Inflyatsiyaning mohiyati va sabablari


III Bob valyuta inflyatsiyasi


Download 166.44 Kb.
bet7/9
Sana23.06.2023
Hajmi166.44 Kb.
#1652443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
INFLYATSIYANING MOHIYATI VA SABABLARI

III Bob valyuta inflyatsiyasi
3.1 xorijiy mamlakatlar amaliyoti
Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an‘anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu instrument dastlab tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash maqsadida AQSH bank amaliyotiga joriy qilingan edi. Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan ta‘sir etishning muhim, ta‘sirchan vositasiga aylandi. Majburiy zaxira siyosati kam sonli davlatlarda pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida qo‗llanilmaydi100. Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda, xususan, ko‗pchilik o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul- kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanilmoqda. Majburiy zaxira siyosati O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy, an‘anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining rivojlanmaganligi majburiy zaxira siyosatining ahamiyatini yanada oshiradi. Mamlakatimizda majburiy rezervlar meyorlarini belgilash O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 – yil 1 – maydan boshlab amalga oshirib kelinmoqda.
Bu ko‘rsatkich 15 % gacha tushdi va bu ko‘rsatkich 2007- yilga kelib 13
% gacha pasaytirildi. Lekin 2008 yilda vujudga kelgan jahon moliyaviy – iqtisodiy
inqirozi tufayli yana 15 % ga ko‘tarildi. 2009 – yilga kelib jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozini bartarf etish barobarida pul – kredit siyosati sohasidagi islohotlarga ehtiyoj sezildi va shu sababli O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yaxshilangan va zamon talablariga javob beradigan to‘rt xil toifadagi guruhlash tizimi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1- sentabrda o‘rnatilgan majburiy rezerv me‘yorlari101


Yuridik shaxslarning talab qilinguncha saqlanadigan va muddati 1
yilgacha bo‘lgan
depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning muddati 1 yildan
3 yilgacha bo‘lgan depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha

Yuridik shaxslarning xorijiy valutadagi depozitlari uchun

15 %

12 %

10.5 %

15 %

Bu guruhlashning avvalgisidan farqli jihati shundaki 2009 – yil 31 – avgust- gacha yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 15% lik miqdor belgilangan bo‘lsa 2009 – yil 1 – sentabrdan e‘tiboran bu toifa ham 2 guruhga ajratildi va yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 12 %, yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 10.5 % lik me‘yor o‘rnatildiqolgan guruhlar va ularning foiz ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz ya‘ni 15 %lik miqdorda belgilanligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda ham respublikamizda mazkur zaxira me‘yorlari qo‘llanib kelinmoqda.


Markaziy bankning valyuta siyosati uning an‘anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, valyuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash hisoblanadi. 2016 yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga, inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo'llab- quvvatlashga yo'naltirildi. Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining o'zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo'llash orqali so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so'mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo'ljal sifatida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi. Shunga muvofiq, so'mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv
kursi ta'siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so'mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi. Markaziy bank milliy valyuta almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun valyuta bozorida xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashib, valyuta operatsiyalarini amalga oshirib bordi.

Download 166.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling