Inflyatsiya: mazmuni, mohiyati va inflyatsiyaga qarshi siyosat


Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va uning amaliyahamiyati


Download 162.03 Kb.
bet11/14
Sana08.01.2022
Hajmi162.03 Kb.
#239229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

7.4.Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va uning amaliyahamiyati



I nflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshi

qarshiliklar yuzaga kelishiga olibkeladi.

Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflatsiyaning qarshi kurashning asosiyshakllari:

inflyatsiyaning qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi.Hardavlatda pul muomalasi ma‘lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi markazlashganrejali boshqaruv asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Axolining daromadi va xarajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish axoliga kreditga tovar berish, baxolar tizimini o‘zgartirib turish va hokazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasini ma‘lum usullar yordamida tartibga solibturadi.

Inflyatsiyaga qarshi kurashish quyidagicha amlga oshirilishi mumkin:

Pul islohatlari (revolvasiya, devolvatsiya, nulifikasiya va denominasiya);

Antiinflatsion siyosat: daromadlar siyosati va deflyatsionsiyosat.

Daromadlar siyosati (ijtimoiy noroziliklarni yuzaga keltirishi mumkin) ish haqi va narxlar o‘sishini parallel nazorat qilgan holda, ish haqi o‘sishini chegaralash yoki muzlatishdir. Deflatsion siyosat pul-kredit siyosati va soliq mexanizmlari orqali boshqarish bo‘lib, unda davlat xarajatlari kamaytiriladi va soliq stavkalari oshirilishi yoki Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari orqali pul massasiniboshqarishdir.96

Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani oldini olish borasida quyidagipul-kreditsiyosatini olibboradi:



  1. Qayta moliyalashtirishsiyosati

  2. Majburiy rezervlarme‘yorlari

  3. Ochiq bozordagioperatsiyalar

  4. Valyutasiyosati

Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlarning majmui bo‗lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:

  1. tijoratbanklariniMarkaziybanktomonidanularningbalansidagi

trattalarni qayta hisobga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;

  1. tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagiqimmatli

qog‗ozlarni garovga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;

v) tijorat banklarini to‗g‗ridan to‗g‗ri kreditlash usuli97.

Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar shaklida beriladi. Mamlakatimizda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u quyidagi ko‘rinishga egabo‘lgan:

Mamlakatimizda ham O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining tijorat banklari beriladigan kreditlari uchun o‘rnatiladigan qayta moliyalash

stavkasi inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy stavkalardan biri sifatida xizmat qiladi. Respublikamizda milliy valyuta so‘m muomalaga kiritiladigan paytda qayta moliyalash stavkasi yiliga 150% ni tashkil etar edi.Ammo milliy valyuta kiritiladiguncha bo‘lgan inflyatsiyaning inersiya kuchi shu darajada katta ediki tezda qayta moliyalash bu darajasi yetarli emasligi ma‘lum bo‘lib qoldi. Inflyatsiyani kamaytirish borasida yanada qat‘iyroq siyosat yuritish maqsadida markaziy bank 1994-yil oktabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150% dan 225 %gachako‘tardi.



Download 162.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling