Inflatsiya mazmun mohiyati va o`lchanish usullari


Manba: Jadval Roger (2010), Schmidt-Hebbel (2009), Monetary Bulletin 2007/2 (Bank of Iceland) materiallari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan


Download 0.64 Mb.
bet8/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#227491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
inflatsiyani targetlash siyosati (2)

Manba: Jadval Roger (2010), Schmidt-Hebbel (2009), Monetary Bulletin 2007/2 (Bank of Iceland) materiallari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun

Inflyatsiyani maqsadli yoʼnalishlarini tanlashda nazariy jihatdan olib qaraganda inflyatsiyaning nol darajasi bilan mos tushuvchi “narxlar barqarorligi” kategoriyasini aniqlash muammosi vujudga keladi. Аmaliyotda isteʼmol narxlari doimo oz boʼlsada (masalan, 2% ga) koʼtarilib turadi. Maqsadli yoʼnalish doirasida isteʼmol narxlari pasaytirish (masalan, 1% ga) hech qanday ahamiyatli imkoniyatlarni bermaydi, faqatgina unga ilingan xarajatlar hajmi koʼpayadi. Targetlashning muhim omili inflyatsiyaning maqsadli yoʼnalishlarining tebranish chegaralarining mavjudligidir.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan guvohlik beradiki, maqsadli yoʼnalishlarning eng maqbul chegaralari inflyatsiya darajasini mamlakatda 1% dan oshmasligidir. Inflyatsiya surʼatlarini bunday darajada ushlab

turilishiga maqbul holat ekanligiga sabab, ularda qisqa muddatli tebranishlarga dosh bera olish qobiliyatining yuqoriligidir. Inflyatsiya darajalari maqsadli yoʼnalishlari chegaralarining kengayib borishi esa bozor ishtirokchilari tomonidan inflyatsiyani barqarorlashtirish siyosatini olib borishda ishonchning yetishmasligi kabi salbiy holatlar bilan kuzatiladi.

Inflyatsiyani targetlash vaqtinchalik chegaralari mamlakatdagi inflyatsiya surʼatlariga bogʼliq boʼladi. Аvvaliga, (Yangi Zelandiya va Kanada) inflyatsiya darajalari maqsadli yoʼnalishlariga erishish muddati 18 oy deb belgilangan edi. Keyinchalik, bu muddat 12-18 oyga, keyinroq inflyatsiyani targetlashning oʼrta muddatli holatiga toʼgʼri keluvchi 5 yillik muddatga oʼzgartirilgan edi.



Bugungi kunga kelib deyarli 28 ta mamlakat oʼzlarining pul – kredit siyosatlarida inflyatsiyani targetlash siyosatidan foydalanib kelmoqdalar. Ulardan 8 tasi rivojlangan, qolganlari esa rivojlanayotgan hamda oʼtish davridagi davlatlardir. Inflyatsiyani targetlash siyosatini olib borishda oʼtgan yillardagi mamlakatning iqtisodiy holati haqidagi axborotlar va ularning tahlili juda muhim hhisoblanadi. Chunki, ular iqtisodiymatematik modellarni qoʼllagan holda muhim iqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi aniq bogʼlilikni koʼrsatib berishga hizmat qiladi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling