Inflyatsiyaning mohiyati va sabablari
Download 166.44 Kb.
|
INFLYATSIYANING MOHIYATI VA SABABLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Talab inflyatsiyasini cheklash 18
INFLYATSIYANING MOHIYATI VA SABABLARI MUNDARIJA: Kirish 3 I Bob Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari 4 1.1 Inflyatsiyaga qarshi kurash 4 1.2 Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. 7 II Bob Aksilinflyatsiya siyosati 182.1 Talab inflyatsiyasini cheklash 182.2 Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasi 20III Bob valyuta inflyatsiyasi 263.1 Xorijiy mamlakatlar amaliyoti 263.2 Markaziy bankning valyuta siyosati 34Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar 30 Kirish Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin. “Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi1. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Download 166.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling