Inflyatsiya: mazmuni, mohiyati va inflyatsiyaga qarshi siyosat


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1- sentabrda o‘rnatilgan majburiy rezerv me‘yorlari101


Download 162.03 Kb.
bet14/14
Sana08.01.2022
Hajmi162.03 Kb.
#239229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1- sentabrda o‘rnatilgan majburiy rezerv me‘yorlari101


Yuridik shaxslarning talab qilinguncha saqlanadigan va muddati 1

yilgacha bo‘lgan

depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning muddati 1yildan

3 yilgacha bo‘lgan depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning xorijiy valutadagi depozitlari uchun

15 %

12 %

10.5 %

15 %

Bu guruhlashning avvalgisidan farqli jihati shundaki 2009 – yil 31 – avgust- gacha yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 15% lik miqdor belgilangan bo‘lsa 2009 – yil 1 – sentabrdan e‘tiboran bu toifa ham 2 guruhga ajratildi va yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 12 %, yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 10.5 % lik me‘yor o‘rnatildiqolgan guruhlar va ularning foiz ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz ya‘ni 15 %lik miqdorda belgilanligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda ham respublikamizda mazkur zaxira me‘yorlari qo‘llanibkelinmoqda.

Markaziy bankning valyuta siyosati uning an‘anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, valyuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash hisoblanadi. 2016 yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga, inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo'llab- quvvatlashga yo'naltirildi. Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining o'zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo'llash orqali so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralariko'rildi.

Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so'mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo'ljal sifatida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi. Shunga muvofiq, so'mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv

kursi ta'siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so'mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi. Markaziy bank milliy valyuta almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun valyuta bozorida xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashib, valyuta operatsiyalarini amalga oshiribbordi.

Markaziybankningvalyutasiyosatibilanpul-kreditsiyosatio‗rtasidaqarama- qarshilik tez-tez uchrab turadi. Masalan, respublikamizda tijorat banklariga naqd pul tushumi bo‗yicha «naqd pullarni qaytish koeffitsienti» deb nomlanuvchi ko‗rsatkich sifatida majburiyat yuklangan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat banklarining aylanma kassalariga kelib tushgan naqd pullarning asosiy qismi (75- 80%) birinchi darajadi to‗lovlarni (davlat byudjetining kassa ijrosi bilan bog‗liq bo‗lgan to‗lovlar) to‗lashga yo‗naltirilmoqda. Natijada, respublikamizning tijorat banklarida so‗mdagi naqd pullarning etishmasligi muammosi yuzaga keldi. Bunday sharoitda tijorat banklari naqd xorijiy valyutalarni sotib olishdan manfaatdor bo‗lmaydi. CHunki naqd xorijiy valyutalarni bank tomonidan sotib olinishi uning so‗mdagi chiqimlari summasining oshishiga olib keladi va buning oqibatida naqd pullarning etishmasligi muammosi yanada chuqurlashadi. Xorijiy mamlakatlarning amaliyotida ham pul-kredit siyosati bilan valyuta siyosati o‗rtasidagi qarama-qarshilikni ko‗zatish mumkin. Masalan, Rossiyada 1998-2000 yillarda milliy bank tizimidagi zaxiralarning o‗sishi sharoitida rubldagi pul massasining ma‘lum qismini muomaladan olish imkonini beradigan moliyaviy instrumentlar etarli bo‗lmaganligi sababli pul agregatlarining o‗sishi yuz beradi. Buning natijasida baholarning o‗sish jadallashdi. SHunday qilib, pul-kredit munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining diskont, ochiq bozorlardagi operatsiyalar, majburiy zaxira normalari va valyuta siyosati instrumentlaridan foydalaniladi. Ushbu instrumentlardan foydalanishdan bosh maqsad mamlakat pul birligi barqarorligini ta‘minlashdan iborat. Bunga erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta‘sir ko‗rsatish orqali muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan iboratdir.Markaziy bankningvalyutasiyosatidoirasidaamalgaoshiriladiganvalyutaoperatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‗llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardaniboratdir:



  1. Valyuta intervensiyasini amalga oshirish maqsadida o‗tkaziladigan operatsiyalar. Valyuta intervensiyasi doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari xorijiy valyutani milliy valyutaga sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir. Respublikamizda intervensiya vositasi sifatida ishlatilayotgan bazaviy valyuta AQSH dollari bo‗lganligi sababli, shu maqsadda amalga oshirilayotgan operatsiyalar AQSH dollarini sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir. Odatda, markaziy banklar valyuta intervensiyasining samaradorligini ta‘minlash maqsadida intervensiya fondidan sotilgan xorijiy valyutadagi mablag‗larning miqdorini va intervensiya hisobarqamining qoldig‗ini sir tutadilar. Buning sababi shundaki, valyuta intervensiyasining samaradorligi deganda uning vositasida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatanalmashuv

kursining favqulodda va keskin tebranishiga barham berilishi hisoblanadi. Agar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmining o‗sib borishi sharoitida milliy valyutaning qadrsizlanishi davom etayotganligini sezib qolsalar, bu holat valyuta bozorida ruhiy vahima holatini yuzaga keltiradi va buning natijasida xorijiy valyutaga bo‗lgan talab keskin ortishi mumkin. Bunga xalqaro amaliyotdan ko‗plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 1992 yilning sentyabr oyida G‗arbiy Evropadagi valyuta bozorlarida yuz bergan inqiroz natijasida Buyuk Britaniya funt sterlingi va Italiya lirasining nominal almashuv kursining keskin pasayib ketishi natijasida ular Evropa valyuta tizimidan chiqib ketdi. Buning sababi shundaki, Angliya va Italiya markaziy banklari o‗z milliy valyutalari kurslarining favqulodda tebranishiga valyuta intervensiyasi orqali barham berishning uddasidan chiqa olmadilar. Masalan, Angliya Markaziy banki valyuta intervensiyasi doirasida AQSH dollarini sotish hajmini oshirishi bilan London valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan AQSH dollarini sotib olish hajmi ham oshib bordi. Buning oqibatida valyuta intervensiyasi samara bermadi. CHunki bozorda ruhiy vahima kuchli edi. Bu esa, bozorda AQSH dollariga nisbatan kuchli talabni yuzagakeltirdi.

  1. Hukumatning tashqi qarzini to‗lash bo‗yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. Ma‘lumki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida, xususan, AQSH, GFR, Fransiyada hukumat xorijiy valyutalarda zaxiralarga ega emas, chunki bu mamlakatlarda davlatga tegishli barcha oltin- valyuta zaxiralari Markaziy bankning balansiga qonuniy asosda o‗tkazilgan. Bunday sharoitda hukumatning tashqi qarzi Markaziy bankning balansidagi oltin-valyuta zaxiralari hisobidan to‗lanadi. To‗lov amalga oshirilgandan so‗ng, Markaziy bank, xorijiy valyutada to‗langan mablag‗ning milliy valyutadagi ekvivalentini hukumatning joriy hisobraqamidan chegirib oladi. Hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur shakli hukumatning tashqi qarz botqog‗iga botib qolishdan saqlaydi. CHunki Markaziy bank hukumatning to‗lanishi lozim bo‗lgan tashqi qarzining milliy valyutadagi ekvivalenti mavjud bo‗lmagan sharoitda to‗lov topshiriqnomasini qabul qilmaydi. SHu o‗rinda ta‘kidlash joizki, hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur tartibidan foydalanishda Markaziy bankning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqilligining ta‘minlanganligi muhim rol o‗ynaydi. Chunki Markaziy bankning mustaqilligi to‗liq ta‘minlangan sharoitdagina uning Prezidenti hukumatning tashqi qarzini qonuniy to‗lanishini talab qila oladi. Aks holda, Hukumat Markaziy bankni tashqi qarzni to‗lashga majbur qiladi. Bunday sharoitda hukumat Markaziy bankning kreditlaridan tashqi qarzni to‗lashda manba sifatida foydalanishi mumkin. Xalqaro bank amaliyoti tajribalarini o‗rganish natijalari shuni ko‗rsatadiki, hozirgi davrda, Markaziy bank o‗zining balansidagi oltin valyuta zaxiralarini boshqarishda asosan quyidagi usullardan foydalanadi:

  • valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilishusuli;

  • valyutaviy svop operatsiyalaridanfoydalanish;

  • Gold svop operatsiyalaridanfoydalanish;

  • ochiq valyuta pozitsiyalariniqisqartirish.

Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish deganda tarixan bir vaqtning o‗zida bir nechta yetakchi va barqaror valyutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi. Shunisi harakterliki, so‗nggi yillarda bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan (masalan, L. Krasavina, A. Kireev va boshq.) tomonidan valyuta zaxiralarining tarkibini nobarqaror valyutalarni sotish va ularning o‗rniga barqaror valyutalarnisotibolishyo‗libilanyangilashoperatsiyalarihamvalyutazaxiralarini diversifikatsiya qilish sifatida e‘tirof etilmoqda. Fikrimizcha, bu e‘tirof mantiqan asoslidir. CHunki valyuta zaxiralarining tarkibini oldi-sotdi operatsiyalari orqali yangilash valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasining sifatini oshiradi va valyuta zaxiralarining riskka uchrash xavfini pasaytirishga xizmatqiladi.

O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida milliy valyuta bozorida oldi-sotdi ob‘ekti vazifasini AQSH dollari bajarayotganligi, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning xorijiy valyutadagi zaxiralarining 80 foizdan ortiq qismini AQSH dollarida shakllanganligi, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan chet el valyutasida berilgankreditlarning

66 foizdan ortiq qismini (2006 yilning 1 yanvar holatiga) AQSH dollarida berilganligi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalardagi zaxiralarining diversifikatsiya darajasiga salbiy ta‘sirqilmoqda. Oltinni xalqaro oltin bozorlarida (asosan London va Syurix bozorlarida) qulay bozor baholarida sotish malakali mutaxassislarning mavjud bo‗lishini taqozo etadi, mabodo, respublikamiz Markaziy bankida bunday kadrlarning, ya‘ni oltin savdosi bilan shug‗ullanuvchi kadrlarning etishmasligi muammosi mavjud bo‗lsa, u holda Gold svop operatsiyalarini xalqaro hisob-kitoblar banki orqali amalga oshirish mumkin. Halqaro hisob-kitoblar banki markaziy banklarga valyutalar va oltindagi zaxiralarni svop sharti bo‗yicha joylashtirish, depozit-ssuda operatsiyalarini amalga oshirishda amaliy yordamko‗rsatadi. SHuningdek, Markaziy bank O‗zbekiston hukumatiga, uning xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlar bo‗yicha bergan kafilliklari bo‗yicha majburiyatlarini bajarishda, Gold svop operatsiyalari orqali amaliy yordam ko‗rsatishi mumkin. YA‘ni, Markaziy bank hukumatning xorijiy valyutadagi to‗lovlari uchun zarur bo‗lgan miqdordagi tushumni olish imkonini beradigan miqdordagi spot sharti bo‗yicha sotadi. Xorijiy valyutada olingan tushumni hukumatga beradi. Undan keyin esa, Markaziy bank bilanhukumat o‗rtasida to‗zilgan to‗lov shartnomasining muddatidan kelib chiqqan holda, Markaziy bank xorijiy Markaziy bank bilan forvard valyuta shartnomasini to‗zadi. Forvard shartnomasining muddati tugashi bilan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatdan olingan xorijiy valyutadagi tushum hisobidan oltinni forvard kursi bo‗yicha sotib oladi. Milliy valyuta kursining iste‘mol tovarlarining bahosiga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan salbiy ta‘siriga barham berish markaziy banklarning valyuta siyosatida muhim o‗rin egallaydi. Buning boisi shundaki, inflyasiya va valyuta kursi o‗rtasida o‗zviy aloqadorlik mavjud. Odatda, milliy valyuta kursining pasayishi kelgusida inflyasiyaning o‗sishiga olib keladi. Inflyasion tayziq foiz stavkalarining o‗sishi bilan susayishi mumkin, ammo foiz stavkalarining o‗sishi investitsion va iste‘molchi talabining pasayishiga olib kelishi mumkin.Agar

milliyvalyutaning qadrsizlanishi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsiya portfelining o‗zgarishi natijasi bo‗lsa, u holda, bunday qadrsizlanish yuqori darajadagi inflyasiyani yuzaga keltirishi mumkin. Bunday sharoitda foiz stavkalarining o‗sishini ta‘minlash inflyasiyani jilovlashning oqilona yo‗li hisoblanadi. Agar milliy valyutaning qadrsizlanishi tashqi savdo shartlarining o‗zgarishi oqibati bo‗lsa, u holda foiz stavkalari pasaytirilishi lozim. CHunki bundaysharoitdasofeksportvaumumiytalabqisqaradi. SHunisi harakterliki, milliy valyutaning qadrsizlanishi umumiy talabning qisqarishiga olib kelgan sharoitdaMarkaziybanktomonidanrestriksionpul-kreditsiyosatiningqo‗llanilishi milliy iqtisodiyotning rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni YAIMning o‗sish sur‘ati sekinlashadi. O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi davrda foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida bevosita aloqadorlik mavjud emas. Masalan, 2003-2006- yillarda tijorat banklari kreditlarining o‗rtacha tortilgan foiz stavkasining pasayishi tendensiyasi ko‗zatilmoqda. Buning natijasidatijorat banklarining kredit emissiyasi hajmi sezilarli darajada oshishi, inflyasiyaning o‗sishi ko‗zatilishi lozim edi. Lekin bu holatlar 2003-2006- yillarda ko‗zatilmadi. Masalan, 2003- yilda inflyasiyaning yillik darajasi 3,8 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2004- yilda — 3,7 foizni, 2005- yilda — 7,8 foizni, 2006- yilda — 6,8 foizni tashkil etdi. Fikrimizcha, foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida bevosita aloqadorlikning mavjudligi ko‗zatilmagan sharoitda, milliy valyutaning nominal va real almashuv kurslarining import qilinayotgan tovarlarning va eksport qilinayotgan tovarlarning bahosiga ta‘sirini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan salbiy ta‘sirning oldini olish O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosatida muhim o‗rin tutishilozim.

Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta‘minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo‗llanilibkelinmoqda.

Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‗rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‗lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo‗shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‗tkazilib borildi.

O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob‘ekti bo‗lib hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o‗rta muddatli xazina majburiyatlaridan foydalanilmoqda. SHu bilan birga, respublikamizda muomalada O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari mavjud. Ammo bu obligatsiyalar tijorat banklarining vakillik hisobraqamlaridagi likvidlilikning ma‘lum qismini olib qo‗yish maqsadida emissiya qilingan. Bir qator rivojlangan sanoat davlatlarida, masalan, AQSH, GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyada Markaziy bankning qimmatli qog‗ozni bevosita emitentning o‗zidan sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi, balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog‗ozlarini bevosita hukumatning o‗zidan sotib olish Davlat byudjeti harajatlarini Markaziy bank tomonidan kreditlanishi hisoblanadi. SHuningdek, hukumatning qimmatli qog‗ozlarining kursini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriyoperatsiyalar

ham ochiq bozor operatsiyalari hisoblanmaydi. Markaziy bank, odatda, ochiq bozor siyosatini amalga oshirish yo‗li bilan milliy bank tizimining zaxiralariga ikki usul bilan ta‘sirqiladi:



  1. Agar Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligini oshirishni va milliy valyutadagi pullarning taklifini oshirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda, Markaziy bank bozorda qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchi bo‗lib ishtirok etadi. Bunda Markaziy bank qimmatli qog‗ozlarga qat‘iy belgilangan kurs o‗rnatishi va kurs shu belgilangan darajaga etishi bilan taklif qilingan barcha qimmatli qog‗ozlarni sotib olish yo‗lidan foydalanishi mumkin. YOki Markaziy bank taklif etilgan paytdagi kursning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, ma‘lum turdagi qimmatli qog‗ozlarni sotib olish miqdorini belgilashimumkin.

  2. Agar Markaziy bank milliy bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni kamaytirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda, Markaziy bank qimmatli qog‗ozlar bozorida sotuvchi bo‗lib ishtirok etadi. Bunda ham Markaziy bank ikki imkoniyatga egabo‗ladi:

  • Markaziy bank ma‘lum kursni e‘lon qilishi va qimmatli qog‗ozlarning kursi e‘lon qilingan darajaga etishi bilan istalgan miqdordagi qimmatli qog‗ozni sotish majburiyatini olishimumkin;

  • Markaziy bank qo‗shimcha tarzda ma‘lum miqdordagi qimmatli qog‗ozni sotish majburiyatini olishi mumkin. Buning natijasida davlatning qimmatli qog‗ozlaridan va boshqa yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlardan keladigan daromadlarning miqdori oshadi va shuning asosida ularning investitsion jozibadorligi oshadi. Pirovard natijada, tijorat banklari va boshqa kredit institutlarining mazkur qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan qiziqishi kuchayadi va ularning kreditlash salohiyati pasayadi. Bu esa, o‗z navbatida, kreditlarning foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Agarda foiz stavkalarining shu taxlitda o‗sishi Markaziy bankni qoniqtirmasa, u yana qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi mumkin. Bunday holatni bir qator rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklarining faoliyatida ko‗zatish mumkin. Masalan, GFR Federal banki (Bundesbank) tomonidan ochiq bozorda qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarni sotib olish 1975- yilning ikkinchi yarmiga kelib o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Bu vaqtda Bundesbank banklarning likvidliligini ta‘minlash va foiz stavkalarini o‗zining pul- kredit siyosatining oraliq va taktik maqsadlariga mos keladigan darajasidan oshib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida 7,5 mlrd. nemis markasi miqdoridagi summaga yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlar sotib olgan edi. 1976 yilda esa, aksincha, Bundesbank bunday qimmatli qog‗ozlarni juda katta miqdorda sotdi34. Buning sababi shundaki, Bundesbank qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarning kursini oshishi natijasida bank kreditlari va depozitlari foiz stavkalarining pasayish jarayonini to‗xtatib qo‗ymasdan turib, bozordan katta miqdordagi likvidlilikni olib qo‗yishi zarur edi. Birgina 1976- yilning o‗zida Bundesbankning qimmatli qog‗ozlar portfeli 6,5 mlrd. nemis markasiga kamaydi. SHunisi harakterliki, ko‗pchilik rivojlangan sanoat mamlakatlarida ma‘lum turdagi qimmatli qog‗ozlarganisbatankursnibelgilabqo‗yishsiyosatiqo‗llaniladi.Mazkurusulning mohiyati shundaki, Markaziy bank, qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan operatsiyalarni amalga oshirayotganida, minimal stavkani ko‗rsatadi.SHundan

keyin tijorat banklari, ularning kreditga bo‗lgan talablari qondirilgan sharoitda, to‗lashga rozi bo‗lgan stavkani ko‗rsatib ariza beradilar. Markaziy bank tushgan arizalar asosida o‗zining hisob stavkasini aniqlaydi. Bunda yuqori foiz stavkalari taklifqilgankreditinstitutlarikattamiqdordakreditresurslarioladilar.Ochiqbozor operatsiyalarining e‘tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, xalqaro bank amaliyotida Markaziy bank bilan tijorat banklari o‗rtasida kursni belgilash borasidagi shartnomani imzolashda quyidagi ikki xil standartmavjud:

  1. Foiz stavkalari barcha tijorat banklari uchun yagona stavkadabelgilanadi.

Ushbu standart «kreditlarni taqsimlashning gollandcha usuli» deb ataladi.

  1. Foiz stavkalari har bir tijorat bankiga nisbatan alohida o‗rnatiladi. Ushbu standart «amerikacha standart» debataladi.

Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tijorat banklari tomonidan depozitlarga to‗lanadigan va kreditlardan olinadigan foiz stavkalariga ta‘sir ko‗rsatish mumkin. Mazkur ta‘sir mexanizmi quyidagi ko‗rinishga ega: Markaziy bank iqtisodiyotning nobank sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirganida pul bozorini tartibga solish maqsadini ko‗zlamaydi. Demak, Markaziy bank tomonidan sotib olinuvchi qimmatli qog‗ozlar tarkibiga kirmaydigan qimmatli qog‗ozlarning sotilishi ham bank tizimining likvidliligini kamaytiradi. Bundan tashqari, Markaziy bank, nobank sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga qimmatli qog‗ozlarni sotishda yuqori foizlar belgilash yo‗li bilan, tijorat banklarining depozitlarga to‗laydigan foiz stavkalarigafaoltarzdata‘sirko‗rsatishimumkin.2015-yildabankustavkapitalini oshirish maqsadida aktsiyadorlik-tijorat banklari tomonidan jami 553,6 mlrd. so'mlik aktsiyalar investorlar o'rtasida joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so'mlik qismi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keldi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan «O'zsanoatqurilishbank» tomonidan 157 mlrd. so'mlik, Xalq banki tomonidan 54 mlrd. so'mlik aktsiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi. Shuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiningustavkapitali–35mlrd.so'mga,«Agrobank»niki–50mlrd.so'mga,

«Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd. so'mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25 mlrd. so'mga oshirildi. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali so'nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o'sdi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora -tadbirlarga bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasalar (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank, O`zbekistonRespublikasiSoliqQo`mitasi)tomonidanolibborilayotganbarchaiqti o`sishchoralari«soliqinflyatsiya»sigaqarshiolibborilmoqda.Sababishundaki,

«soliq inflyatsiya»sining dinamik pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi: Ishlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar ko`payadi. Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam kupayadi; xukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish

uchun xususiy sektor jalb etiladi; Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va xizmat belgilangan yuqori soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va xizmatlarga belgilangan baholarning o`sishiga olib keladi. Inflyatsiya o‘zi bilan birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib keladi. Natijada resurslar noto‘g‘ri joylashtiriladi, va bu o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iqtisodiy vakillarga o‘z faoliyatini kelgusida rivojlantirishga halaqit beradi, hamda ularning olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ishonch darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari u milliy daromadni aholining bir qismi foydasiga va ikkinchi qismi zarariga qaytataqsimlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini asosiy vazifalardan ham inflyatsiya sur‘atlarini pasaytirishdan iborat. Chunki Markaziy bankning monetary siyosati to‘g‘ri olib borilishiga ta‘sir qiluvchi omillardan biri bo‘lib inflyatsiya hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan masalalar to‘la hal qilinsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetary siyosatini yanada takomillashtirish, demakki, natijada bank tizimini yanada rivojlantirish mumkin. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini oshirishi va natijada axolining turmush darajasini yanada oshirishimumkin.








Download 162.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling