Inflyatsiyaning iqtisodiy oqibatlari
Download 24.78 Kb.
|
Inflyatsiyaning iqtisodiy oqibatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste`mol narxlari indeksi =
- Bazis davrda qayd etilgan tovar va xizmatlar to`plamining qiymati
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
INFLYATSIYANING IQTISODIY OQIBATLARI Abdurahmonova I – katta o’qituvchi Isroilov M – talaba TIQXMMI Annotatsiya Ushbu maqolada inflyatsiya atmasi nimani anglatishi,uning hayotimizda uchraydigan ko’rinishlari va oqibatlari keltirib o’tilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu atamani bilmagan yoki ushbu ibora bilan hayotida duch kelmagan inson bo’lmasa kerak. Inflyatsiya bilan biz deyarli har kuni duch kelamiz. Oddiy misol qilib o’z daromadimizni olsak. Yil boshida biz 1mln so’m oylik maosh olsak bu osha davrga nisbatan yetarlidek ko’rinadi. Lekin yil oxirida unday emas va bu maosh yetishmayotgandek tuyuladi. Bunga sabab esa inflyatsiya. Yil davomida inflyatsiya natijasida narxlar o’rtacha 3 yoki 4 martta ko’tariladi. Bu esa yilning oxirlarida yetishmovchilikni keltirib chiqaradi. Prezidentimizning 2017-yil 22-martdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida : “Hozirgi inflyatsion davrda ishchilar ish haqini yiliga ikki marotaba va inflyatsiya darajasidan kelib chiqib ko’tarsak maqasadga muvofiq bo’ladi” {1} deb ta’kidlagan edilar va bu barchaga birdek ma’qul bo’ldi. Iqtisodiy tomondan olib qaralganda ham ushbu taklifga ijobiy baho bersak bo’ladi. “Infyatsiya” o’zi nima va u bizga nimasi bilan xavf solishi mumkinligini oydinlashtirishga urinib ko’ramiz. Chunki biz inflyatsion zamonda yashayapmiz va bu atamani bilishimiz zarur. Inflyatsiya lotincha so’z bo’lib “inflatio” ya’ni “bo’rtish”, “ko’tarilish”, “ishirilgan” degan ma’nolarni anglatadi. Bu so’zni birinchi marta Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillarda bo’lib o’tgan fuqarolik urushi davrida iqtisodchilar tomonidan ishlatilib qog’oz-pul muomalasining ko’payib ketganligi jarayonini bildirgan. XIX asrga kelib ushbu atama Angliya va Fransiya mamlakatlarida ham ishlatila boshladi. XX asrdan boshlab ya’ni 1-jahon urushi tugaganidan so’ng ishbu atama iqtisodiy adabiyotlarda keng miqyosda tarqala boshlagan. “Inflyatsiya” atamasining bir qancha tushunchalari mavjud. Ilmiy dunyo va iqtisodiy terminologiyadan yiroq oddiy inson uchun inflyatsiya - bu avvalo narxlarning o’sishidir. Aksariyat iqtisodchilar inflyatsiya tushunchasi ostida talab va taklif o’rtasidagi nomutanosiblikni, iqtisodiyotda vujudga keladigan boshqa mutanosibliklar ta’sirida narxlarning o’sishini tushunadilar. Ammo bu inflyatsiya davrida barcha narxlar oshadi degani emas. Ayrim tovarlar sezirarli darajada qimmatlashadi, ba’zi mahsulotlar narxi esa o’zgarmasligi (barqaror), shuningdek, boshqa turdagi tovar va xizmatlar narxlari o’sishi tezligi turli darajada ro’y berishi mumkin. Inflyatsiyaning qisqacha tavsifi – bu, umumiy narxlar darajasining o’sishi, yanada tushunarli tarzda ifodalaydigan bo’lsak, muomaladagi pul massalarining Tovar aylanmalariga nisbatan ko’payib ketishi pul birligining qadrsizlanishiga , bu esa o’z navbatida mahsulotlar narxining qimmatlashishiga sabab bo’ladi.Lekin bu izohni inflyatsiyaning mukammal hamda to’liq tavsifi deyolmaymiz. Inflyatsiya kelib chiqishiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
Talab inflyatsiyasi Ishlab chiqarishga bog’liq bo’lgan inflyatsiya.(Taklif inflyatsiyasi) Talab inflyatsiyasi – bu, inflyatsiyaning an’anaviy turi bo’lib, talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Harajatlar inflyatsiyasi - ishlab chiqarishdagi xarajatlar narxlarining oshishi natijasidir. Bularga bozorga oid bo`lmagan narxlarning shakllanishi, mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi siyosati, xom ashyo narxlarining qimmatlashishi va h.k.lar sabab bo`lishi mumkin. Bugungi kundagi iqtisodchilar inflyatsiyaning asosiy omillari sifatida:
Disproportsionallik – bu, davlat xarajatlari va daromadlari orasidagi muvozanatning buzilishi, davlat byudjetining defitsiti deb ham atalishi mumkin. Ko`pincha ushbu defitsitni qoplash maqsadida “bosma dastgoh” xizmatidan foydalaniladi. Oqibatda pul massasi, tovar bilan ta`minlanmagan mablag` hajmi ortishi natijasida inflyatsiya darajasining oshishiga olib keladi. Inflyatsion havfli investitsiyalar – ko`pincha bu iqtisodiyotni militarizatsiyalashdir (harbiylashtirilishidir). Odatda keragidan ortiq harbiy maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar ham davlat byudjetining surunkali defitsitiga, shuningdek, davlat qarzlarining oshib borishi, ushbu qarzlarni qoplash maqsadida “bosma dastgoh” yordamida qo`shimcha pul emissiyasi (pul chiqarish) amalga oshiriladi. Import qilinuvchi inflyatsiya - uning roli iqtisodiyotning ochiqligi va mamalakatning jahon iqtisodiy munosabatlariga jalb etilishi bilan ortadi. Erkin bozorning mavjud emasligi va uning tarkibiy qismi bo`lgan raqobatning yo`qligi. Inflyatsion kutilmalar – inflyatsiyada o`zini-o`zi rag`batlantiruvchi sifatini yuzaga kelishi. Aholi, tadbirkorlar hamda tashkilotlar doimiy ravishda oshib boruvchi narxlarga ko`nikadilar. Odamlar oylik maoshlari oshirilishini talab qiladilar hamda kelgusidagi narxlarning oshishiga tayyorgarlik ko`rgan holda mahsulotlarni zahira ola boshlaydilar. Bu esa o`z navbatida ishlab chiqaruvchilarning ta`minotchilari tomonidan narxlarni oshirishidan xavfsirab, o`z mahsulotlari narxlarini taxminiy kutilayotgan qimmatlashish darajalariga qarab tovar narxlarini ko`tarishlari ham inflyatsiya ko`rsatkichlarining tebranishiga turtki bo`ladi. Shu kabi inflyatsion kutilmalarni biz o`zimizning kundalik hayotimizda ham bemalol kuzatishimiz mumkinligi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Inflyatsiyaning eng «og`riqli nuqtalari»dan biri – bu, narxlarning o`sish tendentsiyasi bir maromda oshib bormaslik hususiyatiga egaligidir. Misol tariqasida ba`zi narxlar keskin sur`atda, ayrimlari esa bir maromda, qolganlari bo`lsa umuman ko`tarilmasligi ham mumkin. Inflyatsiyaning mavjud yoki mavjud emasligini, uning darajasini yaqqol namoyish eta oladigan ko`rsatkich – bu, narxlar indeksidir. Narxlar indeksi – bu, ma`lum vaqt mobaynidagi narxlarni bir-biriga nisbatini tavsiflovchi ko`rsatkichlardir.
2018 yilda Davlat statistika qo’mitasining inflyatsiya bo’yicha bergan ma’lumotlari quyidagicha: Inflyatsiya iste’mol sektorida 14,3 foizni tashkil etdi va yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 14,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 12,5 foiz va xizmatlar 15,8 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyani kamaytirish uchun ishlab chiqarishga davlat tomonidan quyidagi choralar ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’ladi: 1) Foydaga imtiyozli soliqlar belgilash 2) Ishlab chiqarishga arzon kreditlar berish 3) Yangi ishga qo’l urgan korxonalarga byudjetdan subsidiyalar berish 4) Eksport-import bo’yicha imtiyozlar berish 5) Antimonopol siyosatni faol yurtish. Yuqoridagi takliflar amalga oshirish natijasida inflyatsiyani kamaytirishda ijobiy natijalarga erishish mumkin deb o’ylayman. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. XII bob, 227-243-b. 2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha ”Harakatlar strategiyasi” 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Parlamentga murojaatnomasi. Download 24.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling