiyasiga koʼra inflyatsiyani targetlash uchga boʼlinadi:

 Toʼliq inflyatsiyani targetlash rejimi (full-fledged inflation targeting);

 Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimi (eclecticinflation targeting);

 Yengillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimi (inflation targeting ligt).

Toʼliq inflyatsiyani targetlashni qoʼllaydigan mamlakatlarda bozor ishtirokchilari unga juda ishonch bildiradilar. Inflyatsiya darajalari aniq belgilanadi va unga qatʼiy amal qilinadi. Natijada Markaziy bank ham qoʼyilgan maqsadga erishish borasida juda katta masʼuliyatga ega boʼladi va uni amalga oshiradi. Toʼliq inflyatsiyani targetlash rejimini ilk bor Yangi Zelandiya qoʼllay boshlagan. Bugungi kunga kelib esa, toʼliq inflyatsiyani targetlash rejimini faqatgina Braziliya, Kanada, Chexiya, Norvegiya, Polьsha, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Аfrika kabi davlatlar qoʼllashadi.

Inflyatsiyani targetlash qonunlariga binoan toʼliq inflyatsiyani targetlash rejimida maqsadli yoʼnalish oraligʼi juda ham tor boʼlib, bu koʼrsatkich 0-3% oraligʼida deb belgilangan. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimi inflyatsiyani maʼlum darajada past surʼatlarda ushlab turishga imkon beradi. Lekin, eklektik inflyatsiyani targetlash rejimida maqsadli darajaga erishish borasidagi aniqlik toʼli

inflyatsiyani targetlash rejimiga qaraganda pastroq boʼladi. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimini koʼproq yuqori moliyaviy barqarorlikga ega boʼlgan mamlakatlarda qoʼllash mumkin. Bu esa oʼz oʼrnida boshqa iqtisodiy oʼsish, toʼlov balansi, bandlik kabi makroiqtisodiy koʼrsatkichlarni ham barqaror ushlab turishga yordam beradi. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimini 20 dan oshiq mamlakatlar amaliyotda qoʼllamoda, ular qatoriga Indoneziya, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Shveytsariya, Yaponiya va boshalar.

Yengillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimi oʼtish rejimi sifatida am oʼllaniladi. Koʼp ollarda inflyatsiyani targetlash rejiminng bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy iqtisodiy islohotlar davrida qoʼllaniladi. Yengillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimining afzalligi shundaki, belgilangan maqsadli yoʼnalish oraligʼi juda ham keng boʼladi va unga erishish majburiy hisoblanmaydi. Markaziy bank tomonidan unga erishish borasidagi siyosati anqiligi juda ham past boʼladi, shuningdek, unga boʼlgan ishonch darajasi ham past boʼladi. Nazariy jihatdan yondashganda inflyatsiyani targetlash rejimini pul - kredit siyosati doirasida qaror qabul qilish borasida qoʼllaniladigan model sifatida taʼriflash maqul boʼldi. Inflyatsion maqsadga erishish Markaziy bank pul – kredit siyosatining qonunlariga binoan ish yuritadi. Ushbu qonun oʼzida oʼziga xos formulani aks ettiradi, yaʼni pul – kredit siyosati indtrumenti (foiz stavkasi yoki pul agregati) baʼzan YaIM GEPini hisobga olgan holda inflyatsiyani oʼzgarishiga javob qaytaradi. Eng mashhur qonunlar qatoriga “Teylor qonuni” va “Xenderson-MakKibbin qonuni” kiradi. Ushbu qonunlar instrumentlari boʼlib, foiz stavkasi hizmat qiladi. Shuningdek, “MakKallama qonuni” ham mavjud boʼlib, uning instrumenti pul bazasi hisoblanadi. Inflyatsiya bashoratlari maqsadli koʼrsatkichdan ogʼishni boshlaganda Markaziy bank ham foiz stavkalarini oʼzgartira boshlaydi. Bunday pul – kredit siyosatining qonuniyati G. Rudebush va L.Svensson tomonidan “Inflyatsion bashorat asosidagi qonuniyati” deb nom olgan. Shu kabi qonuniyat oʼz aksini Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda topgan.

Inflyatsiyani targetlash analitik model orqali izohlanadi va oʼzida ikkita tarkibiy qismni ifodalaydi. Birinchi tarkibiy qism – bu mamlakat iqtisodiyotini qanday harakat qilayotgani va unga pul – kredit siyosati qanday taʼsir qilishini koʼrsatib beradi. Ikkinchi tarkibiy qism Markaziy bankning soʼngi masadlarini aks ettiradi (maqsadli funktsiya). Iqtisod submodeliga koʼra Markaziy bank YaIMga oʼz taʼsirini oʼtkaza oladi, yaʼni pul – kredit siyosati instrumentlarining oʼzgartirilishi (masalan, qayta moliyalash stavkasining oʼzgarishi) maʼlum muddatlardan soʼng YaIMga taʼsir koʼrsata boshlaydi. YaIMning oʼzgarishi esa, oʼz oʼrnida inflyatsiyaga taʼsir koʼrsatadi.

Shunday qilib, foiz stavkalarining oʼzgarishi yalpi talab va yalpi taklifni oʼzgartira qoladi va maʼlum muddatdan soʼng inflyatsiyaning oʼzgarishiga olib keladi. Ushbu oʼtgan maʼlum muddat pul – kredti siyosatining “nazorat gorizonti” yoki “nazorat muddati” deb nomlanadi. “Nazorat gorizonti” modeli ekzogen oʼzgaruvchi sifatida namoyon boʼladi. Аmaliyotda “Nazorat muddati” modeli 1-2 yilni tashkil iladi.

Аnalitik modelning ikkinchi tarkibiy qismi Markaziy bankning maqsadli fukntsiyasidir. U ikki yoʼnalishga ega. Birinchidan, Markaziy bank inflyatsiyani belgilangan maʼlum daraja atrofida barqarorlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank iqtisodiy oʼsishni ham belgilangan eng maksimal oʼsish koʼrsatkichida atrofida barqarorlashtirishi ham mumkin. Inflyatsiyani targetlash “qatʼiy rejim”dan “egiluvchan rejim”ga oʼtib oʼzgarib turishi ham mumkin.

Oddiy analitik modelga asoslanib, Markaziy bank maʼlum hattiharakatlarga asoslanadi. Foiz satvkasi shunday darajada belgilanadiki, inflyatsion GEP va YaIM GEP darajalari iloji boricha kam boʼlishi lozim. Shuningdek, maqsadli funktsiyaga mos ravishda jamiyat yoʼotishlari xam minimallashtiriladi. Foiz stavkalarining oʼzgarishi maʼlum muddatdan soʼng inflyatsiyaga taʼsir koʼrsatar ekan, Markaziy bank inflyatsiyani bashorat qilishni ham inobatga olishi lozim. Markaziy bank foiz stavkalarini shunday darajada belgilaydiki, inflyatsiyani bashorat qilingan darajalari maqsadli darajalarga yaqinroq boʼlishi lozim. Bu narsa oʼz oʼrnida YaIM uchun ham qoʼllaniladi. Inflyatsiyani bashorat ilish pul – kredit siyosatining orqali maqsadi sifatida qaralishi ham mumkin. Shuning uchun ham koʼp hollarda inflyatsiyani targetlash emas, balki inflyatsion bashoratni targetlash haqida gapiriladi.

Markaziy bank tomonidan oʼrnatiladigan foiz stavkalari inflyatsiya va YaIMdan funktsiya sifatida qaraladi. Shuning uchun ham foiz stavkasini oʼrnatish jarayonini Markaziy bankning qaytma reaktsiya funtsiyasi deb nomlashadi. Bu funktsiya Markaziy bankni kuzatilayotgan oʼzgaruvchilarining kutilayotgan oʼzgarishiga qanday taʼsir koʼrsatishini bildiradi.

Inflyatsion targetlash rejimi qoʼllanilayotgan barcha mamlakatlarda inflyatsiya maqsadsli koʼrsatkichlari past darajada, yaʼni 3.5-4% atrofida belgilanadi. Lekin, ushbu daraja optimal hisoblanadimi yoki yoʼq. Jahon amaliyotiga nazar soladigan boʼlsak, narxlar barqarorligi nol darajadagi inflyatsiya orali izohlanadi. Biroq, baʼzi bir sabablarga koʼra inflyatsiyani nol darajada targetlash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Inflyatsiyani nol darajada targetlash iqtisodiyotni deflyatsiyaga kirib ketish xavfini tugʼdiradi. Inflyatsiyani targetlash siyosatini mamlakat itisodiyoti uchun toʼgʼri talqin qila bilish, ushbu siyosatning eng asosiy talablaridan biridir.





  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling